Viktor Nikolaevich Sivets (1919-1984) — Sovet sanoat arbobi, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi direktori, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971).
Tarjimai holi 1919-yil 4-mayda Prjevalsk shahrida (hozirgi Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati) tugʻilgan. 1943-yilda Qozon aviatsiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston SSRdagi Toshkent aviatsiya zavodida 1943-yilda usta, 1944-yildan yig‘ish sexida katta usta sifatida boshlagan. 1945-yil boshida Viktor Nikolayevich ,,Zavodning eng yaxshi ustasi" deb tan olingan.
1947-1963-yillarda sex boshlig‘i, ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandis o‘rinbosari, 1963-1969-yillarda 84-sonli zavod bosh muhandisi, 1969-1973-yillarda SSSR Aviatsiya sanoati vazirligi tasarrufidagi V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1969-yilda Viktor Nikolayevich Sivets rahbarligi ostida zavodda An-22 ,,Antey" og‘ir harbiy transport samolyotlarini seriyali ishlab chiqarish boshlagan.
1971-yil 26-aprelda Sivets Viktor Nikolayevich SSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan ,,Sotsialistik Mehnat Qahramoni" unvoni, ,,Lenin" ordeni va ,,O‘roq va Bolg‘a" oltin medali bilan taqdirlangan.
1973-yildan SSSR Aviatsiya sanoati vazirligi tasarrufidagi V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi bosh direktori.
1973-yildan boshlab uyushma IL-76 o‘rta harbiy transport samolyotlarini va uning modifikatsiyalarini ishlab chiqara boshlagan.
Sivets Viktor Nikolayevich 1984-yil 9-dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Chig‘atoy memorial qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari va unvonlari
Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan muhandis (1969) Lenin mukofoti laureati (1978) SSSR Davlat mukofoti laureati (1973) A. Beruniy nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati. (1971). Faxriy samolyot quruvchisi Sotsialistik Mehnat Qahramoni (26.04.1971) Lenin ordeni (03.02.1962) Lenin ordeni (22.07.1966) Lenin ordeni (26.04.1971) Lenin ordeni (25.03.1974) Lenin ordeni (23.12.1976) Oktabr inqilobi ordeni (02.10.1981) ,,Mehnat jasorati uchun" medali (16.01.1950)
Xotira Toshkent koʻchalaridan biri va TAPOiCH Madaniyat va texnika saroyiga V.N.Sivets nomi berilgan.
Havolalar
Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1984-yilda vafot etganlar Turkum:9-dekabrda vafot etganlar Turkum:1919-yilda tugʻilganlar Turkum:4-mayda tugʻilganlar