Riccardo Saponara () (1991-yil 21-dekabrda tugʻilgan) – italiyalik professional futbolchi. Riccardo Saponara A Seriyaning vakili „Fiorentina“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Ravenna Riccardo Saponara oʻzining professional faoliyatini „Ravenna“ klubida boshlagan. 2009-yilning yanvari oyida Riccardo Saponara „Empoli“ klubi bilan 700 000 yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasiga imzo chekdiEmpoli FC SpA bilancio (financial report and accounts) on 30 June 2009 , PDF purchased from Italian CCIAA. 2010-yil iyun oyida Riccardo Saponara „Empoli“ klubi bilan yana 550 000 yevrolik shartnoma imzoladiEmpoli FC SpA bilancio (financial report and accounts) on 30 June 2010 , PDF purchased from Italian CCIAA.
Empoli va Milan Dastlab qanotda oʻynagan Riccardo Saponarani „Empoli“ klubi bosh murabbiyi Maurizio Sarri B seriyaning 2012— 2013-yilgi mavsumida hujumchilar ortidagi markaziy oʻringa oʻtkazdi. Murabbiyning bu qarori oʻzinin oqladi, chunki Riccardo Saponara klub uchun 40 ta oʻyinda 13 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U „Empoli“ klubini B Seriyaning pley-off finaliga olib chiqdi va finalda klub „Livorno“ klubiga imkoniyatni boy berdi.
2013-yilning yanvarida milanliklar „Empoli“ klubidan 21 yoshli Riccardo Saponarani mavsum oxirigacha „Empoli“ klubida qolish sharti bilan sotib oldi. „Milan“ uning hamkorligi uchun 3,75 million yevro toʻlagan va yillik shartnoma imzolagandiEmpoli FC SpA bilancio (financial report and accounts) on 30 June 2013 , PDF purchased from Italian CCIAA2013 bilancio AC Milan . Riccardo Saponara 2013— 2014-yilgi mavsumda A Seriyaning yettita oʻyinida atigi 218 daqiqa oʻynadi va bironta ham gol urolmadi va assistentlik ham qila olmadi. 2014-yilning iyunida „Milan“ „Parma“ning yarmini atigi 1 million yevro evaziga sotib oldiParma FC SpA bilancio (financial report and accounts) on 30 June 2014 , PDF purchased from Italian CCIAA.
Empoli klubiga qaytish 2015-yil 16-yanvarda Riccardo Saponara sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasi asosida „Empoli“ klubiga qaytdi. Riccardo Saponara klubga qaytganidan toʻrt kundan oʻtib Italiya kubogi doirasidagi „Roma“ – „Empoli“ (2:1 hisob) uchrashuvida maydonga tushdi. Shundan soʻng Riccardo Saponara „Empoli“ klubining „Udinese“ klubiga qarshi oʻyinida (1:2) ligaga qaytdi va penaltidan hisobni ochdi. Bu Riccardo Saponaraning A Seriyadagi birinchi goli edi. 2015-yilning 22-martida Riccardo Saponara oʻzining ilk dublini „Sassuolo“ga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi. 13-may kuni Riccardo Saponaraning shartnomasini „Empoli“ klubi 4 million yevroga sotib oldi.
Fiorentina 2017-yilning 28-yanvarida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubiga mavsum oxirigacha ijaraga berildi va ijara shartnomasi tugagach, uni sotib olish majburiyatini oldi.
Sampdoriaga ijara 2018-yilning 17-avgustida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubidan bir yillik ijara asosida „Sampdoria“ klubiga oʻtdi. Shartnoma sotib olish opsiyasini oʻz ichiga olgan edi.
2018-yil 18-dekabr kuni Riccardo Saponara „Lazio“ klubiga qarshi oʻyinda gol urgandi.
Genoa klubiga ijara 2019-yilning 7-avgustida Riccardo Saponara sotib olish opsiyasi bilan „Genoa“ klubiga ijara shartnomasi asosida.
Lecce klubiga ijara 2020-yilning 22-yanvarida Riccardo Saponara „Genoa“ klubidan ijara shartnomasi asosida „Lecce“ klubiga oʻtdi.
Spezia klubiga ijara 2021-yilning 5-yanvarida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubidan ijara shartnomasi asosida „Spezia“ klubiga oʻtdi.
Oʻyin uslubi Iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Riccardo Saponara kreativ pleymeyker hisoblanadi. U qanotda (afzalroq oʻng qanotda) yoki mezzala rolida markaziy yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi. Kuchli, tezkor va mehnatsevar oʻyinchi, yaxshi texnik qobiliyatga ega. Riccardo Saponara oʻzining dribling mahorati va toʻpda muvozanatni saqlashi, shuningdek, oʻzining qatʼiyatliligi, himoyadagi mustahkamligi, yakuniy pasni oʻz oʻrniga aniq yetkazib berishi va hujumda oʻz vaqtida harakat qilish qobiliyati bilan mashhur. Bu ham gol urish, ham gol urishga imkoniyat yaratish imkonini beradi. Uning oʻyin uslubi va B Seriyadagi faoliyati davomida va yoshligidagi dastlabki oʻyinlari vaqtida Riccardo Saponara oʻzining kumiri Kaka bilan taqqoslangan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaKubukBoshqalarUmumiyDiviziyaIshtirokiGollar soniIshtirokiGollar soniIshtirokiGollar soniIshtirokiGollar soniEmpoli2010— 2011B Seriya18000001802011— 2012B Seriya30130003312012— 2013B Seriya401300004013Umumiy881430009114Milan2013— 2014A Seriya700000702014— 2015A Seriya10000010Umumiy80000080Empoli2014— 2015A Seriya17710001872015— 2016A Seriya33510003452016— 2017A Seriya1821000192Umumiy681430007114Fiorentina (ijara)2016— 2017A Seriya11200001122017— 2018A Seriya1802000200Fiorentina2020— 2021A Seriya201000302021— 2022A Seriya2935000343Umumiy6058000685Sampdoria (ijara)2018— 2019A Seriya2222000242Genoa (ijara)2019— 2020A Seriya40110051Lecce (ijara)2019— 2020A Seriya1320000132Spezia (ijara)2020— 2021A Seriya921200104Umumiy272391730028942
Manbalar
Havolalar Riccardo Saponara Acffiorentina saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Ravenna FC futbolchilari Turkum:Empoli FC futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:UC Sampdoria futbolchilari Turkum:Genoa CFC futbolchilari Turkum:US Lecce futbolchilari Turkum:Spezia Calcio futbolchilari Turkum:Hellas Verona FC futbolchilari Turkum:MKE Ankaragücü futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:TFF Birinchi Liga futbolchilari Turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar