Craig William Levein () 1964-yil 22-oktyabrda Shotlandiyada tavallud topgan. Shotlandiyalik futbolchi va murabbiy Craig Levein himoyachi sifatida maydonda toʻp surgan.
Futbolchi sifatidagi 14 yillik faoliyati davomida Craig Levein Shotlandiyaning „Cowdenbeath“ va „Heart of Midlotian“ klublarida o‘ynagan. Craig William Levein Shotlandiya terma jamoasi safida 16 ta oʻyinda maydonga tushgan. Shu bilan bir qatorda Craig Levein 1990-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi ham hisoblanadi.
Craig William Leveinning murabbiylik faoliyati 1997-yilda oʻzining birinchi klubi „Cowdenbeath“da boshlangan. Uch yil oʻtgach, Craig William Levein oʻzi futbolchi boʻlgan boshqa jamoa „Heart of Midlothian“ uchun murabbiy boʻlishqa qaror qilgan. Keyinchalik mutaxassis Craig Levein Angliyaning „Leicester City“, Shotlandiyaning „Raith Rovers“, „Dundee United“ kabi klublarini boshqargan.
2009-yilning dekabridan 2012-yilning noyabrigacha Craig William Levein Shotlandiya terma jamoasini boshqargan.
Shotlandiya terma jamoasi Craig William Leveinning Shotlandiya terma jamoasidagi debyuti 1990-yilning 28-martida Argentina bilan oʻrtoqlik oʻyinida boʻlganScotland v Argentina, scottishfa.co.uk.
Oʻsha yili Craig William Levein Italiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati uchun „tartan armiyasi“ga kiritildi. Ushbu turnirda Craig William Levein Shvetsiyaga qarshi oʻyinda toʻliq vaqt davomida toʻp surdiSweden v Scotland , scottishfa.co.uk.
1993-yil 24-martda raqibi nemislar boʻlgan oʻyinda Craig William Levein oʻzining birinchi va keyinroq maʼlum boʻlishicha, shotlandlarni sardorlik bogʻichi bilan xalqaro oʻyinga boshlab kirganScotland v Germany, scottishfa.co.uk.
Umuman olganda, Craig William Levein Shotlandiya terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazgan.
Jamoalari JamoaMamlakatMavsumCowdenbeath1997-2000Hearts2000-2004Leicester City2004-2006Raith Rovers2006Dundee United2006-2009Selección de fútbol de Escocia2009-2012
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar