Neftchi Fargʻona futbol klubi 2022-yilgi mavsumi – klub tashkil topganidan beri 60-mavsumi va klubning Oʻzbekiston futboli yuqori ligasidagi 27-mavsumidir. „Neftchi“ ichki chempionatdan tashqari bu mavsumda Oʻzbekiston Kubogi musobaqasida ishtirok etdi. Fargʻonaliklar 3 yillik omadsiz oʻtgan mavsumlardan soʻng nixoyat oliy divizion Oʻzbekiston Superligasiga qaytdi.

Mavsumning boshini oʻtgan 2021-yilgi mavsumda jamoani Oʻzbekiston Pro ligasida chempion qilgan murabbiy Ilhom Moʻminjonov boshchiligida boshladi. Hozirda jamoa Bosh murabbiyi – Vitaliy Levchenko.

Mavsum sarhisobi Mavsum oldi 6-yanvardan boshlanadigan 1-bosqichda Ilhom Moʻminjonov shogirdlari Toshkentda yigʻilib, mashgʻulotlarga kirishadilar. Bu jarayon 17-yanvargacha davom etib, orada 1ta oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

20-yanvardan 10-fevralgacha davom etadigan 2-bosqichni fargʻonaliklar Turkiyaning Antalya shahrida oʻtkazishadi. Bu bosqichda tayyorgarlikning muhim qismi sifatida 4ta oʻrtoqlik-nazorat uchrashuvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Mavsum oldidan jamoaga bir qator tajribali futbolchilar taklif etildi. „Nasaf“ jamoasidan yarim himoyachi Doniyor Narzullayev, „Surxon“ klubidan himoyachi Anvar (Husniddin) Gʻofurov, oʻzining tarbiyalanuvhci futbolchilaridan, „Qizilqum“dan Muhsinjon Ubaydullayev, „Navbahor“ klubidan himoyachi Mirzohid Gʻofurov, „Bunyodkor“ klubidan yarim himoyachi Lutfulla Toʻrayev, „Turon“ klubidan yarim himoyachi Sunatullo Abdullajonov, „AGMK“ klubidan hujumkor yarim himoyachi Husniddin Gʻofurov, Belorusiyadan Shahzodbek Ubaydullayev, „Paxtakor“ Jmoasidan Abror Ismoilov Legionerlardan Serbiyalik Daniel Stoykovich va Marko Sharich lar bila shartnoma imzoladi. Shu bilan birga bir necha futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi. Klubni bir qator futbolchilar ham tark etishdi.

Fevral Yangi mavsum oldidan klubnibg uy arenasi „Istiqlol“ stadioni taʼmirlanayotganligi sabali, jamoa oʻz uy uchrashuvlarini Yaypandagi Oʻzbekiston stadionida oʻtkazishi maʼlum qilindi.

Nazorat uchrashuvlaridan Pro liga vakili „Buxoro“, Turkiyada Kosovoning „KF LLAPI“, Qozogʻistonning „Maqtaral“, Rossiyaning „Shinnik“, Yaypanning „Turon“ jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashubvlarini oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Professional ligasining 11-fevralda yang mavsum taqvimiga qur’a tashlashidan soʻng Neftchi jamoasi 1-turni Vodiy derbisi bilan, Oʻzbekiston tumanida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi boshlashi maʼlum boʻldi.

Mart Klub 1-mart kuni yangi mavsum uchun rasmiy futbolchilar roʻyxatini Oʻzbekiston PFL ga topshirdi. Yangi mavsum startida Fargʻona derbisida Qoʻqon 1912 jamoasiga qarshi 2-mart kuni maydonga tushdi. Uchrashuv Yaypanda Oʻzbekiston stadionida boʻlib oʻtdi. Neftchi 1-0 hisobida, Shaxzod Ubaydullayevning Penaltidan kiritgan goli bilan gʻalaba qozondi. Jamoa Superligadagi bu gʻalabaga 3 yildan ziyod vaqt davomida erishdi. 10-mart kuni jamoa Toshkentda „Paxtakor“ jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 3 yiilik tanaffusdan soʻng Oʻzbek El-klassikosi yana qaytdi. Jamoa qiyin oʻtgan bahsda kichik 1-0 hisobida magʻlub boʻldi. 18-mart kuni Oʻzbekiston stadionida klub Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasini qabul qildi va kichik 1-2 hisobida magʻlub boʻldi.

Aprel Fargʻonaliklarning aprel oyining birinchi kunida uchrashuvi Navoiyning „Qizilqum“ jmoasiga qarshi boʻldi. OKMK stadionida boʻlgan uchrashuvda "Neftchi jamoasi 3-0 hisobida magʻlub boʻldi. 6-aprelda klub Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichi baxlarida Samarqandning „Dinamo“ jmoasiga qarshi Samarqandda oʻyin oʻtkazib 0-2 hisbida gʻalab qozondi. 2-turni oʻz uyida Navoiyning „Qizilqum“ klubiga qarshi oʻtkazgan „Neftchi“ bu safar ham magʻlubiyatga (Neftchi 0-1 Qizilqum) uchradi. 3-turda jamoa Namanganning „Navbahor“ jmoasiga qarshi toʻqnash keldi. Namnaganda „Markaziy“ satdionda oʻtgan uchrashuvda Lochinlar 2-0 hisobida gʻalab qozondi. Oʻzbekiston kubogi bahslarini guruh bosqichida yakunlagan Neftchi jamoasi 25-aprel kuni Oʻzbekiston Superligasi 5-tur uchrashuvida Yaypanda „Bunyodkor“ jmoasini qabul qilib, 1-3 xisobida magʻlub boʻldi va ketma-ket magʻlubiyatlar davom etdi. Aprel oyining soʻnggi 30-kunida Neftchi klubi Samarqandda „Dinamo“ jamoasiga qarshi bu safar Superliga doirasida bahs olib bordi. Uchrashuv 1-1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Oʻyindagi fargʻonaliklarning yagona goliga Abrorbek Ismoilov mualliflik qildi.

May 5-may kuni Yaypanda Toshkentning „Lokomotiv“ klubini qabul qilgan „Neftchi“ klubi bu safar ham magʻlubiyatga uchradi, uchrashuv 0-1 natjasi bilan tugadi. 10-may kuni navbatdagi uchrashuvni ham uyda,Yaypanda oʻtkazgan fargʻonaliklar bu safar Toshkentning yana bir jamoasi „Olimpik“ jamoasini qabul qilib 0-0 hisobidagi durangga imzo chekdi. 17-may sanasida jamoa Chempionatning 9-turida Namanganda „Navbahor“ jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv „Markaziy“ stadionda 0-0 hisobidagi durang bilan tugadi. Bu Neftchi jamoasining mavsumdagi 3-duranggi edi. 22-may kuni Neftchi „Oʻzbekiston stadioni“da bu safar Bekobodning „Metallurg“ klubini qabul qildi va ketma ket 8 tur davom etgan gʻalabasiz seriyaga barham berdi, uchrashuv 3-0 hisobida fargʻonaliklar gʻalabasi bilan tugadi. Gollarga Sirojiddin Qoʻziyev, Abror Ismoilov, Ulugʻbek Hoshimov mualliflik qilishdi. May oyining soʻnggi kunlarida fargʻonalilkar Olmaliqda 11-tur doirasida „AGMK“ klubi mehmoni boʻldi va 3-1 hisbida magʻlub boʻldi. Uchrashuvda Neftchi jamoasining yagona goliga Sirojiddin Qoʻziyev mualliflik qildi.

Iyun Jamoa natijalari yomonlashuvi tufayli klub maʼmuriy qismida oʻzgarishlar yuz berdi. Terma jamoalar oʻyinlar tufayli 2 haftalik tanafusdan soʻng Neftchi klubi uyda Qarshining „Nasaf“ jamoasini qabul qildi va 1-1 hisobida durang oʻynadi. Uchrashuvda fargʻonaliklarning yagona golini Sirojiddin Qoʻziyev penaltidan kiritdi. 29-iyun kuni Neftchi klubi Olmaliqda 13-tur uchrashuvida „OKMK“ stadionida Termizning „Surxon“ jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazib 1-1 hisobidaginatijani qayd etdi. Sirojiddin Qoʻziyev bu sfar ham yagona gol muallifiga aylandi.

Iyul Klub 1-davradan soʻng Yozgi tanafusga chiqdi. Iyul oyining boshida „Neftchi“ futbol klubi logotipi yangilandi. Klub tizmidagi o;zgarishlar davom etdi, jamoa bosh murabbiyi Ilhom Moʻminjonov oʻz arizasiga koʻra klubni tark etdi. Jamoani bir necha futbolchilar ham tark etdi. Neftchi jamoasiga Tojikistondagi jamoalardagi ishlar bilan yaxshi tanilgan Vitaliy Levchenko Bosh murabbiy etib tayinlandi. Levchenko Pro litsenziyasi boʻlmaganligi sababli uning yordamchisi Vladimir Ejurov Bosh murabbiy sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi. 13-iyul Toshkentda Bunyodkor akademiyasi maydonida, Levchonko boshchiligida ilk nazorat oyinida Yangiyerning „Yangiyer“ klubini 3-1 hisobida magʻlub etdi Neftchi klubi U21 jmoasiga Aziz Alijonov bosh murabbiy etib tayinlandi. 21-iyulda Neftchi jamoasi Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga qarshi yozgi tanafusdagi 2- nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Uchrashuv 3-1 hisobida fargʻonaliklar gʻalabasi bilan tugadi. Klubning U-19 jamoasida ham oʻzgarishlar yuz berdi va jamoa afsonalaridan biri Mansur Saidov murabbiy etib tayinlandi. Yozgi tanafusda jamoa AGMKdan Andriy Mishchenko, „Shoʻrtan“dan Nodirxon Meʼmatxonov, „Olimpik“dan Humoyun Sherboʻyayev, „Paxtakor“ himoyachisi Oleksiy Larin, „Metallurg“ dan Fozil Musayev va Rossiya „SKA-Rostov“dan Evgeniy Konyuxov bilan Shartnoma imzoladi va bir qator futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi. 25-aprelda Vitaliy Levchenko jamoasi bilan 3-nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Bu safar Buxoroning „Nurafshon“ klubiga qarshi oʻtkazdi va 0-1 hisobida magʻlub boʻldi.

Avgust 2-avgus kuni 2-davraga start berildi va Yaypanda „Qoʻqon 1912“ jamoasi mehmoni boʻldi. Fargʻona derbisida jangovor 3-3 durang bilan yakunlandi. Uchrashuvda fargʻonaliklar gollariga Shaxzod Ubaydullayev, Lutfulla Toʻrayev, Sunnatulla Abdullajonov mulliflik qilishdi. 12-avgust kuni Yaypanda Toshkentning „Paxtakor“ jamaosini qabul qildi. Oʻzbek El klassikosida Neftchi jamoasi 0-2 hisobida magʻlubiyatga uchradi. 16-tur oldidan jamoa tarkibida bir necha futbolchilar diskvalifikatsiya tufayli oʻtkazib yuboradigan boʻldi. Jamoa mavsum boshidan oʻyindagi intizom masalasida ancha qiynalmoqda. Klub 17-tur uchrashuvini Yaypanda „Qizilqum“ klubiga qarshi oʻtkazdi va 2-1 hisobida gʻalaba qozondi. Gollarni Abror Ismoilov dubl orqali oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.

Senytabr Klub 18-tur uchrashuvini Olmaliqda „Bunyodkor“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Jamoa safar uchrashuvlarida joriy mavsumda ilk bor gʻalaba qozondi. „Neftchi“ „Bunyodkor“ni 1-2 hisobida magʻlub etdi. Gollarni Fozil Musayev va Mirzohid Gʻofurov mualliflik qilishdi. 14-sentyabrda 16-turning qoldirilgan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Neftchi klubi Jizzaxda „Soʻgʻdiyona“ klubiga qarshi oʻtkazdi va 0-0 hisobida durang qayd etdi. 18-sentyabrda jamoa 19-tur uchrashuv doirasida Yaypanda „Dinamo“ jamoasini qabul qildi va 4-1 hisbida gʻalaba qozondi. Gollarni Ulugʻbek Hoshimov, Lutfulla Toʻrayev, Abror Ismoilov va Sunnatulla Abdullajonovlar mualliflik qilishdi. Terma jamoalar tufayli yuzaga kelgan tanafus tufayli jamoa xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydongga tushdi. Uchrashuv Quvasoyda „Sementchi“ stadionida Qirgʻizistonning „Kaganat“ klubiga qarshi maydongga tushdi va 1-1 hisobiida durang qayd etdi.

Oktyabr 3-Oktyabrda 20-tur uchrashuvini fargʻonaliklar Toshkentda „Lokomotiv“ mehmoni sifatida oʻtkazdi. Oʻyinda jamoa 1-3 hisobida gʻalaba qozondi. Gollarga Izzatilla Abdullayev, Sunnatulla Abdullajonov va Sirojiddin Qoʻziyevlar mualliflik qilishdi.

Noyabr

Dekabr

Oʻyinchilar TartibiPozitsiyasiMamlakatIsmYoshLegionerShartnomaOʻyinGolTugash vaqtiTransfer holatiEslatma1GKMashhur Muhammadjonov23EU2018181020262DFIslomjon Akramov30EU2013330720253DFShohruxbek Yoqubjonov24EU emas201991420254DFNodirxon Neʼmatxonov30EU202146320265DFOleksiy Larin25EU201527120256DFSirojiddin Qoʻziyev32EU20102751520237FWOybek Qilichev31EU201966620248MFSherzod Karimov32EU20143652520239FWSunnatulla Abdullajonov34EU2009605323202310MFHusniddin Gʻofurov36EU201243531202211FWIzzatilla Abdullayev26EU201423548202312DFShuhratillo Rahmonov34EU2007 (Winter)54638202213MFLutfulla Toʻrayev23EU201850202414MFDoniyor Valiyev30EU201333431202515DFAndriy Mishchenko23EU20161476202716GKShohrux Asqaraliyev24EU2019513202517FWAbdulloh Olimov30EU201528128202418FWAziz Olimov32EU2013258106202219MFMirzohid Gʻofurov25EU2017745202320FWSalamat Qutiboyev21EU emas201817037202521FWMuhsinjon Ubaydullayev21EU emas201910818202522DFUmar Adhamzoda30EU201335354202223DFAsadbek Moʻminov27EU20191055202524FWRahmonjon Roʻziyev28EU20187312202325FWDoniyor Madaminov19EU2021402202726DFMartavali Turgʻunov27FWMuhammad Olimov30MFAkobirxon Ahmadjonov44DFDarko Stanojević45GKAkbar Toʻrayev36MFIslombek Isomiddinov46FWShahzod Ubaydullayev55MFAzamat Tolibjonov57MFShodiyor Hojimatov61MFHojiakbar Ibrohimov66MFShohjahon Bahodirov69GKYevgeniy Konyuxov70MFAbbos Gʻulomov71MFDoniyor Narzullayev76MFFahriddin Muhammadov77MFAbror Ismoilov91MFMusomalik Rustamov99FWUlugʻbek Hoshimov

Transferlar

Klubga taklif etilganlar SanaPozitsiyaIsmOldingi jamoasiHolatEslatma

Klubni tark etganlar SanaPozitsiyaIsmKeyingi jamoasiHolatEslatma

Shartnomani yangilash SanaPozitsiyaIsmShartnoma muddatiShartnoma tugashiEslatma

Mavsum oldi va oʻrtoqlik oʻyinlari

Oʻrtoqlik uchrashuvlari

Musobaqalar

Umumiy musobaqlar MusobaqaBirinchi oʻyinSoʻnggi oʻyinDaslabki bosqichYakuniy oʻrinRecordOʻyinGʻDMUGOʻG+/-Win %Oʻzbekiston Superligasi2-mart 20221-tur2688103132 −128.32Oʻzbekiston Kubogi6-mart 202218-aprel 2022Guruh bosqichiGuruh bosqichi310223 −130.33Oʻzbekiston SuperkubogiIshtirok etmaganOsiyo Chempionlar ligasiUmumiy2998123335 −369.64

Oʻzbekiston Superligasi

Liga jadvali PozitsiyaOʻzbekiston SuperligasiOʻyinGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazilgan gollarGollar farqiOchkoSaralash yoki quyi ligaga tushish6Olimpik2671453128 +3347Soʻgʻdiyona2697103131 0348Bunyodkor2697102937 −8349Neftchi2488103132 −13210Metallurg2688101927 −832 Eslatma: Natijlar 2022-yil 3-oktyabr holatiga koʻra

Manba: Oʻzbekiston Superligasi