link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a7/Coffea_canephora_2_at_Aanakkulam.jpg/220px-Coffea_canephora_2_at_Aanakkulam.jpg|thumb| Pishgan rezavorlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c3/Coffea_canephora_1_at_Aanakkulam.jpg/220px-Coffea_canephora_1_at_Aanakkulam.jpg|thumb| Gullar Coffea canephora (sin. Coffea robusta, odatda robusta kofesi sifatida tanilgan) — Afrikaning markaziy va gʻarbiy Sahroi Kabiridan kelib chiqqan qahva turi. Rubiaceae oilasiga mansub gulli oʻsimlik. Koʻpchilikka Coffea robusta nomi bilan tanilgan boʻlsa-da, oʻsimlik ilmiy jihatdan Coffea canephora deb ataladi, uning ikkita asosiy navi robusta va nganda mavjud.
Coffea robusta dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan kofening 43 % ni tashkil qiladi, qolgan qismi esa Coffea arabica ni tashkil qiladi. C. arabica va C. robustaʼdan olingan qahva donalarining tarkibi oʻrtasida bir nechta farqlar mavjud. C. robusta loviyalari C. arabica loviyalariga nisbatan past kislotalilik, koʻproq achchiqlikka ega.
Tavsif link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9f/Coffee_flowers.jpg/220px-Coffee_flowers.jpg|thumb| Robusta kofe gullari Robusta — Roʻyandoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimlik turi. Coffea robusta nomi keng tarqalgan boʻlsa-da, ilmiy tilda Coffea canephora sifatida yuritiladi. Coffea canephoraning ikkita asosiy navi bor, C. robusta va C.nganda. Oʻsimlik tartibsiz gullaydi, rezavorlar pishishi uchun taxminan 10-11 oy vaqt ketadi. Loviyalar oval shaklida boʻladi.
Robusta oʻsimligi arabicanikiga qaraganda koʻproq hosildorlikka ega, tarkibida koʻproq kofein (arabica 1,5 % ga nisbatan 2,7 %) va kamroq shakar (3-7 %) mavjyd (arabica navida 6-9 % shakar mavjud). Zararkunandalar va kasalliklarga nisbatan chidamliligi sababli, robusta koʻp miqdordagi gerbitsid va pestitsidga muhtoj emas.
Mahalliy tarqalish C. canephora tabiiy holatda Gʻarbiy va Markaziy Afrikada, Liberiya Tanzaniyagacha va janubdan Angolaga qadar oʻsadi. U 1897-yilgacha, Coffea arabica qahva turi s8fatida tan olinmagan. Shuningdek, u Borneo, Fransiya Polineziyasi, Kosta-Rika, Nikaragua, Yamayka va Kichik Antil orollarida ham oʻstiriladi. 1927-yilda Timorda robusta va arabica oʻrtasidagi gibrid topildi. Keyinchalik bu shtamm zangga chidamli navlarni yaratish uchun ishlatildi.
Oʻstirish va foydalanish link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/31/Canephora.jpg/220px-Canephora.jpg|thumb| Qovurilmagan („yashil“ deb ataladigan) robusta fasollari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0a/Coffee_drying_traditional_Indonesia.jpg/220px-Coffee_drying_traditional_Indonesia.jpg|thumb| Indoneziyaning Kalibaru shahrida qahva donalarini anʼanaviy quritish Coffea canephora oʻsimligi loviyalaridan tayyorlangan qahva past kislotalilik va yuqori achchiqlikka ega.
Robusta oʻzining kelib chiqishi Afrikaning markaziy va gʻarbiy Sahroi Kabir janubiga borib taqaladi. Uni parvarish qilish oson, hosildorligi yuqori, kofein miqdori va antioksidantlar coffea arabicanikiga nisbatan ikki barobar koʻproq. Kasalliklarga kamroq moyil. Bu jahonda ishlab chiqarilgan kofening 43 % ni tashkil qiladi.
U asosan Vetnamda oʻstiriladi, u yerda fransuz mustamlakachilari bu yerga oʻsimlikni XIX asrning oxirida olib kelganlar. Soʻnggi yillarda asosan robusta ishlab chiqaradigan Vetnam dunyodagi eng yirik robusta kofe eksportchisiga aylandi, bu umumiy ishlab chiqarishning 40 % dan ortigʻini tashkil qiladi. U Braziliya (dunyo ishlab chiqarishining 25 %), Indoneziya (13 %), Hindiston (5 %) va Ugandani (5 %) ortda qoldiradi. Braziliya hali ham dunyodagi eng yirik qahva ishlab chiqaruvchisi boʻlib, dunyodagi kofening uchdan bir qismini ishlab chiqaradi, ammo Braziliyada asosa C.arabica ishlab chiqariladi.
Robustaga gʻamxoʻrlik qilish osonroq va C. arabicaga qaraganda koʻproq hosildorlikka ega boʻlgani uchun uni oʻstirish arzonroqqa tushadi. Qovurilgan robusta loviyalari oʻziga xos kuchli tuproq taʼmiga ega, lekin odatda pirazin yuqoru miqdori tufayli undan tayyorlangan qahva arabikadan koʻra achchiqroqdir. Odamlar arabika loviyalari koʻproq kislotalilik va boyroq lazzat bilan yumshoqroq taʼmga ega ekanligiga ishonishganligi sababli, uni robustadan ustun hisoblashadu, qattiqroq robusta loviyalaridan asosan past navli qahvalar tayyorlanadi. Yaxshi sifatli robusta loviyalari anʼanaviy italyan espressolari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, robusta diuretik, antioksidant, antipiretik va spazmolik astmani engillashtiradigan vosita sifatida ishlatiladi.
Manbalar
Turkum:Qahva (turkum) Turkum:Sudan florasi