Boston — AQShdagi rok guruh. 1970—1980-yillarda mashhurlikka erishgan. Oʻz faoliyati davomida 6 ta musiqiy albomlarini chiqarishgan. „Boston“ nomli birinchi musiqiy albomi 20 million nusxadan ortiq sotilgan. Tarixi left|thumb|Tom Scholz Guruhning yetakchisi doim Tom Scholz boʻlgan, qolgan guruh aʼzolari maʼlum vaqtlarda almashib turgan. Tom Scholz talabalik davridayoq yozgan qoʻshiqlarining koʻpchiligi ilk albomi „Boston“dan joy olgan. 1976-yilda ushbu albomning chiqishi pank-rok va diskoga qiziqishi boʻlgan yoshlarning klassik rokga qaytishiga sabab boʻladi. Albom AQSh tarixida eng koʻp sotilgan ilk albomlardan biri hisoblanadi (17 million nusxada sotilgan).
Queen bilan bir qatorda guruh murakkab gitara ohanglarini ishlab chiqishi XX asning 80-yillarida mashhur boʻlgan Def Leppard kabi guruhlarning musiqasi asosida muhim rol oʻynaydi. Ilk albomdagi „More Than a Feeling“ qoʻshigʻi rok musiqa tarixida eng mashhur stadion madhiyalaridan biriga aylanadi.
Oʻz vaqtida Kurt Kobeyn „Smells Like Teen Spirit“ qoʻshigʻidagi gitara ohangining asosi „More Than a Feeling“ qoʻshigʻi kuyidan olinganligini tan olgan. Jumladan, 1992-yil avgust oyida Reading shahrida boʻlib oʻtgan festival konsertida Nirvana guruhi birinchi superxit qoʻshigʻi naqadar bezor qilgani tufayli „Smells Like Teen Spirit“ qoʻshigʻining kirish qismida „More Than a Feeling“ qoʻshigʻining naqoratini kuylab, asosiy riffini chalishadi.
1978-yilda guruhning ikkinchi musiqiy albomi „Donʼt Look Back“ chiqib va 7 million nusxada sotiladi. Jamoa aʼzolari darhol uchinchi musiqiy albom diskini yozib olishga tayyor edilar, ammo Tom Scholz yangi albomni tayyorlash vaqt talab qilishini taʼkidlab, bunga koʻnmaydi. Scholzning bu oʻjarligi tufayli 1979—1983-yillarda Boston guruhining amalda oʻz faoliyatini toʻxtatishga sabab boʻldi.
1986-yilda guruhning uchinchi musiqiy albomi chiqadi va albom „Third Stage“ deb nomlandi. Guruh muxlislari keyingi musiqiy albom „Walk On“ diskini sakkiz yil kutishga majbur boʻladilar, beshinchi musiqiy albom „Corporate America“ diski ham sakkiz yildan soʻng sotuvga chiqadi. 2007-yilda guruhning bosh xonandasi Brad Delp oʻz joniga qasd qiladi. Guruh Delp vafotidan soʻng musiqiy faoliyatini toʻxtatmaydi.
2009-yil yanvar oyida guruhning Greatest Hits toʻplami qayta yangilangan (remaster) shaklda chiqarildi. Vaqt shkalasi
Diskografiya thumb|350x350px|Chapdan oʻngga: Boston guruhi aʼzolari Scholz, Sweet, DeCarlo, Dahme va Pihl (2008-yil)link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5b/Brad_Delp.jpg/240px-Brad_Delp.jpg|thumb|240x240px|Brad Delph Musiqiy albomlari YilAlbom nomiBillboard 200UK Albums ChartRIAA CertificationBPI1976Boston31117× platinaliOltin1978Donʼt Look Back197× platinaliKumush1986Third Stage1374× platinali—1994Walk On7 -Platinali—2002Corporate America42 -——2013Life, Love & Hope37 -—— Toʻplami YilNom1997Greatest Hits Manbalar
Turkum:Hard rock guruhlar Turkum:Rock guruhlar Turkum:Rok-musiqa