Víctor Alejandro Dávila Zavala ()1997-yil 4-noyabrda Chilining Iquique hududida tugʻilgan. Chililik futbolchi „Pachuca“ klubi va Chili terma jamoasi yarim himoyachisi, „Leon“ klubida ijara asosida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati Davila „Huachipato“ klubining tarbiyalanuvchisi. 2014-yil 22-noyabrda u Chili Primer ligasida „Unión Española“ga qarshi debyut qildi. 2016-yilning 1-oktabr kuni „Universidad Católica“ga qarshi kechgan bahsda Viktor „Huachipato“ uchun birinchi golini urdi.
2017-yilning yozida Davila Meksikaning „Necaxa“ jamoasiga oʻtdi. 2017-yil 17-may kuni uning Meksikaning Birinchi divizionidagi „Necaxa“ klubiga qo‘shilishi rasmiylashtirildi. 29-oktabr kuni „Lobos BUAP“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi. 2018-yilning 18-fevralida „Monterrey“ga qarshi bahsda Viktor „Necaxa“ uchun birinchi golini urdi. Oʻsha yili u Meksika kubogini qoʻlga kiritdi.
2018-yil 18-dekabrda „Pachuca“ 12 million AQSh dollari miqdorida futbolchiga pul oʻtkazganidan soʻng, u bilan shartnoma imzolanganligi eʼlon qilindi.
2020-yil 18-dekabrda futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali „Leon“ jamoasi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2021-yilgi Guardanes turnirining 4-turida u „Leon“ safida o‘zining dastlabki debyutini oʻtkazdi. „Atletiko de San Luis“ga qarshi oʻyinda 17 daqiqa ichida u ikkinchi boʻlimda 2 ta golini urish orqali „dubl“ qayd etdi va natijada jamoa 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Xalqaro faoliyati 2017-yilda Davila Chili yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Kolumbiya, Paragvay, Ekvador va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2018-yilning 13-oktabr kuni Davila Chili terma jamoasi safida Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiNo incluye datos de partidos amistosos.OʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarHuachipato2014-151030—402015-169082—1722016-1716140—201Jami26115200413Necaxa2017-1816493—2572018-1916610—176Jami3210103004213Pachuca2018-199140—1312019-2020151—2532020-21185——185Jami4779200569León2020-21167—201872021-223812—4042122022-23154—00154Jami692300607523Umumiy faoliyatida174413476021448
Yutuqlari "Necaxa"
Meksika kubogi gʻolibi: 2018-yil Meksika Superkubogi sohibi: 2018-yil
Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
Turkum:4-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chililik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Chililik muhojir erkak futbolchilar