Brendan Shinnimin (1991-yil 7-yanvarda tugʻilgan) Kanadalik professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi. U faoliyati davomida Deutsche Eishockey Ligasi (DEL) ning Adler Mannheim jamoasida oʻynagan. Shinnimin faoliyatining boshida Kanada Milliy xokkey ligasining (NHL) Arizona Coyotes jamoasida ham oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati Oʻsmirlik davrida Shinnimin Gʻarbiy Xokkey Ligasining (WHL) Tri-City Americans jamoasida oʻynagan. Shinnimin 2011—2012-ylgi WHL mavsumida 134 ochko bilan WHLning yetakchi toʻpurari boʻlgan va 2012-yilgi Bob Clarke kubogi sohibi boʻlganWinnipegʻs Shinnimin seasonʼs top WHL scorer — Winnipeg Free PressElite Prospects — 2011 — 2012 WHL Total Points. U nafaqat WHLda gol urish boʻyicha, balkim butun Kanada xokkey ligasida yetakchi toʻpurar boʻlgan. 2012-yilda Shinnimin WHLda yilning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Four Broncos Memorial Trophy sovrinini qoʻlga kiritgan. 2010—2011-yillarda u WHLning ikkinchi jamoasi yulduzi deb topilgan.

2010-yil 19-oktabrda Shinnimin 12 oʻyinga diskvalifikasiya qilingan. 2009-yilda u WHLning Subway Super Series jamoasi tarkibida Russian junior all-stars jamoasiga qarshi oʻynagan.

Shinnimin 2012-yilning 2-martida Milliy xokkey ligasining Pheonix Coyotes jamoasi bilan erkin agent sifatida uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekkan.

2016-yilning 14-iyulida Shinnimin Milliy A Ligasining (NLA) SCL Tigers jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. U NLAdagi debyutini 2016-yil 9-sentyabrda PostFinance Arenada SC Bern jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2016-yil 21-dekabrda Tigers jamoasida 32 ta oʻyindan atigi 12 tasida maydonga tushgan. Soʻngra Tigers Shinnimin bilan shartnomani bekor qilgan. Oʻsha oyning oxirida u Kontinental Xokkey Ligasi (KHL)ning Baris Astana klubi bilan shartnoma imzolagan.

Shvetsiya xokkey ligasining Växjö Lakers jamoasi bilan uch muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Shinnimin 2020-yil 4-sentyabrda bir yillik shartnoma asosida DELning Adler Mannheim klubi bilan oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

  Doimiy mavsum Pley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM2006—2007Winnipeg ThrashersMMHL3110273728124111582007—2008Selkirk SteelersMJHL517192638510152007—2008Tri-City AmericansWHL40000—————2008—2009Tri-City AmericansWHL641213256911055162009—2010Tri-City AmericansWHL70275582822281725292010—2011Tri-City AmericansWHL6034629684104711162011—2012Tri-City AmericansWHL695876134821571623282012—2013Portland PiratesAHL7412213377101102013—2014Portland PiratesAHL5213152831—————2014—2015Portland PiratesAHL6422254780524682014—2015Arizona CoyotesNHL120118—————2015—2016Springfield FalconsAHL30591436—————2016—2017SCL TigersNLA1227912—————2016—2017Barys AstanaKHL172461210101162017—2018Växjö LakersSHL4514203483132810302018—2019Växjö LakersSHL4717163386432542019—2020Växjö LakersSHL505172291—————NHLdagi umumiy ochokolari120118—————

Mukofot va unvonlari Mukofot Yil WHL Ikkinchi yulduzlar jamoasi (Gʻarbiy) mukofoti 2010—2011 Broncos Memorial Trophy mukofoti 2011—2012 Bob Clarke Trophy WHL toʻpurari mukofoti 2011—2012 Birinchi yulduzlar jamoasi (Gʻarbiy) mukofoti 2011—2012 AHL Yulduzlar oʻyini mukofoti 2015 SHL Le Mat Trophy (Växjö Lakers) mukofoti 2018

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar