Misr — Samarqand shahridan janubda (hozirgi Samarqand viloyati hududi) joylashgan qishloq. Tarixi Tarixchi Ibn Arabshohning maʼlumotiga koʻra, Misr qishlogʻi XIV asr oxirida Amir Temur tomonidan asos solinib, musulmonlarning yirik shaharlaridan biri boʻlgan Qohira (Misr) sharafiga qoʻyilgan. Vasiliy Vyatkinning tadqiqotlari tufayli Misr XX asrda Samarqandning janubida, Dargʻomning chap qirgʻogʻi yaqinida, Abbos Va Qoranuas ariqlarining quyi tomonlarida joylashgan „toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi keng shaharcha“ ekanligi maʼlum boʻladi. Misrdan uzoq boʻlmagan joyda Amir Temurning „Davlatobod“ bogʻi joylashgan. Bu qishloq orqali 1404-yil avgust oyida Amir Temur saroyiga kastiliyalik elchi Rui Gonsales de Klavixo kelgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Temuriylar davlati Turkum:XIV asr Turkum:Oʻzbekistonning qadimiy qishloqlari Turkum:Samarqand viloyati qishloqlari