Elvedin Shaipovich Eyupov (; 1962-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) – sovet va oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Murabbiy sifatida Oʻzbekiston va Ukraina jamoalarida ishlagan.

Futbolchilik faoliyati Oʻzbek futboli makatabi tarbiyalanuvchisi. Elvedin 1986-yilda Fargʻonaning „Neftyanik“ jamoasi tarkibida SSSR ikkinchi ligada debyut qilgan, bir mavsumni klubda oʻtkazgan va ikkinchi liga zona turnirining sovrindori boʻlgan.

1988-yildan boshlab oʻsha mavsumda respublika chempionatidan ustalar musobaqasiga koʻtarilgan „Avtomobilchi“ jamoasida oʻynay boshlagan. Sovet ikkinchi ligasida toʻrt mavsum ichida 150 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan. SSSR parchalanganidan soʻng Oʻzbekiston oliy ligasida „Temiryoʻlchi“ nomini oʻzgartirgan Qoʻqon klubida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 1992-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi. 1997—2001-yillarda Qoʻqon klubida murabbiy-selesioner sifatida ishlagan. Umuman olganda, u faoliyati davomida Qoʻqon klubi tarkibida 250 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2000-yillar boshida Oʻzbekiston quyi divizionida „Rishton“ va „Angren“ klublarini boshqarib, mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2004—2005-yillarda „Qoʻqon“da bosh murabbiy boʻlib ishlagan, ammo oʻsha paytda klub moliyaviy muammolarga duch kelgan va oliy ligadagi ishtirokini toʻxtatgan.

Qrim tatar boʻlgani uchun 2005-yilda Qrimga koʻchib oʻtgan. Koʻp yillar davomida u KVUOR (Simferopol) da bolalar murabbiyi boʻlib ishlagan.

Shaxsiy hayot Oʻgʻli Nozim (1994-yilda tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan, „Tavriya“ va Qrimning havaskor klublarining oʻrinbosarlar jamoalarida oʻynaganEyupov Nazim Elvedinovich.

Manbalar

Havolalar

Elvedin Eyupov Footballfactsru saytida Elvedin Eyupov

Turkum:1-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Qoʻqonda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar Turkum:Angren futbol klubi murabbiylari Turkum:Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari