Alvaro Borxa Morato Martin ( 1992-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Milan va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi.

Faoliyati Klubdagi

2008-yili Real Madrid Alvaroni Xetafening yoshlar jamoasidan sotib oldi va Real Madridning „Juvenil C“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi. 2009-yil noyabr oyida „Juvenil“larning barchasida (A, B va C) va „Real Madrid C“ jamoasida ketma-ket oʻyinlarida ishtirok etdi. 2010-yil iyul oyida „Juvenil A“ jamoasida oʻtkazgan muvaffaqiyatli ishtiroki (ikkita titul va 34 ta gol) natijasida Real Madrid Kastilya jamoasiga oʻtkazildi. Keyinchalik Real Madrid bosh murabbiyi Jose Mourinho uni va toʻrtta klubdoshini AQShga mavsumoldi safarga olib ketdi. 2010-yil 15-avgustda Alkorkon jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda Real Madrid Kastilya safida debyutini oʻtkazdi. Ligada esa shu yilning 29-avgustida „Korusho“ bilan boʻlgan oʻyinda debyut qildi. Birinchi golini 31-oktyabr kuni „Alkala“ darvozasiga kiritdiEl Alcorcón cae ante un buen Real Madrid Castilla. 2010-yil 12-dekabrda Realning birinchi jamoasi safida ilk oʻyinda Saragosaga qarshi 89-daqiqada Angel di Maria oʻrniga maydonga tushdi. Oʻn kundan soʻng, Qirollik kubogi oʻyinlarida ham Levantega qarshi (8:0) debyutini nishonladi. 2011-yilning yanvarida Gonzalo Higuaín jarohat olganidan soʻng, Alvaroni koʻpchilik mutaxassislar asosiy tarkibga qoʻshiladi degan fikrlar bergandilar. Ammo Mourinho bu tanlovdan voz kechdi. Oʻsha kezlarda Morata 4 ta oʻyinda ketma-ket 5 ta gol urishga muvaffaq boʻlgandi, lekin jamoa Emmanuel Adebayor bilan shartnoma imzoladi. 13-fevral kuni u faoliyatidagi birinchi xet-trigini „Deportivo B“ga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi. 2012/13 mavsumdan boshlab, Morata asosiy jamoaning tarkibiga qoʻshildi va mavsumoldi oʻtkazilgan oʻyinlarda ishtirok etdi2012-yil 11-noyabr kuni Ispaniya chempionatining 11-turida „Levante“ga qarshi kechgan mehmondagi uchrashuvda maydonga 83-daqiqada tushib, ikki daqiqa oʻtmasdan hal qiluvchi golini urib, oʻzining chempionatdagi birinchi golini urishga muvaffaq boʻldi. „Real“ oʻsha oʻyinda 1:2 hisobida gʻalaba qozondiMorata „Real“ga gʻalaba keltirdi!.

Terma jamoadagi 2009-yili Morata 17 yoshgacha oʻtkazilgan jahon chempionatiga chaqirildi, u yerda 4 ta oʻyinda 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Ispaniya federatsiyasi Yaponiyada oʻtkazilgan 19 yoshgacha xalqaro turnirga Alvaroni ham chaqirdi. Ushbu turnirda uning jamoasi Yaponiyaga gʻalabani boy berib, ikkinchi oʻrinni egallashdi.

Ishtirok etish statistikasi

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarReal Madrid Castilla2010–11Segunda División B2614———2128152011–123315———4337182012–13Segunda División1812————1812Jami7741———648345Real Madrid2010–11La Liga1010—00—202011–121000—0000102012–1312220—10001522013–1423860—51—349Jami371090—61005211Juventus2014–15Serie A29842—1251046152015–1634753—82004712Jami631595—207109327Real Madrid2016–17La Liga261552—93304320Chelsea2017–18Premyer-liga31116231711048152018–1916512204210249Jami47167451113207224Atlético Madrid (ijara)2018–19La Liga15600—20—1762019–20341200—83214416Jami491800—103216122Juventus (ijara)2020–21Serie A321132—861144202021–2235951—72104812Jami672083—158219232Atlético Madrid2022–23La Liga361342—50—45152023–24321551—105104821Jami682893—155109336AC Milan2024–25Serie A15500—5120226Umumiy faoliyat statistikasi4491674717519131196611223

Erishgan natijalari

Real Madrid Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11 Ispaniya superkubogi sohibi: 2012 Ispaniya yoshlar terma jamoasi Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati bronza medali sohibi: 2009 19 yoshgacha Yevropa chempioni: 2011

Xususiyati

Ikkinchi qavatda yaxshi oʻynaydi, tez harakatlanadi va gol sezish qobiliyati kuchli. Morataning oʻynash uslubiga qarab, Real Madridning sobiq hujumchisi Fernando Morientesga ham koʻpchilik oʻxshatadi. Uzatma va zarbalarni hech qachon qoʻldan bermaydi. Gol urish uchun kerak boʻlsa tavakkal qiladi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Galatasaray S.K. futbolchilari Turkum:Como 1907 futbolchilari Turkum:CD Leganés futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar