Erkin Tagirovich Salixov (; 1972-yil 17-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek biologi va siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi Salixov Erkin Tagirovich 1972-yilda 17-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1994-yil Toshkent davlat universitetini, 1997- yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktablarini tamomlagan. Ixtisosligi — biologiya, bojxona ishi, siyosatshunos, tizimli tahlil va istiqbolni belgilash.
Mehnat faoliyatini 1994-yilda Toshkent shahar bojxona xizmati mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2003-2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, kotib o‘rinbosari, 2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari - Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori lavozimlarida ishlagan.
2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan deputat etib saylangan, shuningdek Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
Mukofotlari 2006-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:17-iyunda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar