link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/54/Domenico_Ghirlandaio_-_St_Jerome_in_his_study.jpg/120px-Domenico_Ghirlandaio_-_St_Jerome_in_his_study.jpg|right|thumb|186x186px| Avliyo Jerom ijod ustida. Rasm muallifi: Domenico Ghirlandaio Xalqaro tarjima kuni - bu tarjimonlar e'tirof etiladigan xalqaro kun. 30-sentyabr tarjimonlar otasi hisoblanuvchi Muqaddas Injilni lotinchaga tarjima qilgan Avliyo Jeromning tavallud sanasi hisoblanadi, shu sababli ham xalqaro tarjima kuni ayni shu kunda nishonlanadi.
BMT rezolyutsiyasi 2017-yil 24-mayda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 71/288 rezolyutsiyasini qabul qildi va xalqlar va madaniyatlarni o'zaro bog'lashda professional tarjimonlarning rolini e'tirof etgan holda 30-sentyabrni Xalqaro tarjima kuni deb e’lon qildiHannes Ben, "International Translation Day: Everything You Need to Know", Locaria, 30 August 2019General Assembly A/RES/71/288. Also edited in French, Spanish, Russian. A/71/L.68 rezolyutsiyasining qoralama loyihasini Ozarbayjon, Bangladesh, Belarus, Kosta-Rika, Kuba, Ekvador, Paragvay, Qatar, Turkiya, Turkmaniston va Vyetnam kabi 11 ta mamlakat imzoladi. Xalqaro tarjimonlar federatsiyasidan tashqari, rezolyutsiyaning qabul qilinishini yana bir qancha tashkilotlar, jumladan, Xalqaro konferensiya tarjimonlari assotsiatsiyasi, Critical Link International, Professional tarjimonlar va tilmochlar xalqaro assotsiatsiyasi, Red T, Butunjahon surdo tarjimonlari assotsiatsiyasi yoqlab chiqdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti har yili arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus, ispan va nemis tillariga tarjimalar bo'yicha avliyo Jerom nomidagi tarjima tanlovini o'tkazib keladi.
Xalqaro tarjimonlar federatsiyasi Ushbu bayram g'oyasi Xalqaro Tarjimonlar Federatsiyasi (FIT) tomonidan federatsiya tashkil qilingan yil, ya'ni 1953-yildan buyon ilgari surib kelinadi. 1991-yilda FIT globallashuv davrida tarjimaning tobora dolzarb bo'lib borayotgan kasb sifatida targ'ib qilish hamda jahon tarjimonlari hamjamiyatiga ehtirom ko'rsatish maqsadida rasman tan olingan Xalqaro tarjima kunini nishonlash g'oyasi bilan chiqishdi.
Amerika tarjimonlar assotsiatsiyasi 2018-yildan boshlab Amerika Tarjimonlar Assotsiatsiyasi Xalqaro tarjima kuniga bag'ishlangan, professional tarjimonlarning ahamiyati haqida ommaga ma'lumot berishga qaratilgan qator ijtimoiy tarmoq postlarini e'lon qilib keladi. Amerika Tarjimonlar Assotsiatsiyasi (ATA) 2018-yilgi Xalqaro tarjima kunini tarjimonlik haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi oltita infografika to‘plamini chiqarish orqali nishonlagandi. 2019-yilda esa ATA “Tarjimon hayotida bir kun” deb nomlangan videorolikni e'lon qildi.
Mavzular Xalqaro Tarjimonlar Federatsiyasi har yili tarjima kuni uchun mavzu tanlaydi:
2014 − Til huquqlari barcha inson huquqlari uchun muhim 2015 − Tarjimonlikning oʻzgaruvchan qiyofasi 2016 − Yozma va og'zaki tarjima: mamlakatlar ko'prigi 2017− Tarjima va xilma-xillik 2018 −Tarjima: o‘zgaruvchan zamonda madaniy merosni targ‘ib qilish 2019− Xalqaro mahalliy tillar yilida tarjima va mahalliy tillar 2020 − Inqirozdagi dunyoga ta'rif topish 2021 − Tarjimada birlashganlar 2022 − Toʻsiqlarsiz dunyo: madaniyat, murosasozlik va mustahkam tinchlikni shakllantirishda til mutaxassislarining roli
Manbalar
Turkum:Tarjima Turkum:Tarjimon Turkum:Tarjimonlar