Michelle Jastin Lang (talaffuzi: Mishel Jastin Lang; 1975-yil 31-yanvar; Vankuver - 2009-yil 30-dekabr; Qandahor) kanadalik jurnalist. Lang Calgary Herald gazetasining muxbiri va Afgʻonistondagi urushda halok boʻlgan birinchi kanadalik jurnalist.
Tarjimayi hol Vankuverda (Britaniya Kolumbiyasi) tugʻilib oʻsgan Lang Magi oʻrta maktabi va Saymon Freyzer universitetini bitirgan. Uning muxbir sifatidagi birinchi ishi Prince Jorj Free Press nashrida boʻlgan. Keyinchalik u Moose Jaw Times Herald va Regina Leader-Post nashrlarida ishlaydi, keyin Kalgariga koʻchib oʻtadi va Calgary Herald uchun ma‘lumot yig‘uvchi jurnalist boʻldi. U 2008-yilda milliy masalalar va viloyat sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha reportajlari uchun eng yaxshi hisobot uchun Milliy gazeta mukofotini qoʻlga kiritdi.
Lang Afgʻonistonga Herald and Canwest News Service uchun olti haftalik topshiriqni bajargani borgan. Yo‘lda u minib ketayotgan zirhli harbiy mashina yoʻl chetidagi ko‘milgan mina tufayli portlab ketgan. U olgan jarohatlari tufayli halok boʻldi va portlashda undan tashqari toʻrt kanadalik askar ham halok boʻlgan. Lang bilan birga serjant Jorj Miok – 28 yosh; Serjant Kirk Teylor – 28 yosh; Kapral Zacheri Makkormak – 21 yosh va Garrett Chidli vafot etgan edilar.
Michelle Lang oʻsha yozda olti oydan soʻng Michael Louie turmushga chiqishi kerak edi. Lang shuningdek, Milliy gazeta mukofoti sovrindori boʻlgan.
Michelli Lang 2009-yil 11-dekabrda Qandahor havo maydonidagi NATO bazasiga kelgan va 30-dekabrda vafot etgunga qadar 9 ta maqola tayyorlab uzatgan.
Manbalar
Havolalar
Calgary Herald Afgʻonistonga joʻnatadi Mishel Lang uchun Facebook xotira guruhi Turkum:2009-yilda vafot etganlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Kanadada tugʻilganlar Turkum:Jurnalistlar haqida Turkum:Jurnalistlar Turkum:Ayollar Turkum:31-yanvarda tugʻilganlar Turkum:30-dekabrda vafot etganlar