Cameron 'Cammy' Kerr () (1995-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Cammy Kerr „Dundee“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati

Dundee Cammy Kerr yoshligidan „Dundee“ futbol klubining yoshlar jamoasida shugʻullanib kelgan. Cammy Kerr „Dundee“ futbol klubi bilan professional futbolchilik faoliyatini ham davom ettirgan. Shundan soʻng, Cammy Kerr 2012—2013-yilgi mavsumda klubning asosiy tarkibida maydonga tusha boshlagan.

2013-yil iyul oyida Cammy Kerr asosiy jamoaning bir qator mavsumoldi oʻyinlariga qoʻshildi va u oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonda harakatlandi. Bu oʻyinlarning birinchisi „Montrose“ futbol klubi ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuv edi. Bir nechta uchrashuvlarda gʻalaba qozongan „Dundee“ klubi Shotlandiya chempionatida gʻolib chiqdi va Shotlandiya Premer-ligasiga koʻtarildi. 2013—2014-yilgi mavsum oxirida Cammy Kerr „Dundee“ klubi bilan yana ikki yillik yangi shartnoma imzoladi.

Cammy Kerr oʻzining Shotlandiya Premer-ligasidagi ilk oʻyinini 2014-yilning 27-sentyabrida „Ross County“ klubiga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi. 2014-yilning 6-noyabrida Cammy Kerr Premer-ligada yana bir marta maydonga tushgach, bir oylik ijara shartnomasi asosida „Peterhead“ futbol klubiga ijaraga berildi.

Peterhead (ijara) Cammy Kerr „Peterhead“ klubidagi ilk oʻyinini 2014-yilning 8-noyabrida "Dunfermline Athletic' klubiga qarshi oʻtkazdi. Cammy Kerr oʻzining klubdagi birinchi golini 2014-yilning 6-dekabrida "Stirling Albionʼ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi. 2015-yil 9-yanvarda Cammy Kerr klub bilan ijara muddatini 2014—2015-yilgi Shotlandiya Birinchi liga mavsumi oxirigacha uzaytirdi. Cammy Kerr klub safida jami yigirmata oʻyinda maydonga tushdi.

Cammy Kerr 2015-yil avgust oyida yana „Peterhead“ klubiga yana toʻrt oylik ijaraga berildi va 2015—2016-yilgi Shotlandiya Birinchi liga mavsumida yana 10 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Dundee Cammy Kerr 2015-yilning dekabrida „Dundee“ klubiga qayta chqirib olindi. 2016-yil 2-yanvarda Shotlandiya Premer-ligasining ilk oʻyinida „Dundee“ klubi „Dundee United“ klubi ustidan gʻalaba qozondi. Ushbu oʻyinda Cammy Kerr „oʻyinning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi.

2016—2017-yilgi mavsum oxirida Cammy Kerr uchinchi marta „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ sovrinini qoʻlga kiritish bilan bir qatorda Dundee klubidagi „Yil oʻyinchisi“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaShotlandiya kubugiLiga kubugiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarDundee2013—2014Shotlandiya chempionati30000000302014—2015Shotlandiya Premer-ligasi200000—202015—20161001000—1102016—20173611040—4112017—20183203060—4102018—20192812040—3412019—2020Shotlandiya chempionati2201050112912020—20211211030402012021—2022Shotlandiya Premer-ligasi3503030004102022—2023Shotlandiya chempionati111006210183Jami1914120312612407Peterhead (ijara)2014—2015Shotlandiya Birinchi ligasi223000000223Peterhead (ijara)2015—2016100000010110Jami22371203127127310

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar