Cameron Robert Burgess () (1995-yil 21-oktyabrda tugʻilgan) — avstraliyalik professional futbolchi. Angliyaning „Swansea City“ klubida markaziy himoyachi yoki chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Cameron Burgass Shotlandiyada tugʻilgan.
Yoshligi Cameron Burgassning bobosi shotlandiyalik isteʼfodagi futbolchi Campbell Forsyth hisoblanadi. Cameron Burgassning otasi Stuart Burgess ham professional futbolchi edi. Cameron Burgassning oilasi 11 yoshida Shotlandiyadan Avstraliyaning Pert shahriga koʻchib oʻtishgan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Fulham Cameron Burgass 2011-yilda "Fulham" klubining akademiyasiga qoʻshilgan va 2013-yil iyul oyida klub bilan professional faoliyatiga doir shartnoma imzolagan.
2015-yilning 15-yanvarida Cameron Burgass „Fulham“ klubi bilan shartnomasini 2017-yilning iyunigacha uzaytirdi. Shundan soʻng, Shotlandiya Premer-ligasining „Ross County“ klubiga 2014—2015-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olindi.
Cameron Burgass 2016-yil 26-yanvarda 2015—2016-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Milliy liganing „Cheltenham Town“ klubiga ijara asosida qoʻshildi.
2016-yilning 18-iyulida Cameron Burgass Birinchi Liga vakili „Oldham Athletic“ klubiga olti oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Cameron Burgass 2016-yilning 10-dekabrida „Oxford United“ klubi bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda „Oldham Athletic“ klubi safidagi ilk golini kiritdi.
2017-yilning 6-yanvarida Cameron Burgass olti oylik ijara asosida „Bury“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi.
Scunthorpe United 2017-yilning 6-iyunida Cameron Burgass „Scunthorpe United“ klubiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Cameron Burgass klub uchun birinchi golini „Northampton Town“ klubiga qarshi safarda 0:3 hisobidagi gʻalaba oʻyinida kiritdi.
2019-yilning 24-iyulida Cameron Burgass „Salford City“ klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.
Accrington Stanley 2020-yil 3-avgustda Cameron Burgass 3 yillik shartnoma asosida "Accrington Stanleyʼ klubiga qoʻshildi. Cameron Burgass klub safida „Burton Albion“, „Leeds Unayted“ klublariga qarshi uchrashuvlarda gol urdi.
Ipswich Town 2021-yil 15-avgustda Cameron Burgass EFL Birinchi Liga vakili „Ipswich Town“ klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi, shartnomada muddatni qoʻshimcha bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud edi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Shotlandiya Cameron Burgass Shotlandiyaning 18 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati saralash oʻyinlarida Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasi safida ishtirok etgan.
Avstraliya 2014-yilda Myanmada boʻlib oʻtgan AFC U-19 Osiyo chempionati uchun Avstraliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMilliy kubukLiga kubugiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFulham2014—2015Chempionat400000—402015—2016Chempionat000000—002016—2017Chempionat0000000000Jami4000000040Ross County (ijara)2014—2015Shotlandiya Premer-ligasi000000—00Cheltenham Town (ijara)2015—2016Milliy Liga17000—00170Oldham Athletic (ijara)2016—2017EFL Birinchi Liga231202041312Bury (ijara)2016—2017EFL Birinchi Liga180000000180Scunthorpe United2017—2018EFL Birinchi Liga2523010403322018—2019EFL Birinchi Liga3612000204012019—2020EFL Ikkinchi Liga0000000000Jami613501060733Salford City (ijara)2019—2020EFL Ikkinchi Liga292200042354Accrington Stanley2020—2021EFL Birinchi Liga4431011425062021—2022EFL Birinchi Liga1000100020Jami453102142526Ipswich Town2021—2022EFL Birinchi Liga2104000202702022—2023EFL Birinchi Liga5000101171Jami260401031341Jami22391406122626416
Manbalar
Havolalar
Cameron Burgess Ipswich Town F.C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Perth RedStar FC futbolchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Ross County F.C. futbolchilari Turkum:Cheltenham Town F.C. futbolchilari Turkum:Oldham Athletic A.F.C. futbolchilari Turkum:Bury F.C. futbolchilari Turkum:Scunthorpe United F.C. futbolchilari Turkum:Salford City F.C. futbolchilari Turkum:Accrington Stanley F.C. futbolchilari Turkum:Ipswich Town F.C. futbolchilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari