Ahmadjon Inoyatovich Ubaydullayev (1954-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2009-yil Oʻzbekiston U20 terma jamoasi murabbiyi sifatida 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Futbolchilik faoliyati Ubaydullayev professional faoliyatini 1971-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida boshlagan. Patxakor klubida olti mavsum davomida oʻynagan va asosan oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 1976-yilgi mavsumning yozida Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1978-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga qaytgan va ikki mavsum davomida 42 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1981-yilda Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1981—1982-yillarda SKA Xabarovsk klubi safida oʻynagan. 1983-yilda Ubaydullayev Jizzax klubiga qaytgan va bu orada jamoa oʻz nomini Zvezda Jizzax deb oʻzgartirgan edi. 1984-yilgi mavsumni Kosonsoyning „Kosonsoy“ klubida boshlagan va oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1991-yilda Toshkentning „Umid“ klubi texnik direktori lavozimida ishlagan. 1992-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida yordamchi murabbiy sifatida qatnashgan. 1994-yildan 1996-yil iyunigacha Toshkent MHSK jamoasini boshqargan.

1999-yil boshida „Paxtakor“ klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan va 1999-yilning may oyigacha boshqargan. 2007-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida taklif qilinganuz-football: Statistika i novosti uzbekskogo futbola – , 2007-yilgacha jamoani boshqargan. U boshchiligidagi jamoa 2008-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Osiyo vitse-chempionligini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik esa Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini boshqargan. 2011-yil 25-iyun kuni Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston U-19

AFC U-19 Osiyo chempionati 2008: ikkinchi oʻrin

Individual

Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi: 2008

Manbalar

Havolalar

Ahmad Ubaydullayev Soccerway saytida Ahmad Ubaydullayev Footballfactsru saytida Ahmad Ubaydullayev Soccerpunter profili

Turkum:1954-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:FC SKA-Khabarovsk futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari