Alessandro Nesta () (1976-yil 19-martda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol menejeri va sobiq futbolchi.Faoliyatining koʻp qismida markaziy himoyachi sifatida maydonga tushgan Alessandro Nesta barcha davrlarning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi. Alessandro Nesta oʻzining tezligi, murakkab zarbalari, toʻp bilan ishlay olish qobiliyati va himoyadagi mustahkamligi bilan mashhur edi.

Faoliyati Alessandro Nesta „Lazio“ klubi va "Milan" klubi oʻrtasidagi 20 yillik faoliyati davomida A Seriyada 400 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi. Alessandro Nesta ikkala klub bilan ham Italiya chempionligini, ham Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik oʻz faoliyati davomida Alessandro Nesta Oliy liga(MLS) da „Montreal Impact“ klubi va Hindiston Superligasining vakili „Chennaiyin“ klublarida oʻynagan. Alessandro Nesta toʻrt marta A Seriyada yilning eng yaxshi himoyachisi nomiga sazovor boʻlgan. 2004-yilda Alessandro Nesta FIFAning 100 yilligini nishonlash doirasida eng yaxshi 100 ta futbolchidan biri deb topildi. 2021-yilda Alessandro Nesta Italiya futboli shon-sharaf zaliga kiritildi .

Alessandro Nesta 1996-yilgi debyutidan boshlab oʻn yil davomida Italiya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Bu vaqt oraligʻida Alessandro Nesta terma jamoa bilan jami 78 oʻyin oʻtkazdi. Xalqaro miqyosda Alessandro Nesta 1996-yilgi Olimpiya oʻyinlarida, uchta UEFA Yevropa chempionatida va uchta FIFA Jahon kubogida qatnashgan. Alessandro Nesta 2006-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan Italiya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Oʻyin uslubi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ac/Nesta_vs_Sherjill_Mac-Donald_2012.jpg/220px-Nesta_vs_Sherjill_Mac-Donald_2012.jpg|thumb| Alessandro Nesta 2012-yil sentyabr oyi Alessandro Nesta haqiqiy himoyachi edi. Alessandro Nestani klubda ham, xalqaro miqyosda ham ekspertlar oʻz avlodi va barcha davrlarning eng buyuk va eng qobiliyatli himoyachilaridan biri deb bilishgan. Alessandro Nesta juda chaqqon oʻyinchi boʻlib, mukammal muvozanat, maydonni koʻrish qobiliyati va toʻpni aniq uzatish qobiliyatiga ega edi. Bu esa Alessandro Nestaga toʻpni raqibdan qaytarib olganidan keyin toʻpni himoyadan olib chiqish va hujum zonasiga aniq yetkazib berish imkoniyatini bergan. Bu qobiliyatlari Alessandro Nestani „Milan“ klubining sobiq sardori Franco Baresi bilan solishtirishga olib keldi. Alessandro Nesta dastlab oʻng qanot himoyachisi sifatida faoliyatini boshlagan. Ammo keyinchalik Alessandro Nesta markaziy himoyachi sifatida oʻyinlarda qatnasha boshlagan. Alessandro Nestaning texnik mahorati, atletikasi va mudofaa qobiliyati uni taktik nuqtai nazardan koʻp qirrali oʻyinchiga aylantirdi. Alessandro Nesta orqa chiziqning istalgan joyida oʻynashga qodir. Alessandro Nesta havoda ham zoʻr oʻynay olar edi. Alessandro Nesta faoliyati davomida oʻzining tezligi, tezlanishi va chidamliligi bilan ajralib turardi.

Shaxsiy hayoti 2007-yil 7-mayda Alessandro Nesta Gabriela Pagnozzi bilan oila qurdi. Ularning toʻy tadbiri 2007-yil 30-mayda Milanda diniy marosim shaklida boʻlib oʻtdi. Ularning Sofia ismli qizi (2006-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) va Tommaso ismli oʻgʻli (2008-yil 20-martda tugʻilgan) bor. Alessandro Nestaning jiyani Gian Marco Nesta ham professional futbolchi hisoblanadi.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubukQitʼaBoshqaUmumiyDiviziyaOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniLazio1993-94A Seriya200000-201994-95A Seriya1101000-1201995-96A Seriya2302030-2801996-97A Seriya2504040-3301997-98A Seriya30091101-4921998-99A Seriya2012040-2611999-2000A Seriya2802090104002000-01A Seriya2901080103902001-02A Seriya2501060-320Umumiy1931221441202613AC Milan2002-03A Seriya29151140-4822003-04A Seriya2604160203812004-05A Seriya29030120104502005-06A Seriya30120100-4212006-07A Seriya1400080-2202007-08A Seriya2910070313922008-09A Seriya100000-102009-10A Seriya2330070-3032010-11A Seriya2602070-3502011-12A Seriya171107010261Umumiy22471727807132610Montreal Impact2012MLS80---802013MLS2302010-260Umumiy310201000340Chennaiyin2014Hindiston Superligasi30———30Umumiy451841312319162413 +Terma jamoadagi oʻyin faoliyatiMilliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Italiya milliy futbol terma jamoasi 1996-yil 2 0 1997-yil 7 0 1998-yil 7 0 1999-yil 6 0 2000-yil 13 0 2001-yil 5 0 2002-yil 10 0 2003-yil 7 0 2004-yil 10 0 2005-yil 5 0 2006-yil 6 0 Jami 78 0

Manbalar

Havolalar

Alessandro Nesta AC Milan saytida Alessandro Nesta FIGC saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:CF Montréal futbolchilari Turkum:Chennaiyin FC futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Hindiston Superligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA 100 Turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kanadadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:US Avellino 1912 murabbiylari Turkum:Miami FC murabbiylari Turkum:Frosinone Calcio murabbiylari Turkum:AC Monza murabbiylari Turkum:AC Perugia Calcio murabbiylari Turkum:AC Reggiana 1919 murabbiylari Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:Serie B murabbiylari Turkum:Italiyalik muhojir futbol murabbiylar