Peter Ware Higgs (; 1929-yil — 29-may, Nyukasl-apon Tayn, Buyuk Britaniyada — 2024-yil 8-aprel, Edinburg) — britaniyalik nazariyotchi fizik va Edinburg universiteti professori. Higgs bozonini bashorat qilgani uchun fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori (2013).
Yutuqlari London Qirollik kollejida tahsil olgan. Edinburg hududida tog ' sayri paytida Higgs mexanizmini ixtiro qilgan; undan keyin laboratoriyaga qaytib, Higgs unda „ulkan gʻoya“ paydo boʻlganligi aytgan.
U oʻtgan asrning 60-yillarida elementar zarralar massalarini kelib chiqishini, xususan, vektorli W va Z-bozonlar massalarini kelib chiqishini tushuntiruvchi elektrozaif simmetriyaning oʻz-oʻzidan buzilishi mexanizmini taklif qilganligi tufayli mashhur boʻlgan. Nomi uning familiyasiga ega mexanizm yangi zarracha, Higgs bozonining mavjudligini bashorat qiladi. Zarrachaning kashfiyoti 2012-yilning 4-iyulida CERN matbuot anjumanida eʼlon qilindi (Higgsning oʻzi shu munosabat bilan oʻz nazariyasi hayoti davomida eksperimental tasdiqlanishini kutmaganligini aytdi). Higgs bozonining kashf etilishi 2012-yilda ilmiy yutuq sifatida tan olingan. Higgs mexanizmi endi standart modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Tan olinishi Nazariy fizika sohasidagi yutuqlari uchun P.Higgs koʻplab mukofot va medallarga sazovor boʻlgan. Xususan, u Fizika instituti (London) tomonidan berilgan Dirak medali, shuningdek, 1997-yilda Yevropa fizika jamiyati tomonidan berilgan zarrachalar fizikasi va yuqori energiya fizikasi boʻyicha mukofot sohibidir. 2013-yilda Piter Higgs va belgiyalik fizik Fransua Engler Higgs bozonining mavjudligini nazariy asoslaganliklari uchun fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi. „Bu yilgi mukofot bizning dunyomizdagi hamma narsani tushuntirib beradigan juda kichik narsaga bagʻishlangan“, dedi Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasining doimiy kotibi Нобелевскую премию по физике-2013 дали за бозон Хиггса // Русская служба Би-би-си, 8 октября 2013.
Edinburg Qirollik jamiyati aʼzosi (1974)Professor Peter Ware Higgs CH, FRS, FRSE, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1983)Peter Higgs.
Mukofotlar roʻyxati • 1981-yil — Xyuz medali, "For their international contributions about the spontaneous breaking of fundamental symmetries in elementary-particle theory. „ • 1984-yil — Rezerford medali va Britaniya fizika instituti mukofoti • 1997-yil — Dirak medali • 1997-yil — Zarrachalar fizikasi va yuqori energiya fizikasi boʻyicha mukofot, “For formulating for the first time a self-consistent theory of charged massive vector bosons which became the foundation of the electroweak theory of elementary particles." • 2004-yil — Fizika boʻyicha Volf mukofoti, „For pioneering work that has led to the insight of mass generation whenever a local gauge symmetry is realized asymmetrically in the world of sub-atomic particles.“ • 2009-yil — Oskar Klein medali • 2010-yil — Sakurai mukofoti, „For elucidation of the properties of spontaneous symmetry breaking in four-dimensional relativistic gauge theory and of the mechanism for the consistent generation of vector boson masses.“ • 2013-yil — Asturiya shahzodasi mukofoti • 2013-yil — Fizika boʻyicha Nobel mukofoti, „For the theoretical discovery of a mechanism that contributes to our understanding of the origin of mass of subatomic particles, and which recently was confirmed through the discovery of the predicted fundamental particle, by the ATLAS and CMS experiments at CERNʼs Large Hadron Collider.“ • 2013-yil — • 2015-yil — Kopli medali, "For his fundamental and revolutionary contributions to the development of electron microscopy of biological materials, enabling their atomic structures to be deduced"
Vafoti Higgs 2024-yil 8-aprel kuni uzoq davom etgan kasallikdan soʻng Edinburgda joylashgan uyida vafot etadi.
Manbalar
Havolalar
• P.Higgs Surati • Peter Higgs: the man behind the boson — Piter Higgs haqidagi PhysicsWeb saytidagi maqola. • Higgs v Hawking: a battle of the heavyweights that has shaken the world of theoretical physics — P. Higgs va Stiven Xoking oʻrtasidagi Higgs bozonining mavjudligi haqidagi munozara maqola. • Nobel veb-saytida maʼlumot
Turkum:Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1929-yilda tugʻilganlar Turkum:29-mayda tugʻilganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari