Igor Bubnjić() (1992-yil 17-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik nafaqadagi futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati Bubnjić oʻz faoliyatini Daruvar yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan, 2007-yilda Slaven Belupo yoshlar jamoasiga oʻtgunga qadar Daruvarda harakat qilgan. 2011-12-yilgi mavsumning birinchi qismida u „Treća HNL“ning „Koprivnica“ jamoasiga ijaraga berilgan va u yerda 13 oʻyinda maydonga tushib, ikki bor gol urgan. U qishki tanaffusdan soʻng „Slaven Belupo“ga qaytgan va 2012-yilning 16-martida „Osijek“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻrinbosar sifatida asosiy jamoada debyut qilgan. U Prva HNLdagi ilk golini 2012-yil 6-may kuni Rijeka bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan. 2012-yilning sentabrida Bubnjić "Udineze" bilan besh yillik shartnoma imzolagani, ammo mavsum oxirigacha „Slaven“da qolishi eʼlon qilingan.
2018-yil 1-oktyabrda u Maltaga koʻchib oʻtgan va Hibernians bilan shartnoma imzolagan. U 2019-yilning yozida klub uchun ikkita oʻyin oʻtkazganidan soʻng klubni tark etgan va 2019-yil 7-oktyabrda Bubnjić soʻnggi uch yil davomida jiddiy jarohat olganidan keyin 27 yoshida faoliyatini yakunlashini eʼlon qilganIGOR BUBNJIĆ OKONČAO IGRAČKU KARIJERU, hns-cff.hr, 7 October 2019.
Xalqaro faoliyati U Xorvatiya terma jamoasi safida 2013-yil iyun oyida Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, Vedran Chorlukaning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan va jami 2 ta oʻyinda oʻya=nab gol muallifiga aylanmagan. Uning ikkinchi va oxirgi terma jamoadagi oʻyini 2013-yil sentyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi safarda oʻrtoqlik oʻyini boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klub + Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinc Koprivnica (Ijara) 2011—12 ? 13 2 - - 13 2 Slaven Belupo 2011—12 1. HNL 9 1 - - 9 1 2012—13 25 1 5 1 4 1 34 3 Jami 34 2 5 1 4 1 43 4 Udineze 2013—14 A seriya 7 0 1 0 0 0 8 0 2014—15 6 0 2 0 - 5 0 Jami 13 0 3 0 0 0 16 0 Karpi (Ijara) 2015—16 A seriya 9 1 1 0 - 10 1 Breshiya (ijara) 2016—17 B seriya 8 0 0 0 - 8 0 Karyerada jami 77 5 9 2 4 1 90 8
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar