Mateo Barać ()(1994-yil 20-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, himoyachisi ampulasida harakat qiladi. U Rossiya Premer-ligasida Samaraning „Krylia Sovetov“ jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Junak Sinj Sinjda tugʻilib oʻsgan Barać yoshlik faoliyatini mahalliy Junak Sinj jamosida boshlagan. 18 yoshida u Hajduk Split yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan, ammo asosiy jamoa tarkibiga kira olmagan.
Šibenik Wohlen va Hrvatski Dragovoljac klublaridagi muvaffaqiyatsiz sinov oʻyinlardan soʻng Barach oʻsha paytda Sinjlik hamkasbi Mirko Labrovich murabbiylik qilgan „Shibenik“ jamosiga qoʻshilgan.
Osijek 2016-yilning 1-iyulida Barać nomaʼlum toʻlov evaziga Osijekga qoʻshilgan. Prva Liganing birinchi yarmidagi ajoyib oʻyin unga Xorvatiya A jamoasiga 2017-yilgi Xitoy kubogiga chaqiruv olib kelgan. 2017-yilning 3-avgust kuni Osijek UEFA Yevropa ligasining 2017—18-yilgi mavsumining uchinchi saralash bosqichida Gollandiya grandi PSV Eyndxovenni umumiy 2:0 hisobida magʻlub etgan. Koʻpchilik Barachni tarixiy gʻalabaning asosiy sababchisi deb atagan va oxir-oqibat „Ajax“ unga 2,5 million yevroga teng transfer taklif qilgan. Osijek va Barach rozi boʻlishgan, ammo tibbiy tekshiruvlarda Barachning yuragi bilan bogʻliq muammolar aniqlanganligi tufayli transfer toʻxtatilgan.
Rapid Wien 2018-yilning 12-iyulida u 1 300 000 yevro evaziga Mateo Rapid Wien jamosiga oʻtgan.
Sochi 2021-yil 19-iyun kuni u erkin agent sifatida Rossiyaning Sochi klubiga oʻtgan.
Krylia Sovetov Samara 2022-yilning 19-fevralida u mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan Samaraning „Krylia Sovetov“ klubiga ijaraga berilgan.
2022-yilning 31-mayida Barach „Krilya Sovetov“ga koʻchib oʻtgan va ikki yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHrvatski Dragovoljac2014—15Druga HNL30———30Šibenik2015—1626320——283Osijek2016—17Prva HNL24140——2812017—182601070—340Jami5015070—621Rapid Wien2018—19Austrian Bundesliga1204090—2502019—2018321——2042020—212702060—350Jami5738115000804Rapid Wien II2020—212. Liga10———10Sochi2021—22RPL1000040—140Krylia Sovetov Samara (Ijara)2021—22RPL61———61Karyerada jami1538151260001949
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar