Yang Hyun-suk (1970-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, reper, raqqos, qoʻshiq yozuvchi va prodyuser. U 1990-yillarda „Seo Taiji and Boys“ aʼzosi sifatida shuhrat qozongan. Guruh tarqalgach, Hyun-suk Janubiy Koreyadagi eng yirik ovoz yozish kompaniyalaridan biri boʻlgan „YG Entertainment“ ga asos solgan va ushbu agentlik prodyuseri va direktori sifatida faoliyat yurita boshlagan.

Faoliyati 1992-1996: Seo Taiji & Boys „Seo Taiji and Boys“ 1991-yilda tuzilgan. Guruh aʼzolari Seo Taiji, Lee Juno va Yang Hyun-sukdan iborat edi. Guruh koreys musiqa sahnasida oʻzining „Nan Arayo“ ( „Bilaman“) singli bilan mashhur boʻlgan. Guruh turli albomlari, ayniqsa, „Shidaeyugam“ () qoʻshigʻi uchun tanqidga uchragan. Guruh 1996-yilda tarqalib ketgan va har bir aʼzo yakkaxon faoliyat bilan shugʻullana boshlagan.

1996-2019: YG Entertainment 1996-yilda Suk „YG Entertainment“ shirkatiga asos solgan va Seo Taiji tomonidan yaratilgan qoʻshiqni oʻz ichiga olgan birinchi yakkaxon albomini chiqargan. Yang Hyun-suk oʻz kompaniyasida juda muvaffaqiyatli ijodkorlarni yetishtirib chiqargan, xususan Jinusean, 1TYM, Wheesung, Gummy, Seven, Big Bang, 2NE1, Winner, iKon, Tablo, Epik High, Lee Hi, Blackpink va Psy.

"Jazirama quyosh" klubi (koreyscha: 클럽 버닝썬) mojarosi bilan bog‘liq daʼvolar tufayli Yang Hyun-suk „YG Entertainment“ kompaniyasidagi barcha lavozimlarini tark etish rejasini eʼlon qilgan va uning ukasi Yang Min-suk „YG Entertainment“ bosh direktori lavozimidan 2019-yil 14-iyun isteʼfoga chiqish qarorini qabul qilgan.

Shaxsiy hayoti 2010-yil mart oyida Yang sobiq „Swi.T“ guruhi aʼzosi Lee Eun-ju bilan ishqiy munosabatda boʻlganini maʼlum qilgan. Lee Eun-jun Sechs Kies guruhi aʼzosi Lee Jai-jinning singlisi. Yang va Lee Eun-jun oʻsha yili turmush qurishgan. Yang va Leening ikkita farzandi bor: Yoo Jin va Seung-hyun.

Diskografiyasi

Albomlari

Yang Hyun-Suk (1998)

Filmografiyasi

Teleseriallar YilNomiRolIzohlarHavl.2009Superstar KOʻziHakam2011K-pop Star 1YG Entertainment hakami2012K-pop Star 22013K-pop Star 3Win: Who Is Next?Rejissyor 2014Mix & Match K-pop Star 4YG Entertainment hakami 2015K-pop Star 5 2016K-pop Star 6 2017Mix NineHakam2018YG Future Strategy OfficeQahramon 2018YG Treasure BoxHakam

Manbalar

Havolalar Yang Hyun-sukning rasmiy veb-sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar