Linda Maxine Godwin (talaffuzi: Linda Maksin Godvin; 2-iyul, 1952 -yil, Cape-Girardeau, Missuri) — amerikalik fazogir. Linda Maxine Godwin 4 marta kosmik parvozni amalga oshirgan (1991, 1994, 1996 va 2001).
Linda „Ninety-Nines“ guruh aʼzosi.
Tarjimayi holi Linda 1952-yil 2-iyulda Cape-Girardeau shahrida tugʻilgan. 1970- yilda oʻrta maktabini tamomlagan, 1974-yilda Cape-Girardeaudagi da matematika va fizika boʻyicha bakalavr, 1976-yilda magistr va 1980-yilda Kolumbiyaning Missuri universitetida fizika boʻyicha doktorlik darajasini olgan. Amerika Jismoniy Jamiyatining (The American Physical Society), „Ninety-Nines“, , jamiyatining aʼzosi. Lindon Jhonson kosmik markazida parvoz ekipaji operatsiyalari direktorining oʻrinbosari. Linda shaxsiy uchuvchilik guvohnomasiga ega.
NASAdagi faoliyati Linda Godwin 1980-yildan beri NASAda foydali yuk integratsiyasi ustida ishlaydi, shuningdek, parvoz nazoratchisi va foydali yuk boʻyicha ofitser sifatida faoliyat yutiradi. Linda 1985-yildan beri fazogirlar nomzodi.
Kosmik parvozlari Godwin koinotdagi 241-odam, AQShning 148-kosmonavti va orbital koinotga uchgan 14-ayol boʻlgan. U orbitada 38 kun (38 kun 06 soat 13 daqiqa) boʻlgan va 10 soatdan koʻproq vaqtni ochiq kosmosda oʻtkazgan. Birinchi parvoz — 1991-yil 5-aprelda „Atlantis“ STS-37 da. Ikkinchi parvoz — 1994-yil 9-aprel „Endeavour“ STS-59 da. 3-chi parvoz — 1996-yil 22-martda „Atlantis“ STS-76 da . 4-parvoz — 2001-yil 5-dekabr „Endeavour“ STS-108 da.
Missiya emblemalari: link=Fayl:Sts-37-patch.png|50x50pxlink=Fayl:STS-59_patch.svg|50x50pxlink=Fayl:Sts-76-patch.png|50x50pxlink=Fayl:STS-108_Patch.svg|51x51px
Mukofotlari NASA Outstanding Performance Rating Sustained Superior Performance Award Outstanding Leadership Award.
Shaxsiy hayoti Linda astronavt Steven Nagel bilan turmush qurgan va 2014-yil 21-avgustda saraton kasalligidan vafot etguniga birga yashagan. Sevimli mashgʻuloti: saksafon va klarnet chalish, kitob oʻqish, parvoz.
Manbalar
Havolalar Linda Godvinning tarjimai holi spacefacts.de saytida
Turkum:Amerikalik fazogirlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:2-iyulda tugʻilganlar