Moussa Wagué () 1998-yil 4-oktabrda tavallud topgan. Senegallik futbolchi „Gorica“ klubi va Senegal terma jamoasi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Jamoalardagi faoliyati Moussa Wagué futbol oʻynashni Qatardagi mashhur „Aspiri“ akademiyasida boshlagan. 2017-yilda tashkilot va belgiyaning „Eupen“ oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasiga koʻra, Moussa Wagué ikkinchisida shartnoma imzoladi. 21-yanvar kuni „Genk“ga qarshi oʻyinda u Yupil ligada debyut qildi. 18-fevral kuni „Kortrijk“ga qarshi bahsda Moussa Wagué „Eupen“ uchun birinchi golini urdi. 2018-yilning yozida Moussa Wagué Ispaniyaning „Barcelona“ klubiga oʻtdi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Moussa Wagué zaxira jamoada oʻynay boshladi. 2019-yilning 13-aprelida u La Ligadagi debyutini „Huesca“ga qarshi o‘tkazdi.

Xalqaro karyerasi 2015-yilda Senegal yoshlar terma jamoasi tarkibida Moussa Wagué Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Portugaliya, Kolumbiya, Qatar, Ukraina, Oʻzbekiston, Braziliya va Mali terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻsha yili Senegal olimpiya terma jamoasi tarkibida Moussa Wagué 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Afrika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Tunis, Zambiya, Nigeriya va ikki marta Janubiy Afrika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2017-yilning 23-mart kuni Nigeriya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Moussa Wagué Senegal terma jamoasi safida debyut qildi.

2018-yilda Moussa Wagué Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Yaponiya, Polsha va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yaponlarga qarshi kechgan bahsda Moussa Wagué terma jamoadagi ilk golini urdi.

Statistika JamoaMavsuMilliy ligaMilliy kubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolK. A. S. Eupen2016-1714110—1512017-1826020—280Jami4013000431F. C. Barcelona „B“2018-19202——202Jami2020000202F. C. Barcelona2018-19300000302019-2010002030Jami40002060O. G. C. Niza2019-2050——50Jami50000050PAOK de Salónica F. C.2020-21700050120Jami700050120H. N. K. Gorica2022-234000―40Jami40000040Umumiy karyerasida8033070903

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Senegallik erkak futbolchilar Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari