Zlatko Junuzović (talaffuzi: Zlatko Yunuzovich; 1987-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — avstriyalik sobiq professional futbolchi. U yarim himoyachi sifatida oʻynagan. 2006-yildan 2017-yilgacha Junuzović Avstriya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U jarima zarbalari boʻyicha mutaxassis sifatida tanilgan.
Yoshligi Junuzović besh yoshida ota-onasi bilan Avstriyaga koʻchib oʻtdi. 12 yoshga toʻlishidan oldin ular Gratsga ketishdi, u yerda tez orada Junuzović Grazer AK yoshlar jamoasida oʻynay boshladi.
Klubdagi faoliyati 17 yoshida Junuzović 2005-yilning bahorida Bundesligada Grazer AK safida debyut qilgan. 2006-yilda u ÖFB-Teamda oʻynash uchun chaqirilgan va Grazer AK uchun muntazam oʻyinchiga aylangan. Junuzović 2007-yilning yozida SK Austria Kärntenga koʻchib oʻtdi va 2009-yilning yozida FK Austria Wienga qoʻshildi.
2010-yilda Junuzović Austria Wien va milliy terma jamoadagi o‘yinlari uchun ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi: Avstriya Bundesligasi menejerlari uni „Avstriyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topishdi va Kronen Zeitung tomonidan beriladigan yillik mukofotda mamlakatidagi tarafdorlari „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb ovoz berishdi.
2012-yil yanvar oyida Junuzović Bundesliganing SV Werder Bremen klubiga qoʻshildi va 2015-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi. 2015-yil fevralida uning shartnomasi 2018-yilning iyunigacha uzaytirilgani maʼlum bo‘ldi.
2014—2015-yilgi mavsumni 6 ta gol va 15 ta golli uzatma bilan yakunlagan, Bundesligada Kevin De Bruyne va Thomas Mullerdan keyin uchinchi oʻrinda boʻlgan Junuzović Werder muxlislari tomonidan „Mavsumning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi.
2017-yilning 18-martida u 2016—2017-yilgi mavsumdagi ikkinchi golini Leipzigga qarshi o‘yinda (3:0) kiritdi, bu o‘yinda Werderning uchala avstriyalik o‘yinchisi ham klubning mavsumdagi eng yaxshi g‘alabasiga erishdi.
2018-yilning aprel oyida Junuzović klubda olti yarim yillik faoliyatdan soʻng Werderni tark etishini eʼlon qildi. U Avstriya Bundesligasida Red Bull Salzburg klubiga oʻtgan. 2022-yilda Junuzović faoliyatini yakunladi va FC Lieferingning yordamchi murabbiyiga aylandiSladdi bleibt Salzburger Homepage Red Bull Salzburg, 10..
Shaxsiy hayoti Junuzović Serbiyaning Loznica shahrida bosniyaliklar oilasida tugʻilgan.
Xalqaro faoliyati Junuzović 2007-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Avstriya terma jamoasi safida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. U 2006-yilning mart oyida Kanadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kattalar terma jamoasi uchun debyut qilgan.
Junuzović 2016-yilgi Yevropa chempionatida milliy terma jamoa sharafini himoya qilgan.
2017-yil oktyabr oyida Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi yakunlanganidan so‘ng, Avstriya saralash bosqichiga chiqa olmagani maʼlum boʻldi va Junuzović terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarGrazer AK2004—2005Avstriya Bundesligasi40——402005—200633410413852006—200734530—375Jami71940417910Austria Kärnten2007—2008Avstriya Bundesligasi282——2822008—200929111—302Jami5731100584Austria Wien2009—2010Avstriya Bundesligasi30621804072010—2011339313139112011—201219621120337Jami82217323111225Werder Bremen2011—2012Bundesliga150——1502012—201330310—3132013—201426210—2722014—201533620—3562015—201630430—3342016—201730411—3152017—201824220—262Jami188211010019822Red Bull Salzburg2018—2019Avstriya Bundesligasi214411013562019—202023341703442020—202125150913922021—20221212010151Jami81915227212313Faoliyati jami4796337754457074
Xalqaro gollar
Hisob va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Avstriyaning gollari sonini koʻrsatadi. # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2011-yil 7-oktyabr Dalga Arena, Boku, Ozarbayjon UEFA Euro 2012 saralashi 2 2012-yil 1-iyun Tivoli-Neu, Insbruk, Avstriya Oʻrtoqlik uchrashuvi 3 2012-yil 11-sentyabr Ernst-Happel-Stadion, Vena, Avstriya 2014 FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2013-yil 22-mart Ernst-Happel-Stadion, Vena, Avstriya 2014 FIFA Jahon chempionati saralashi 5 2015-yil 27-mart Rheinpark stadioni, Vaduts, Lixtenshteyn UEFA Euro 2016 saralashi 6 2015-yil 5-sentyabr Ernst-Happel-Stadion, Vena, Avstriya UEFA Euro 2016 saralashi 7 2016-yil 29-mart Ernst-Happel-Stadion, Vena, Avstriya Oʻrtoqlik uchrashuvi
Yutuqlari
Klub Red Bull Salzburg
Avstriya Futbol Bundesligasi: 2018—2019, 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022 Avstriya kubogi: 2018—2019, 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022
Individual
Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2010 Werder Bremen muxlislari tomonidan tanlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2014—2015
Manbalar
Havolalar
Profil UEFA.comda Profil va statistika Guardianʼs Stats Centreda
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar