Mario Maloča ()(1989-yil 4-mayda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Gdanskning „Lechiya“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati Maloča oʻzining yoshlik faoliyatining katta qismini Zagrebning „Dinamo“ jamoasida oʻtkazgan va Zagreb NK, „Inter Zaprešich“ va Kamen Ingraddagi yoshlar jamoalarida toʻp surgan va yoshlar jamoasidan kattalar divizioniga chiqishga harakat qilgan. 2007-yilda Maloča kattalar divizionidagi grand jamoalardan biri Hajduk Split bilan shartnoma imzolagan.

Maloča Prva HNLdagi debyutini 18 yoshida Hajduk bilan 2007/08-yilgi mavsumda Šibenikga qarshi oʻtkazgan va Igor Tudor, Goran Sablich va Boris Jivkovich kabi taniqli himoyachilar bilan birga oʻynagan. Mavsum tugagach, u Hajduk bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. 2015-yilning aprelida u qisqa muddatga B jamoasiga tushirilgan, 2015-yilning iyulida esa „Hajduk“ni tark etgan.

2017-yilning iyul oyida Maloča Bundesliga 2 SpVgg Greuther Furthsafiga qoʻshilgan.

2019-yilning may oyida u Gdanskning „Lechiya“ klubiga 3 yillik shartnoma asosida oʻtgani maʼlum boʻlganOficjalnie: Mario Maloca wraca do Lechii Gdańsk! „Zdecydowaliśmy z moją rodziną, że to najlepsze rozwiązanie“, dziennikbaltycki.pl, 22 May 2019.

Xalqaro faoliyati Maloča Xorvatiyaning U-19 va U-21 terma jamoalarida 13 marta oʻyin oʻtkazgan va Xorvatiyaning 2008-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, Albaniya darvozasiga gol urgan. 2012-yil avgust oyida uni xorvatiyalik murabbiy Igor Shtimac futbol boʻyicha Xorvatiya terma jamoasiga chaqirgan. U Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHajduk Split2007—2008Prva HNL12041——1612008—20091605130—2412009—20102006020—2802010—20112701090103802011—20121413020—1912012—20132316040—3312013—20143012041—3622014—20152815160—392Jami1704323301102338Lechia Gdańsk2015—2016Ekstraklasa22200—602822016—201724210—703222017—20181000——10Jami4741000130614Greuther Fürth2017—20182. Bundesliga17120——191Karyerada jami234935330114031313

Yutuqlar Hajduk Split

Xorvatiya kubogi : 2009-10, 2012-13

Lechiya Gdansk

Polsha Superkubogi : 2019-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari