Shali ( – „samolyot“"Chechenskoe obshestvo segodnya" jurnal (5(21)/2008). Indarbi Mutushev) – Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasidagi shahar. Shali tumanining maʼmuriy markazi.

Tarkibidagi yagona aholi punkti sifatida „Shali shahar posyolkasi“ munitsipalitetidir.

Geografiyasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/14/%D0%9A%D0%B0%D1%80%D1%82%D0%B0_%D0%B3._%D0%A8%D0%90%D0%9B%D0%98.svg/300px-%D0%9A%D0%B0%D1%80%D1%82%D0%B0_%D0%B3._%D0%A8%D0%90%D0%9B%D0%98.svg.png|thumb|322x322px|Shali tumani xaritasida Shali shahar posyolkasi Shahar Bassning ikkala qirgʻogʻida, Shali tumanining markaziy qismida, Les tizmasi etagida, Chechen tekisliklarida joylashgan. Argun temir yoʻl stansiyasidan 18 km janubda va Grozniy shahridan 36 km janubi-sharqda joylashgan. Bu mintaqaviy avtomobil yoʻllarining tutashgan joyidir. Shali shahri hududidan Shela-Axki (Shalinka) daryosi oqib oʻtadi.

Shaharning maydoni 27,02 km² (2009-yil holatiga koʻra).

Moʻtadil kontinental iqlim hukmron. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 450 mm.

Tarixi 1822-yil 11-fevralda Chechenistondagi qoʻzgʻolon paytida general Grekov boshchiligidagi rus qoʻshinlarining shiddatli hujumi natijasida qishloq butunlay vayron boʻlgan.

1837-yilda qishloq yana general-mayor K. K. Fezi boshliq rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan.

XIX asr oʻrtalarida Shali Katta Chechenistondagi eng yirik qishloqlardan biri edi. Ovul oʻzining strategik mavqei tufayli Kavkaz urushi paytida Shomil qoʻshinlari uchun yigʻilish nuqtasi boʻlgan.

1944-yilda chechenlar va ingushlar deportatsiya qilinib, Chechen-Ingush Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilgandan soʻng, qishloq nomi Mejdurechye oʻlaroq oʻzgartirilgan.

RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 10-apreldagi farmoni bilan qishloq avvalgi nomiga qaytarildi. 1990-yilda qishloqqa shahar maqomi berilgan.

1994—1996-yillardagi harbiy harakatlar shahar va uning aholisiga juda katta zarar yetkazadi: yuzlab odamlar halok boʻldi, uylar, sanoat, transport, aloqa va agrosanoat kompleksi vayron boʻladi. Xususan, faqat birgina – 1995-yil 3-yanvardagi kassetali bombalarning portlashi paytida kamida 55 kishi halok boʻlgan.

Ikkinchi Chechen urushi paytida ham shahar shiddatli janglar joyi boʻlgan. 2000-yil yanvar oyida ayirmachilar va shaharning xayrixoh aholisi ishtirok etgan mitingda „Tochka U“ taktik raketasi otiladi va buning natijasida yuzlab odamlar halok boʻlgan. Bir necha kundan keyin shahar butunlay federal qoʻshinlar nazoratiga oʻtdi.

2000-yildan beri shahar faol rivojlanmoqda. Yangi turar-joy binolari, ijtimoiy, madaniy va sport inshootlari barpo etilmoqda.

Aholisi

2010-yildagi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra shahar aholisining milliy tarkibi : MillatAholi soniButun aholi sonidan egallagan ulushi chechenlar 43 018 90,17% ruslar 2578 5,40%qoʻmiqlar 362 0,76%avarlar 279 0,58% qozoqlar 214 0,45% tabasaranlar 202 0,42% boshqa 1015 2,13% ishora qilmagan 40 0,08% Jami 47 708 100,00%

Dini link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/de/Pride_of_Muslims_mosque_Shali.jpg/300px-Pride_of_Muslims_mosque_Shali.jpg|thumb|300x300px| Muhammad (s.a.v) nomidagi masjid Shahar markazida joylashgan – Yevropadagi eng katta masjid „Musulmonlar iftixori“ masjidi mavjud va ichida 30 ming kishigacha, atrofida esa 70 ming kishigacha musulmon ibodat qilishi mumkin. Masjid qurilishiga 2012-yildan start berildi. Tantanali ochilish 2019-yil 23-avgust kuni respublikaning birinchi prezidenti Axmat Hoji Qodirovning tugʻilgan kuniga toʻgʻri keldi. Ochilish marosimida masjidning nomi paygʻambar Muhammad (s.a.v) sharafi bilan eʼlon qilindi.

Ommaviy axborot vositalari

„Zama“ („Vaqt“) – Shali tuman gazetasi. STV-Shali telekanali.

Transporti „Chechavtotrans“ davlat unitar korxonasi tomonidan oltita shahar avtobus yoʻnalishi mavjud. Grozniy, Gudermes, Argun, Urus-Martan, Xasavyurt va Maxachqal’a shaharlariga avtobuslar muntazam ravishda shahar avtovokzalidan joʻnaydi.

Sporti

„Vaynax“ futbol klubi mavjud.

Shahar sanʼatda

Ikkinchi Chechen urushi davridagi Shalidagi voqealar German Sadulayevning „Shalinskiy reyd“ romani mavzusiga aylangan. Rassom A. I. Titovskiy 1964-yilda M. Lermontov Kavkazdaligidagi bagʻishlab bir qator suratlar seriyasini yaratadi. Masalan, „Checheno-Ingushetiya. Okraina sel. Shali“ asari ulardan biri hisoblanadi.

Qardosh shahar

: Digora (Shimoliy Osetiya)

Manbalar

Adabiyotlar

Shali, aul // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.

Havolalar

Ria Novosti, 2018-yil 11-may Turkum:Checheniston