„Itʼs My Life“ Amerikada tuzilgan Bon Jovi rock guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. 2000-yilning 8-mayida guruhning Crush (2000) nomli sakkizinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matni Jon Bon Jovi, Richie Sambora va Max Martin tomonidan yozilgan. Tarona Avstriya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ruminiya va Shveysariya musiqa chartlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Yana bir qancha mamlakatlar chartlarida yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan. Billboard Hot 100 chartida esa 33-pogʻonagacha koʻtarilgan. „Itʼs My Life“ Bon Jovi guruhi repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlardan biri hisoblanadi. 2003-yili guruhning This Left Feels Right albomida qoʻshiqning akustik versiyasi chiqarilgan.
Qoʻshiqning savdosi chaqqon boʻlgan. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi () tomonidan 2× platina sertifikati bilan taqdirlangan. Shuningdek, ASCAP Pop Music Awards taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri sifatida tanlab olingan. Bundan tashqari, „Duet yoki vokal guruhi tomonidan eng yaxshi rock ijro“ () nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan, biroq U2 ijro etgan „Beautiful Day“ qoʻshigʻiga yutqazgan.
Qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Wayne Isham rejissorlik qilgan. Klipda Will Estes va Shiri Appleby asosiy rollarni ijro etishgan. Klip „Yil videosi“ () nominatsiyasida VH1 mukofotiga sazovor boʻlgan. Qoʻshiq klipi 2022-yil 17-avgust holatiga koʻra YouTubeda 1.1 milliard martadan ortiq koʻrilgan boʻlib, buning ortidan Bon Jovi guruhining YouTubeda eng koʻp koʻrilgan videosiga aylangan.
Reliz tarixi MamlakatSanaLeybl(lar)Manba(lar)8-may 2000-yilIsland9-may 2000-yil22-may 2000-yilMercury
Manbalar
Havolalar
Turkum:2000-yil qoʻshiqlari Turkum:Bon Jovi qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar