„Ddu-Du Ddu-Du“ (koreyscha: 뚜두뚜두) — Janubiy Koreyaning „BLACKPINK“ qizlar guruhi tomonidan aytilgan va „YG Entertainment“ kompaniyasi tomonidan 2018-yil 15-iyun kuni chiqarilgan singl. Qoʻshiq Teddy Park tomonidan yozilgan. Trek „Square Up“ mini-albomining asosiy singli boʻlib, albom bilan bir vaqtda chiqarilgan. Yaponcha versiyasi 2018-yil 22-avgustda chiqarilgan.
Singl Janubiy Koreyada tijoriy muvaffaqiyatga erishgan va ketma-ket uch hafta davomida Gaon Digital Chart jadvalining eng yuqori pogʻonasini egallab, mamlakatdagi ikkinchi raqamli singlga aylangan. Shuningdek, qoʻshiq Billboard K-pop Hot 100 va World Digital Songs chartlarida birinchi oʻrinni egallashdan tashqari, Singapur va Malayziyaning milliy chartlarida ham oliy oʻrinni egallagan. Qoʻshiq Koreys Musiqa Kontent Assotsiatsiyasi (KMCA) tomonidan raqamli savdo uchun ikki marta platina, AQShda oltin va Buyuk Britaniya hamda Yaponiyada kumush sertifikatiga sazovor boʻlgan.
Qoʻshiq klipi guruhning rasmiy YouTube kanaliga yuklangan va tez orada eng koʻp koʻrilgan onlayn videoga aylanib, 24 soat ichida barcha davrlarning ikkinchi eng koʻp tomosha qilingan musiqiy videosiga aylangan. Oʻshandan beri klip 1 milliard marta koʻrilgan K-pop guruhining birinchi musiqiy videosi boʻlib, hozir 1.9 milliard tomosha bilan YouTube platformasidagi eng koʻp koʻrilgan K-pop guruhining klipi hisoblanadi. Klip 2018-yilgi Gallup Korea nomli jamoatchilik so‘rovida „Yil qo‘shig‘i“ deb topilgan .
Qoʻshiqning remiksi 2019-yil 5-aprelda guruhning navbatdagi „Kill This Love“ mini-albomi uchun bonus trek sifatida chiqarilgan. Shuningdek, qoʻshiq „Freeform“ telekanalida efirga uzatiluvchi „Bold Type“ seriyasining uchinchi faslining toʻrtinchi epizodida namoyish etiladi.
Yaponcha versiyasi 2018-yil 17-avgustda qoʻshiqning yaponcha versiyasi 22- avgustda singl sifatida chiqarilishi eʼlon qilingan. Qoʻshiq uchta talqinda chiqarilgan: CD+DVD, CD.
Singl Oricon Daily Singles Chart-da 6-o‘rinda debyut qilgan va oltinchi kunida 2-o‘rinni egallagan va 3725 ta nusxasi sotilgan. Singl Oricon Weekly Singles Chart-da 24 385 nusxada sotilib, 7-oʻrinda debyut qilgan.
Qoʻshiq Billboard Japan Hot 100 chartida 57-oʻrinni va eng yaxshi oqim qoʻshiqlarida 46-oʻrinni egallagan. 2022-yil oktyabr holatiga ko‘ra, videoklip YouTubeʼda 13 milliondan ortiq ko‘rilgan.
Musiqiy chartlarda
Haftalik Chart (2018) Eng yuqorioʻrni Xitoy (QQ Music) 2 France Download (SNEP) 95 Malayziya (RIM) 1 New Zealand Heatseekers (RMNZ) 2 Rossiya (Tophit) 43 Singapur (RIAS) 1 Janubiy Koreya (Gaon) 1 Janubiy Koreya (K-pop Hot 100) 1 AQSH World Digital Songs (Billboard) 1
Chart (2020-22) Eng yuqorioʻrni Vetnam (Vietnam Hot 100) 41
Oylik Chart (2018) Eng yuqorioʻrni Janubiy Koreya (Gaon) 1
Yillik Chart (2018) Oʻrni Yaponiya (Japan Hot 100) 57 Janubiy Koreya (Gaon) 5 Chart (2019) Oʻrni Janubiy Koreya (Gaon) 92
Mukofotlar va nominatsiyalar +MukofotlarYilTaqdirlash marosimiNomzod ishiNominatsiyalarNatija2018Melon Music AwardsDdu-Du Ddu-DuYil Qoʻshigʻi MBC Plus X Genie Music AwardsRaqsbop trek MTV Video Music Awards JapanEng zoʻr raqsbop klip Mnet Asian Music AwardsEng zoʻr klip Eng zoʻr raqs namoyishi — ayol guruh Yil qoʻshigʻi 2019Gaon Chart Music AwardsYil qoʻshigʻi — Iyun Teen Choice AwardsTanlangan qoʻshiq: Guruh
Musiqiy koʻrsatuvlar Koʻrsatuv Sana Havl. Show! Music Core (MBC) 2018-yil 23-iyun 2018-yil 30-iyun 2018-yil 7-iyul 2018-yil 14-iyul Inkigayo (SBS) 2018-yil 24-iyun 2018-yil 1-iyul 2018-yil 8-iyul M Countdown (Mnet) 2018-yil 28-iyun 2018-yil 5-iyul 2018-yil 12-iyul Music bank (KBS) 2018-yil 29-iyun
Manbalar
Turkum:Blackpink qoʻshiqlari