Svante Pääbo yoki Svante Peebo()(1955-yil 20-aprel, Stokgolm) shved biologi, genetik olim. Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori (2022). Nobel qoʻmitasida Pääboning asarlari ilmiy jamoatchilik tomonidan inson evolyutsiyasini yaxshiroq tushunish uchun ajoyib qoʻllanma ekanligi taʼkidalb oʻtildi.
Pääbo Svante Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi (2000), Leopoldina (2001), AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi (2004), Fransiya Fanlar Akademiyasi (2015) va London Qirollik Jamiyatining aʼzosi hisoblanadi (2016).
Hayoti Pääbo bioximik Sune BergströmClaudia Dreifus. Searching for Answers in Very Old DNA. A conversation with Svante Paabo. The New York Times. June 23, 2014Elizabeth Kolbert. Sleeping with the Enemy. What happened between the Neanderthals and us? The New Yorker. August 15, 2011.Robin McKie. Svante Pääbo: the DNA hunter taking us back to our roots. The Guardian. 15 February 2014.: „I grew up as the secret extra-marital son of Sune Bergström“. va estoniyalik kimyogar Karin Pääbo (1925—2013)ning farzandi hisoblanadiSvante Peabo. Neandertales. V poiskax ischeznuvshix genomov. — M.: AST. Corpus — 2018. — 416 s.. Uning otasi fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1982) sovrindori. Pääbo Bagarmossenda oʻsgan. U onasi tomonidan tarbiyalangan (uning onasi Sunening laboratoriyasida laborant boʻlib ishlagan), chunki Sune Bergströmning oʻsha paytda boshqa oilasi mavjud edi.
U Uppsala shahridagi ning tarjimonlar sinfida rus tilini (1975—1976)Karin Bojs. My European Family. The First 54,000 years. Chapter 2. Neanderthals in Leipzig, bir vaqtning oʻzida 1975—1977-yillarda Uppsala universitetida Misrologiya, Qibtiy tilini oʻrganganNick Zagorski. Profile of Svante Pääbo (PNAS). 1980-yilda Uppsala universiteti tibbiyot fakultetini tugatgandan soʻng, u qisqa muddat shifokor boʻlib ishlagan va 1981-yilda Uppsala universitetiga qaytib kelgan u yerda Sitologiya kafedrasi aspiranturasiga oʻqishga kirgan. Molekulyar immunologiya boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1986). Keyin Pääbo qisqa muddat Syurix universitetidagi Molekulyar biologiya markazida va Londondagi Saraton tadqiqotlari institutida ishlagan. 1987—1990-yillarda u Berkeleydagi Californiya universitetida, Allan Uilson laboratoriyasida doktoranturadan keyingi tadqiqotlar olib borgan. Pääbo labaratoriyada zamonaviy davrda yoʻqolib ketgan qoldiqlar va hayvonlarning genetik materialini ajratib olish bilan shugʻullangan. 1990—1997-yillarda Myunxen universitetida umumiy biologiya professori, 1997-yildan Leipzigdagi Evolyutsion antropologiya institutida genetika kafedrasi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2008-yilda u oʻzining hamkasbi, amerikalik primatolog va genetik Linda Vigilant bilan turmushga chiqdi, u bilan bir oʻgʻil va bir qizi borThe Gruber Foundation: Svante Pääbo.
Yutuqlari Pääbo paleogenetika fanining asoschilaridan biri boʻlib, genetik usullar yordamida birinchi odamlar va gominidlarni oʻrganish bilan shugʻullangan. U bu sohadagi faoliyatini 1984-yilda Yevropa muzeylari kolleksiyalaridan qadimgi Misr mumiyalarini oʻrganishdan boshlagan va piramidalarga Misrshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi yordamida kirish imkoniga ega boʻlgan. 1985-yilda tarixda birinchi marta mumiyalardan genetik material olingan. 2006-yilda u neandertal genomini toʻliq dekodlash rejasini eʼlon qilgan. 2009-yil fevral oyida dastlabki natijalar eʼlon qilingan va 2010-yil may oyida ular Science jurnalida chop etilgan. 2010-yil mart oyida Oltoydagi Denisova gʻorida topilgan suyak boʻlagidan olingan DNKni oʻrgangan Pääbo guruhi antik davrda ilgari nomaʼlum boʻlgan gominidlar turi — Denisov odami mavjud degan xulosaga kelishgan. 2016-yilda Pääbo guruhi dunyo boʻylab qariyb 2000 kishining genomlarini qiyosiy tahlil qilish asosida neandertallar va homo sapiensning turli guruhlari oʻrtasida chatishtirishning kamida uchta epizodi boʻlishi mumkin degan xulosaga kelishgan.
2002-yilda Pääbo guruhining „gen tili“ hisoblangan FOXP2ning kashf etilishi haqidagi eʼloni keng jamoatchilik eʼtiroziga va ilmiy muhokamalarga sabab boʻlgan.
Mukofotlari
+11992-yilLeibniz mukofoti21998-yilYevropa akademiyasi aʼzosi31999-yilBerlin-Brandenburg fanlar akademiyasi aʼzosi42004-yilSaksoniya fanlar akademiyasi aʼzosi52008-yil"Xizmatlaru uchun" ordeni62009-yil"Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordeni72011-yilAmerika fanlar akademiyasi aʼzosi82013-yilGruber mukofoti92014-yilM.V.Lomonosov nomidagi oltin medal sohibi102015-yilGalway Irlandiya Milliy Universiteti faxriy doktori112016-yilTibbiy sohadagi yutuqlari uchun mukofoti122017-yilDan David mukofoti132018-yilAsturiya malikasi mukofoti142018-yilKörber mukofoti152018-yilNierenberg mukofoti162019-yilWiley mukofoti172019-yilDarwin–Wallace medali182020-yilYaponiya mukofoti192021-yilMessri mukofoti202022-yilFiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti
Yozgan asari Neandertal odam: Yoʻqolgan genomlarni izlab. — Trans. ingliz tilidan. E. Naimark. — M. : AST. Korpus — 2018. — 416 b. — ISBN 978-5-17-091066-3
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:20-aprelda tugʻilganlar