Jens Dalsgaard Stage (; 1996-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, Bundesliganing Werder jamoasida oʻynaydi. Stage koʻp qirrali oʻyinchi boʻlib, qanot himoyachisi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida ham oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

AGF 2016-yilning 27-yanvarida Stage AGF bilan shartnoma imzolagani tasdiqlandi. Ilgari Brabrand IF jamoasida oʻynagandi. 2015-yilda FC Midtjylland klubida ham mashg‘ulot o‘tkazgan.

2016-yilning 8-mayida Stage AGF safida Superligadagi professional debyutini FC Midtjyllandga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. 84-daqiqada Dino Mikanović o‘rniga maydonga tushdi. Stagening shartnomasi 2016-yil dekabr oyida 2019-yilgacha uzaytirildi.

Copenhagen 2019-yilning 1-iyulida Copenhagen klubi Stageni bilan AGFdan besh yillik shartnoma bilan sotib oldiAvis: Stage havde otte udenlandske bejlere, bold.dk, 1 July 2019. Imzolanganidan koʻp oʻtmay, iyul oyining oʻrtalarida, Stagening Aarhusdagi ijara uyi vandalizm va oʻt qoʻyishga duchor boʻldi. AGF maʼlumotlariga koʻra, derazadan obyekt uloqtirilgan. AGF mahalliy politsiyaga oʻz yordamini taklif qildi, voqeadan soʻng ular ishni tergov qilishni boshladilar. DR ga koʻra, xonadonga katta zarar yetkazilmagan, chunki olov alangasidan koʻp oʻtmay oʻchgan. AGF raisi Jacob Nilsenning AGF rasmiy saytida agar jinoyatchilar aniqlanib va jinoyatchilar ularning muxlislari bilan qandaydir aloqasi borligi aniqlansa AGF oʻyinlaridan umrbod diskvalifikatsiya qilinishini taʼkidladi.

Stage Copenhagenda debyutini 2019-yilning 14-iyulida Superligada OB ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabali oʻyinda oʻtkazdi, Robert Skovning oʻrniga 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi

U UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi debyutini 2019-yil 19-sentabr kuni Shveytsariyaning Lugano klubiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi.

Werder Bremen 2022-yil 29-iyunda Bundesliga ligasiga yangi koʻtarilgan klubi Werder Bremen Stage bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Shartnoma muddati oshkor etilmagan. Daniyaning Ekstra Bladet tabloidi Copenhagenga toʻlangan transfer narxini 45 DKK (6 million yevro), turli bonuslar esa 60 million DKK (8 million evro) ga yetishi mumkinligini xabar qildi. Germaniyaning Deichstube gazetasi xabariga koʻra, transfer narxi bonuslar bilan 4 million yevro.

Xalqaro faoliyati Stage Daniya terma jamoasidagi debyutini 2021-yil 15-noyabr kuni Shotlandiyaga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinida o‘tkazdi.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar AGF 2015-16 Daniya Superligasi 6 0 0 0 — — 6 0 2016-17 16 1 4 0 — 4 0 24 1 2017-18 22 2 2 0 — 5 2 29 4 2018-19 30 6 2 0 — 4 0 36 6 Jami 74 9 8 0 — 13 2 95 11 Copenhagen 2019-20 Daniya Superligasi 31 5 2 0 15 1 — 48 6 2020-21 23 5 2 1 3 0 — 28 6 2021-22 22 5 1 0 12 4 — 35 9 Jami 76 15 5 1 30 5 — 111 21 Jami faoliyati 150 24 13 1 30 5 13 2 206 32

Terma jamoada +YillarTerma jamoaIshtirokGollar2014Daniya U1812018-2019Daniya U21512021-Daniya1

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar