Sanjar Shakirdjanovich Tursunov (1998-yil 18-avgust, Denov, Oʻzbekiston) — birinchi og‘ir vazn toifasida (91 kg gacha) o‘zbek professional bokschisi, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medali (2017), Osiyo chempionatining kumush va bronza medallari (2019, 2021) sovrindori sanaladi. U „Uzbek Tigers“ (O‘zbek yo‘lbarslari) yarim professional boks klubi tarkibidagi World Series Boxing turnirlarida ringga ko‘tariladi.
Havaskorlik faoliyati Sanjar Tursunov 2017-yil sentyabr oyida Gamburgda o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ladiUzbekskiy udar: v Gamburge proshel chempionat mira po boksu uz.sputniknews.ru 06.09.2017.
U 2019-yil aprel oyida Bangkokdagi Osiyo chempionatining kumush medali sovrindoriga aylanadiBokseri Uzbekistana zavoevali 9 medaley na chempionate Azii Gazeta.uz 28.04.2019.
Sanjar „Uzbek Tigers“ (O‘zbek yo‘lbarslari) yarim professional boks klubi tarkibidagi World Series Boxing turnirlarida ham ishtirok etadi.
2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari U 2020-yil martida 4-o‘rinni egalladi va Ammanda (Iordaniya) o‘tkaziladigan 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo/Okeaniya saralash turniridan o‘tadi. Tursunov 2021-yilning iyulida Tokiodagi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ringga ko‘tariladi, biroq musobaqaning 1/16 finalida jazoirlik bokschi Abdulhafid Benshablaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ladi.
Professionallik faoliyati 2018-yilning 8-noyabr sanasida Sanjar AQSHda meksikalik tajribali bokschi Migel Kubosni (11-19) 2-raundda texnik nokaut bilan yutib, professional ringdagi debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazadiSanjar Tursunov nachal professionalnuyu kareru s pobedi Sports.uz 9.11.2018.
Manbalar
Havolalar Sanjar Tursunov (inglizcha) — BoxRec-dagi janglar statistikasi Olympics.com saytidagi statistikasi
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari