„Butter“ (tarjimasi: „Sariyogʻ“) — Janubiy Koreyaning „BTS“ oʻgʻil bolalar guruhining qoʻshigʻi boʻlib, „Big Hit Music“ va „Sony Music Entertainment“ kompaniyasi tomonidan 2021-yil 21-mayda ingliz tilida kuylangan ikkinchi singl sifatida chiqarilgan.

Yaratilish tarixi 2021-yil 5-aprelda, yaponcha „Film Out“ singli chiqqanidan bir necha kun oʻtib, „BTS“ huruhi may oyida yana bir singlni chiqarishi maʼlum boʻldi. Biroq, „Big Hit Music“, „biz sanʼatkorlarimizning rejalarini ular yakunlangandan keyin oshkor qilamiz“ deb eʼlon qildi. 2021-yilning 26-aprelida guruh bir soatlik YouTube platformasida orqa fonda oshxona tovushlarini oʻz ichiga olgan jonli efirida singlni eʼlon qildi. Chiqarilish sanasi va muqovasi ularning ijtimoiy tarmoqlari orqali ommaga taqdim etildi. Singl 2021-yil 25-mayda zamonaviy xitlar radiosida (CHR) chiqarildi.

Guruh 21-may kuni „Butter“ singli taqdimoti va muxlislar bilan savol-javobda ishtirok etish uchun „Big Hit Entertainment“ kompaniyasining „Melon Station“ stansiyasidagi „BigHit Music Record“ yangi eksklyuziv radio-serialida mehmon sifatida paydo boʻldi. Guruh 2021-yil 23-mayda Billboard Music Awards marosimida qoʻshiqni birinchi marta jonli ijroda aytdi.

Musiqasi va matni „Butter“ qoʻshigʻining dastlabki hisobotlarida u „BTS ning silliq, ammo xarizmatik jozibasi bilan toʻldirilgan raqsbop pop janridagi qoʻshigʻi“ deb taʼriflangan.

Klip 18-may kuni „Hybe Label“ kompaniyasining „Butter“ qoʻshigʻiga olingan musiqiy video qoʻyilishidan oldin guruhning YouTubeʼdagi rasmiy kanalida 23 soniyalik video tizer paydo boʻldi. Billboard tizerning „funk beat“ ijrosini „Queen“ guruhining „Another One Bites the Dust“ qoʻshigʻini „esga soluvchi“ deb taʼriflagan.

Chartlar Chart (2021)Eng yuqori pozitsiyaBolivia (Monitor Latino)10Brazil (Top 10 Pop Internacional)8Colombia Anglo (Monitor Latino)7Costa Rica Anglo (Monitor Latino)7Denmark (Tracklisten)22Dominican Republic Anglo (Monitor Latino)9Ecuador Anglo (Monitor Latino)6El Salvador Anglo (Monitor Latino)6France (SNEP)7Global 200 (Billboard)1Greece (IFPI)6Guatemala Anglo (Monitor Latino)11Honduras Anglo (Monitor Latino)13Italy (FIMI)27Japan (Oricon Digital Singles Chart)1Japan Hot 100 (Billboard Japan)1Lithuania (AGATA)20Mexico (Monitor Latino)9New Zealand (Recorded Music NZ)6Norway (VG-lista)28Panama (Monitor Latino)17Paraguay Anglo (Monitor Latino)4Peru Anglo (Monitor Latino)3Singapore (RIAS)1Slovakia (Singles Digitál Top 100)4South Korea (Gaon)1South Korea (K-pop Hot 100)1Sweden (Sverigetopplistan)33Uruguay Anglo (Monitor Latino)5US Rolling Stone Top 1002

Rekordlar Yil Tashkilot Rekord Manba(lar) 2021 Guinnes rekordlar kitobi YouTubeʼda video premyerasida eng koʻp tomoshalar soni YouTubeʼda klip premyerasidagi eng koʻp tomoshabinlar YouTubeʼda 24 soat ichida eng koʻp koʻrilgan klip K-pop guruhining 24 soat ichida YouTubeʼda eng koʻp koʻrilgan klipi Dastlabki 24 soat ichida Spotify platformasida eng koʻp translyatsiya qilingan trek

Chiqish jadvali Mintaqa Sana Format Versiya Leybl Havl Dunyo boʻylab 21-may, 2021-yilRaqamli yuklash Asl Big Hit Music AQSH 24-may, 2021-yil Adult contemporary video Columbia 25-may, 2021 yil Contemporary hit radio (CHR)

Yana qarang

2021-yilda AQShda 1-oʻrinni egallagan singllar roʻyxati (Billboard)

Manbalar

Turkum:BTS qoʻshiqlari Turkum:2021-yil qoʻshiqlari