Ostrovskiy () — Qoʻngʻiroqguldoshlar (Camjpanulaceae) oilasiga mansub ikki pallali oʻsimliklarning shu jumladan, Ostrovskiy muhtasham yoki ulugʻvor Ostrovskiy () turkumlari sanaladi.
Bu turni 1884-yilda nemis-rus botanigi Eduard Lyudvigovich Regel ajratib olgan va Mixail Nikolayevich Ostrovskiy nomi bilan atalgan.
Ostrovskiy muhtasham — Markaziy Osiyo relikti. Jinsning oʻzi qoʻngʻiroqguldoshlar ichida alohida oʻrinni egallaydi; Baʼzi tadqiqotchilar hatto uni Ostrowskioideae alohida kichik oilasiga ajratishni taklifini berishadi.
Tarqalishi va oʻsish joyi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/22/1974_CPA_4407_mint.jpg/250px-1974_CPA_4407_mint.jpg|left|thumb|345x345px| Ostrovskiy muhtasham tasvirlangan Sovet pochta markasi (1974-yil) (dlya foto) Pomir-Oloy, Tyan-Shandagi Ugom tizmasi va Afgʻoniston shimolidan topilgan. Ushbu oʻsimlik turining tarqalishi manbaga qarab farq qilishi mumkinWorld Checklist of Selected Plant Families: Royal Botanic Gardens, Kew.
U oʻrmon va togʻli hududlarda butalar orasida oʻsadi.
umumiy xususiyatlari Bu oʻsimlik sekin oʻsadigan koʻp yillik oʻsimlik turi.
Uning poyasi tuksiz, uzunligi 100-180 sm gacha boradi.
Barglari tuksiz, tishli, choʻzinchoq-tuxumsimon, har biri 2-5 donadan halqa hosil qilib oʻrnashgan.
Toji och binafsha rangli, baʼzan oq, uzunligi 8-10 sm, boʻlaklari tuxumsimon, naychasidan qisqa.
Mevasi Mevasi koʻsakchasimon. Urugʻi choʻziq tuxumsimon.
Maydan (togʻ etaklarida) va iyundan—iyulgacha (togʻlarda) gullaydi, avgust va sentyabrda mevasi yetiladi.
Tutgan oʻrni Oʻrta Osiyo va undan tashqaridagi botanika bogʻlarida yetishtiriladi. Oʻsimlikshunoslik madaniyatida ular urugʻning unib chiqishidan toʻrt-besh yil oʻtgach gullaydi.
Muhofaza choralari Ostrovskiy ulugʻvor navi noyob hisoblanadi; U Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekiston Qizil kitoblariga kiritilgan va dastlab SSSR Qizil kitobiga ham kiritilgan.
Manbalar
Turkum:Biologiya Turkum:Oʻsimliklar