Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharda 17868 xonadonda hisoblangan aholi soni 47910 kishini, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 230 kishini tashkil qilganHigashine City official statistics . Shaharning umumiy maydoni 207,17 kvadrat kilometr (80 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi Yamagata havzasining shimoliy qismida Mogami daryosining sharqiy qirgʻogʻida joylashgan Higashine shahar hududi Shirasui daryosi, Murayamano daryosi va shaharning sharqiy qismidagi Ou togʻlaridan oqib chiqadigan Nitto daryosi tomonidan yaratilgan choʻkindi jinslar maydonida joylashgan. Shaharning gʻarbiy qismi tepaliklardan iborat boʻlib, uning sharqiy chegarasini tashkil etuvchi Ou togʻlariga qadar koʻtarilib boradi.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Yamagata prefekturasi Murayama Tendo Kahoku Obanazava Yamagata Miyagi prefekturasi Sendai

Iqlimi Higashine nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Higashineda oʻrtacha yillik harorat ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida kuzatiladi.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraHigashine population statistics, Higashine aholisi soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda oʻsib borgan.

Tarixi Hozirgi Higashine hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan va erta Heian davrining Engishiki yozuvlarida qayd etilgan. Edo davrida Tokugava sulolasi tomonidan hududning katta qismi Ezoga asoslangan Matsumae domenining bir qismi sifatida egalik qilgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasi, Kitamurayama tumani tarkibiga kiritildi. Higashine qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan va 1896-yil 15-iyunda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. 1958-yil 3-noyabrda esa rosmana shahar maqomini oldi.

Hukumati Higashine toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shaharning Yamagata prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi bor. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Yamagata okrugidagi 2-qismi hisoblanadi.

Iqtisodiyoti Higashine „Meva qirolligi“ sifatida tanilgan, ayniqsa gilos, shuningdek olma, nok va xurmo singari mevalari bilan mashhur. Shahar ramzi — gilos sirgʻalari boʻlgan nok va olma bilan bezalgan tayoq koʻrinishidadur. Higashine Yamagata prefekturasidagi eng yirik gilos ishlab chiqaruvchisi boʻlib, u Yaponiyada gilos yetishtirish boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi. 

Higashine shuningdek, yirik sanoat punktiga ega. Baʼzi ahamiyatli sanoat korxonalariga 3M, Casio, THK, ODELIC va Kyocera kabilar kiradi. Ushbu korxonalarning aksariyati ishlab chiqarish, tadqiqotlar va turli ishlanmalarni oʻrganish bilan shugʻullanadi.

Taʼlim tizimi Higashine shahrida toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham barpo etilgan.

Transporti

Aeroportlar

Yamagata aeroporti

Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen

Sakuranbo Higashine

20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

Jinmachi — Sakuranbo Higashine — Higashine

Magistral yoʻl

Tōhoku-Chūō Expressway — Higashine oʻzaro almashish stansiyasi Milliy yoʻnalish 13 Milliy yoʻnalish 48 Milliy yoʻnalish 287

Harbiy Yaponiya quruqlikdagi oʻzini-oʻzi mudofaalash kuchlarining toʻqqizta faol boʻlinmalaridan biri boʻlib, bosh qarorgohi Higashine shahridagi JGSDF lageri Jinmachida joylashgan. Uning vazifasi Fukushima, Miyagi va Yamagata prefekturalarini himoya qilishdaan iborat

Higashine shahridan chiqqan taniqli odamlar

Kazushige Abe, Akutagava mukofoti sovrindori yozuvchi Masatoshi Abe, siyosatchi Tomoaki Honma, professional kurashchi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb -sayt Yamagata turizmi

Turkum:Higashine, Yamagata Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharlar