D-dimer (yoki D-dimer) — fibrin degradatsiyasi mahsuloti (yoki FDP) boʻlib, qon laxtasi fibrinoliz bilan parchalanganidan keyin qonda mavjud boʻlgan kichik protein boʻlagi hisoblanadi. U shunday nomlanishiga aosiy sabablar bor, chunki u oʻzaro bogʻlanish bilan birlashtirilgan fibrin oqsilining ikkita „D“ fragmentini oʻz ichiga oladi va shuning uchun oqsil dimerini hosil qiladiAsakura, Hidesaku; Ogawa, Haruhiko (2020). „COVID-19-associated coagulopathy and disseminated intravascular coagulation“. International Journal of Hematology. 113 (1): 45-57. doi:10.1007/s12185-020-03029-y. ISSN 0925-5710. PMC 7648664. PMID 33161508..
D-dimer kontsentratsiyasi tromboz tashxisini qoʻyish uchun qon testi bilan aniqlanishi mumkin. 1990-yillarda amaliyotga joriy etilganidan beri u venoz tromboemboliya kabi trombotik kasalliklarga shubha qilingan odamlarda oʻtkaziladigan muhim tekshirish usuliga aylandi. Salbiy natija trombozni amalda istisno qiladi, ijobiy natija trombozga oid patologiyani koʻrsatishi mumkin, ammo boshqa mumkin boʻlgan sabablarni istisno qilmaydi. Ushbu tekshiruv amaliyotini oʻtkazilishining asosiy sababi tromboembolitik kasalliklarni istisno qilishdir.
D-dimer darajalari qon aylanishi buzilishi, tarqalgan intravaskulyar koagulyatsiya va COVID-19 infektsiyasi bilan bogʻliq koagulyatsion buzilishlar uchun eng muhim diagnostik masalani hal qiluvchi biomarker sifatida ishlatiladi. Proteinning toʻrt baravar koʻpayishi COVID-19 bilan shifoxonaga yotqizilgan odamlarda yomon patofiziologik jarayon kechayotganligini koʻrsatuvchi asosiy koʻrsatkichidir.
Prinsiplari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/c/ce/D-dimer.png|right|frame| D-dimer shakllanishi. Koʻrsatilgan fibrinogen, uning bitta E va ikkita D domenlari bilan, kaskadda, quyidagi fermentlar tomonidan taʼsir qiladi: Fibrin protofibrillalari toʻrini yaratish uchun trombin ; XIII omil fibrin toʻrini oʻzaro bogʻlash uchun kerak boʻladi (protofibril D domenlarini bogʻlash), laxta shakllanishi uchun esa ikkala; Fibrinolizdagi taʼsirida fibrin parchalanish mahsulotlarini (FDP) ishlab chiqaradigan plazmin, eng kichiki D-dimerlar, bir E va ikkita oʻzaro bogʻlangan D domeniga ega boʻlgan oqsil parchalari asl fibrinogendan foydalaniladi Koagulyatsiya, qon ivishi yoki trombning shakllanishi, koagulyatsion jarayonning oqsillari yoki shikastlangan qon tomir devori bilan aloqa qilish va toʻqima boʻshligʻida (ichki yoʻl) kollagen taʼsirida, shuningdek, asosan eng muhim boʻlgan ikkita sabab bor: VII omilning faollashishi natijasida sodir boʻladigan toʻqimalarni faollashtiruvchi omillar (tashqi yoʻl) tufayli sodir boʻladi. Ikkala yoʻl ham trombin hosil boʻlishiga olib keladi, bu ferment eruvchan qon oqsili fibrinogenini fibringa aylantiradi va u proteofibrillarga aylanadigan, hamda, Trombin ishlab chiqaradigan yana bir ferment hisoblanadiAsakura, Hidesaku; Ogawa, Haruhiko (2020). „COVID-19-associated coagulopathy and disseminated intravascular coagulation“. International Journal of Hematology. 113 (1): 45-57. doi:10.1007/s12185-020-03029-y. ISSN 0925-5710. PMC 7648664. PMID 33161508..
D-dimer koʻrsatgichi + Caption text Yoshi D-dimer oʻrtacha koʻrsatgichi AQSH Jackson Park Hospital tadqiqoti natijasida D-dimer koʻrsatgichi 16-39 294 490 40-59 387 400 60-79 854 552 80 + 1397 899
XIII omil, soʻngra D fragmenti joyida fibrin proteofibrillalarini oʻzaro bogʻlaydi va qon laxtalarini shakllanishi uchun asosiy omil boʻlib xizmat qiladigan erimaydigan gelsimon modda hosil boʻlishiga olib keladi.
Aylanma ferment plazmini va fibrinolizning asosiy fermenti, fibrin gelini bir qator joylarda parchalaydi. Olingan boʻlaklar, „Yuqori molekulyar ogʻirlikdagi polimerlar“ plazmini tomonidan bir necha marta koʻproq hazm qilinadi va oraliq hamda keyin kichik polimerlar hosil boʻlishiga (fibrin parchalanish mahsulotlari yoki FDP) olib keladi. Natijada ikkita D fragmentlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish butun boʻlib qoladi va ular fibrin boʻlaklari yetarlicha hazm boʻlganda sirtda namoyon boʻladi. D-dimerning tuzilishi ikki D domenining 180 kDa yoki 195 kDa ogʻirlikdagi molekulasi, shuningdek ikkita D domenining 340 kDa molekulasi va asl fibrinogen molekulasining bir E domenidir. Qondagi D-dimerning yarimparchalanish davri taxminan 6 soatdan 8 soatgacha sodir boʻladi.
D-dimerlar odatda inson qon plazmasida mavjud boʻlmaydi. Koagulyatsion tizim faollashgan hollarda bundan mustasno boʻlib, tromboz yoki tarqalgan tomir ichidagi koagulyatsiya mavjudligi sababli tahlil oʻtkazilganda natija ijobiy koʻrsatgichni beradi. D-dimer tahlili monoklonal antitelaning D-dimer fragmentidagi maʼlum bir epitopga bogʻlanishiga bogʻliq. Tahlilda bir nechta aniqlash usullari mavjud; ularning barchasi D-dimerga qarshi boshqa monoklonal antitelaga tayanadi. Ulardan baʼzilari uchun antitela bogʻlaydigan D-dimerning maydoni maʼlum. Keyin antitelaning bogʻlanishi turli xil laboratoriya usullaridan biri bilan miqdoriy jihatdan oʻlchanadi.
D-dimer ortish sabablari Dastlab D-dimerning yuqori konsentratsiyasi boʻlgan bemorlarda past konsentratsiyali bemorlarga qaraganda venoz tromboembolik asoratlarni (VTEA) rivojlanish xavfi taxminan 3,5 baravar yuqori hisoblanadi. VTEA quyidagilarni oʻz ichiga oladi: pastki ekstremitalarning chuqur tomir trombozi; teri osti venalarining trombozi; oʻpka emboliyasi (OʻE). thumb|300px|right|D-dimer koʻrsatgichi oshgan toʻqimaning patologik koʻrinishi (Gepatit)
VTEA rivojlanishida quyidagilar xavf ostida boʻladi: keksa odamlar; ortiqcha vaznli odamlar; homilador ayollar; yurak-qon tomir kasalliklari (CVD) bilan ogʻrigan bemorlar; intensiv terapiya boʻlimida (ICU) insultdan keyin bemorlar; keng qamrovli jarrohlik aralashuvlar, jarohatlar, kuyishlar bilan ogʻrigan bemorlar; saraton kasalligi bilan ogʻrigan bemorlar; septik bemorlar.
D-dimer venoz tromboembolik asoratlar boʻlmasa ham ortishi mumkin. Buning sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin: Davolashdan oldingi 7 kun ichida fibrinolitik terapiya (qon preparatlarini quyishga qaratilgan terapiya); miokard infarkti; ateroskleroz; sepsis, ogʻir infeksiyalar; jigar sirrozi; Boshqa turdagi kasalliklarda ikkilamchi tashxis maqsadida qoʻllanadi.
Qoʻllanilishi D-dimerni quyidagi kasalliklarga tashxis qoʻyish maqsadida qoʻllanadi: trombotik holatlar (chuqur tomir trombozi, koʻpincha oʻpka emboliyasi bilan birga keladi); DVS-sindromi; homiladorlik davridagi asoratlar; COVID-19 va undan keyingi aʼsoratlar. Bundan tashqari, tadqiqot antikoagulyant terapiyani kuzatish uchun ham zarur (uning davomiyligini, samaradorligini va buyurilgan dorilarning dozasini aniqlash maqsadida).
Koʻrsatkichlari D-dimer tahlili chuqur venoz tromboz (DVTl), o'pka emboliyasi (PE) yoki tarqalgan intravaskulyar koagulyatsiya (DIC) kasalliklariga shubha tugʻilganda klinik qoʻllanadi.
Chuqur venoz tromboz (DVTl) va oʻpka emboliyasii uchun ushbu kasalliklarning laboratoriya tahlili klinik ehtimolini aniqlash uchun ishlatiladigan turli xildagi tizimlari mavjud; ulardan eng mashhuri — Wells ball tahlilidirRanasinghe A. M., Bonser R. S. Biomarkers in acute aortic dissection and other aortic syndromes. (angl.) // Journal of the American College of Cardiology. — 2010. — Vol. 56, no. 19. — P. 1535—1541. — doi:10.1016/j.jacc.2010.01.076. — PMID 21029872. [ispravit]. thumb|250px|right|D-dimerni aniqlash va laboratoriyaga yuborish uchun olingan qon naʼmunasi
Plazmadagi D-dimer darajasining oshishi bilan COVID-19 kasalligining ogʻirligining ortishi oʻrtasida sezilarli bogʻliqlik mavjud. Tizimli tekshiruv shuni koʻrsatadiki, 3,48 mkg/ml darajasi, bu ogʻir boʻlmagan/omon qolish holatlariga qaraganda besh baravar yuqori, kasalxonaga yotqizilgan COVID-19 bemorlarida yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Yuqori ball yoki testdan oldingi ehtimollik uchun D-dimer kam farq qiladi va test natijalaridan qatʼi nazar, antikoagulyant terapiya boshlanadi va DVT yoki oʻpka emboliyasi uchun qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilishi mumkin. Oʻrtacha yoki past ball yoki testdan oldingi ehtimollik uchun: Salbiy D-dimer testi tromboemboliyani deyarli istisno qiladi Wells PS, Anderson DR, Rodger M, Forgie M, Kearon C, Dreyer J, et al. (September 2003). „Evaluation of D-dimer in the diagnosis of suspected deep-vein thrombosis“. The New England Journal of Medicine. 349 (13): 1227-35. doi:10.1056/NEJMoa023153. PMID 14507948.. D-dimerning trombolitik kasallik ehtimolini kamaytirish darajasi klinik sharoitda qoʻllanadigan maxsus testning sinov xususiyatlariga bogʻliq: eng mavjud boʻlgan holatlarda D-dimer salbiy natijaga ega boʻlgan testlar, agar testdan oldingi ehtimollik 15-20 % dan kam boʻlsa, tromboembolik kasallik ehtimolini 1 % dan kamroq kamaytiradi. Koʻkrak qafasining kompyuter tomografiyasi (KT angiografiyasi) D-dimer tahlilining salbiy natijalari boʻlgan odamlarda oʻpka emboliyasini baholash uchun ishlatilmasligi kerak.. Testdan oldingi past ehtimollik ham oʻpka emboliyasini istisno qilishda muhim ahamiyatga ega. Agar D-dimer yuqori boʻlsa, tromb borligini tasdiqlash uchun qoʻshimcha tekshiruvlar (oyoq tomirlarining ultratovush tekshiruvi yoki oʻpka sintigrafiyasi yoki KT skanerlashi) talab qilinadi. Antikoagulyant terapiya shu nuqtada boshlanishi mumkin yoki klinik vaziyatga qarab keyingi testlar tashxisni tasdiqlamaguncha toʻxtatilishi mumkin.
Baʼzi shifoxonalarda kasallikka shubxa tugʻilganda tekshiruv natijalaridan soʻng va faqat tahminiy tahlil natijasi koʻrsatilgan normadan past yoki oʻrta boʻlsa, ular laboratoriyalar tomonidan oʻlchanadi. Bu ehtimolligi yuqori boʻlgan bemorlarda keraksiz natijalarga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi. Avval D-dimer tahlilini oʻtkazib koʻrish tahminiy tashxis qoʻyishning muhim qismini oldini oladi va kamroq invaziv hisoblanadi. D-dimer diagnostikaga boʻlgan ehtiyojni istisno qilishi mumkinligi sababli, maxsus professional tashkilotlar shifokorlarga D-dimer testini dastlabki tashxis sifatida qoʻllashni tavsiya qiladi.
Izoh
Maʼlumot diapazonlari Quyida D-dimer uchun hos boʻlgan maʼlumotlar diapazonlari keltirilganReference Values During Pregnancy at perinatology.com. Retrieved October 2014.. Birliklar Homilador boʻlmagan</br> kattalar Birinchi trimestr Ikkinchi trimestr Uchinchi trimestr mg/l yoki mkg/ml < 0,5 0,05 - 0,95 0,32 - 1,29 0,13 -1,7 mkg/L yoki ng/ml < 500 50 - 950 320 - 1290 130 - 1700 nmol/l < 2.7 0,3 - 5,2 1,8 - 7,1 0,7 - 9,3 D-dimer inson yoshi kattalashgan sari ortib boradi. Shuning uchun venoz tromboemboliya (VTE) shubha boʻlganda 50 yoshdan oshgan bemorlar uchun bemorning yoshiga teng boʻlgan yil × 10 mkg/L (yoki x 0,056 nmol/L) chegarani qoʻllash taklif qilingan, chunki bu notoʻgʻri natijani kamaytiradi, notoʻgʻri salbiy davolash choralarini sezilarli darajada amalga oshirmaslikka kafolat boʻladi.
D-dimerning muqobil oʻlchovi fibrinogen ekvivalent birliklarida (FEU) keltiriladi. Fibrinogen molekulasining molekulyar ogʻirligi D-dimer molekulasining oʻlchamidan taxminan ikki baravar katta va shuning uchun 1,0 mkg/ml FEU 0,5 mkg/ml d-dimerga teng Document FAQS.149 Version: 3 effective 07/23/2019 to present.
Tromboz kasalligi D-dimer qondagi boʻlgan oʻzgarishlarining deyarli 93-95 % gacha sezgirlikka ega (haqiqiy ijobiy koʻrsatkich). Shifoxonaga yotqizilgan har bir bemorlar uchun trombolitik kasalligi tashxisi uchun amalga oshirilgan oʻziga xos tekshiruv usullarining taxminan 50 % aniq tashxis qoʻyish uchun aniqlik (notoʻgʻri ijobiy koʻrsatkich bilan bogʻliq) ekanligini aniqladi.
Notoʻgʻri ijobiy koʻrsatkichlar turli sabablarga koʻra boʻlishi mumkin: jigar kasalligi, yuqori revmatoid omil, yalligʻlanish, malignite, travma, homiladorlik, yaqinda oʻtkazilgan jarrohlik amaliyoti, shuningdek, keksa yosh.