Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharda 8133 ta xonadonda 23643 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 120 kishini tashkil qiladiMurayama City official statistics . Shaharning umumiy maydoni 196,98 kvadrat kilometr (76 mi²).

Geografiyasi Murayama Yamagata prefekturasining shimoli-sharqida, Mogami daryosining vodiysida joylashgan boʻlib, sharq va gʻarbda Ou togʻlari bilan oʻralgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Yamagata prefekturasi Sagae Higashine Obanazava Kahoku Oishida Okura Funagata

Iqlimi Murayama nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Murayamada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraMurayama population statistics, Murayama aholisi soʻnggi 70 yil ichida barqaror ravishda kamaygan va hozir uning koʻrsatkichi bir asr avvalgidan kamroq.

Tarixi Hozirgi Murayama hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasi, Kitamurayama tumani tarkibiga kiritildi. Tateoka shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Murayama shahri 1954-yil 1-aprelda Tateokaning Nishigo, Okura, Tozava, Okubo va Fumoto qishloqlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Murayama Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari uchun Bolgariya badiiy gimnastika jamoasi aʼzolari roʻyxatdan oʻtgan shahar hisoblanadi. 2019-yilda Yaponiyaning milliy „Mezbon shahar sammiti 2019“ chogʻida Murayama uchta mukofot nominatsiyasining har birida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, bular: „Eng yaxshi mezbon shahar rahbari“, „Eng yaxshi muloqotchi“ va „Poster sessiyasi“ yoʻnalishlari. Mahmon Bolgariya deligatsiyasi koʻpkurash bahslarida guruh bosqichida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Hukumat Murayama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 15 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 2-Yamagata okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Murayama iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim tizimi Murayama shahrida sakkizta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti

Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen

Murayama

20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

Murayama — Sodesaki

Magistral yoʻl

Tōhoku-Chūō Expressway — Murayama almashinuv stansiyasi Milliy yoʻnalish 13 Milliy yoʻnalish 347

Qardosh shaharlar

Yakutsk, Rossiya 1992-yil 21-apreldan buyon.

Murayamadan chiqqan taniqli odamlar

Toshizo Matsuoka, uzoq vaqtdan buyon Yamagatadan Vakillar palatasining aʼzosi Tokunai Mogami, Edo davri samuraylarini oʻrganuvchi tadqiqotchi Toru Murakava, rejissyor

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb -sayt

Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharlar Turkum:Murayama, Yamagata