Maydontol ositropisi ( ) — dukkakdoshlar (Fabacyeaye) oilasiga mansub ikki pallali o‘simliklar turi. Ilk marotaba bu o‘simlik turi rossiyalik botanik Boris Alekseyevich Fedchenko tomonidan qayd etilganOxytropis maidantalensis B.Fedtsch. — The Plant ListTropicos | Name — Oxytropis maidantalensis B. Fedtsch.

Tarqalishi va o‘sish joyi O‘zbekistonning Toshkent viloyati, Gʻarbiy Tyan-Shandagi Maydantal daryosi havzasigacha keng tarqalgan. Alohida manbalari Qozog‘iston va Qirg‘izistongacha borib taqaladiOxytropis maidantalensis — ILDIS LegumeWeb.

Toshli va shag‘alli yon bag‘irlarda yakka o‘sadi.

Botanik tavsifi Quyoshsevar ko‘p yillik o‘simlik turi hisoblanadiOxytropis maidantalensis — ILDIS LegumeWeb.

O‘q ildizli, deyarli poyasiz, siyrak chim hosil qiluvchi, oq paxmoq tukli o‘simlik. Bargining uzunligi 2,5–7 sm, 5–12 juft, bargchalari ovalroq. Gulpoyasining uzunligi bargiga teng yoki undan uzunroq.

Barglari murakkab, oval yoki cho‘zinchoq, oval bargchalardan tashkil topgan. Gulpopugi boshchasimon, zich joylashgan alvon gullardan iborat.

Mevasi — dukkagi uzunchoq, tuxumsimon, do‘ppaygan, tukli, yashil yoki qo‘ng‘ir tusda Dukkagi pufaksimon, cho‘ziq tuxumsimon, uzunligi 15 mm, qattiq, tumshuqchali, qalin hurpaygan.

Mazkur o‘simlik urug‘laridan ko‘paytiriladi. Iyulda gullaydi, avgustda mevasi yetiladi.

Ahamiyati U dekorativ o‘simlik sifatida yetishtiriladi.

Muhofaza maqomi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob o‘simlikOxytropis maidantalensis — ILDIS LegumeWeb. O‘zbekistonda bu o‘simlikning atigi 3000 donasi yetishtiriladi. Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududidagi o‘sish joylari muhofazaga olingan .

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston Qizil kitobi