Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (Belgiya Red Flames laqabli) xalqaro ayollar futbolida Belgiya sharafini himoya qiladi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Belgiyaning futbol boʻyicha boshqaruv organi — Belgiya Qirollik Futbol Uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining uy stadioni Den Dreef stadioni hisoblanadi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Ives Serneelsdir. Oʻz faoliyat tarixining koʻp qismida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yomon natijalarga erishdi, ammo Evro-2013 va JCh-2015 saralash bosqichlarda yaxshi natijalarni koʻrsatdi. 2016-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzlarining birinchi yirik turniri 2017-yilgi UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma oldilar.
2022-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi San-Pedro del Pinatar shahrida (Ispaniya) Pinatar kubogini qoʻlga kiritdilar.
Tarixi
Ilk davr (1976—1984) Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini Fransiya ayollar terma jamoasiga qarshi 1976-yil 30-mayda Fransiyaning Reyms shahridagi Stade Auguste Delaune stadionida oʻtkazdi. Oʻyin 2:1 hisobidagi Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu debyutdan bir yil oʻtib, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shveysariya va Fransiya terma jamoalariga qarshi oʻynadi va ikkala oʻyinda mos ravishda 2:2 va 1:1 hisobida durang oʻynadi. Keyingi yili Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana oʻsha terma jamoalar bilan oʻynadi, bu safar ikkala jamoani ham mos ravishda 1:0 va 2:0 hisobida magʻlub etdi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining keyingi bir gʻalabasi Serbiya ayollar terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida qayd etildi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ilk magʻlubiyati Angliya terma jamoasi bilan oʻyinda qayd etildi (3:0). Shu magʻlubiyatdan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Fransiyaga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. Undan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Gollandiya ayollar terma jamosi bilan 2:2 hisobidagi durang oʻynadi.
Ilk xalqaro musobaqa (1984—1989) Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta 1984-yilda ayollar futboli boʻyicha Yevropa chempionatining saralash bosqichida ishtirok etdi. Oʻshanda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Gollandiya, Daniya va Germaniya ayollar terma jamoasi bilan 4-guruhdan joy olgan edi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash oʻyinlarini Gollandiya terma jamoasi ustidan 3:2 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi, ammo Daniya terma jamoasiga qarshi 1:0 hisobida magʻlub boʻldi va Germaniya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Lekin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikkinchi davra oʻyinlarida Gollandiya terma jamoasiga qarshi 5:0 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng guruhda oxirgi oʻrinni egalladi (qolgan ikki raqibiga qarshi oʻyinlarda durang oʻynagan: Daniyaga qarshi 2:2 va Germaniyaga qarshi 1:1).
Turgʻunlik davri (1990—2011) Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1990-yildan 2011-yilgacha bir qator yomon natijalarni qayt etdi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bu davr mobaynida hech bir saralash oʻyinlarida oʻtkazgan oʻyinlarining yarmida ham gʻalaba qozona olishmadi. Faqat bir marta bu natijani qayd eta olishdi. Bu eʼtiborga molik istisno 2003-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi boʻlib, oʻshanda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻtkazgan 6 ta oʻyinning beshta oʻyinida gʻalaba qozongan va faqat bir marta magʻlubiyatga uchragan. Biroq Shotlandiya terma jamoasi ham xuddi shunday natijaga erishdi va toʻplar nisbati yaxshiroq boʻlgani uchun, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida ikkinchi boʻldi. Shunga qaramay, bu Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi pley-off oʻyinlariga qadar eng yaxshi koʻrsatkichi boʻldi. Undan keyin Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ning eng yomon natijasi kuzatildi: ular keyingi saralash oʻyinlarida (2007) barcha sakkizta oʻyinda magʻlub boʻldi.
Oʻsish davri (2011—2018) Jamoa uchun gʻalabalar davri 2011-yilda Ives Serneels Ann Noe oʻrniga Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida kelganidan soʻng boshlandi. Serneels Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2013-yilgi UEFA ayollar chempionati va 2015-yilgi FIFA ayollar Jahon chempionatlari uchun saralash oʻyinlaridagi ishtirokini yaxshiladi, har ikki saralash oʻyinlarida ham Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda uchinchi oʻrinni egalladi (saralashdan oʻtish uchun ozgina qolgan). Ikkala saralash oʻyinlari davrida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Belgiya qizil olovlari“ laqabini oldi.
Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash guruhida (Angliya terma jamoasidan keyin) ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu esa Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga yirik xalqaro turnir uchun birinchi saralash huquqini qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi. 2017-yilgi Yevropa chempionatining guruh bosqichida Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Norvegiya terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Biroq, Daniyaga 1:0 va Gollandiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgach, Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egalladi va Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
Birinchi muvaffaqiyat (2019-yildan hozirgi kungacha) Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida yaxshi oʻynadi va 6-guruhda Italiya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Natijada 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati UEFA pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi, chunki ular ikkinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 jamoadan biri edi. Shveysariya, Niderlandiya va Daniya pley-offning boshqa 3 jamoasi edi. Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi pley-of yarim finalida Shveysariya bilan toʻqnash keldi, ikki oʻyindan soʻng umumiy hisob 3:3 hisobi qayd etildi, biroq Shveysariya safardagi gollari evaziga finalga yoʻl oldi. Gollandiya terma jamoasi esa pley-off finalida Shveysariya terma jamoasini magʻlub etib, 2019-yilgi Jahon chempionatiga UEFA 8-saralash yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2019-yilda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstriya terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, 2019-yilgi Kipr kubogida 3-oʻrinni egalladi.
Jamoa tasviri
Jamoaning laqabi Kanadada boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichi boshlanishi oldidan Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining hozirgi laqabini olgan: "Belgian Red Flames" ("Belgiya qizil olovlari") Bungacha Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Rode Duivelinnen“ (Qizil iblis xonimlar) nomi bilan tanilgan.
Sport toʻplamlari 2022-yil 19-sentyabrda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yangi uy toʻplamlarini taqdim etdi. Belgiyada ayollar futbolini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilgari chiqarilgan bir martalik qora uy oʻyinlari libosi qizil rangdagi kiyimlar bilan almashtirildi. Toʻplamda qizil rang va Belgiya bayrogʻini ifodalovchi qora va sariq detallar mavjud. Maykaning ikkala yengida ham alanganing dinamik grafik nashri mavjud boʻlib, bu Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining „Qizil alangalar“ laqabiga ishora qiladi.
Toʻplam yetkazib beruvchi homiylar Adidas Homiylik davri Man. 2022 — hozirgi kungacha 2021—2022-yillar
Jamoaning uy stadioni Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini asosan Den Dreef stadionida oʻtkazadi, lekin vaqti-vaqti bilan Belgiyadagi boshqa stadionlarda ham oʻynaydi.
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Lavozimi Ismi Bosh murabbiyIves Serneels Bosh murabbiy yordamchisi Kris Van Der Haegen Darvozabonlar murabbiyi Yan Van Steenberghe Texnik yordamchi Niels Leroy Hanne Nielandt Arne Jaspers Dietolog Gino Devriendt Ruhiy murabbiy Steffi Van Ranst Jamoa shifokori Karolien Lemmens Kris Vanderlinden Fizioterapevt Fabien van de Steene Yan Van der Jeugt
Bosh murabbiylar tarixi
Albert Bers (1976—1991) Marc Van Geersom (1991—1994) Johan Bol (1994—1999) Anne Noë (1999—2010) Ives Serneels (2011-)
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib 2022-yil 6-oktyabr sanasida 2023-yilgi Jahon chempionati saralash turniri pley-off bosqichida Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyin uchun quyidagi futbolchilar Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.
Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari +Eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchilar roʻyxati Reyting Futbolchi Gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Faoliyat yillari 1 Jenis Kayman 131 48 2007 — hozirgi kun 2 Tessa Vullaert 116 69 2011 — hozirgi kun 3 Davina Filjens 115 10 2008 — hozirgi kungacha 4 Aline Zeler 111 29 2005-2019 5 Julie Biesmans 99 3 2011 — hozirgi kun 6 Helen Jaques 97 3 2007-2020 7 Maud Coutereels 90 9 2004-yildan hozirgi kungacha 8 Femke Maes 85 25 1996-2009 9 Tine de Caigny 80 38 2014 — hozirgi kungacha 10 Laura Deloose 74 4 2015 — hozirgi kungacha ReytingFutbolchiGollarOʻtkazgan oʻyinlarSamaradorlik koʻrsatkichiFaoliyat yillari1Tessa Wullaert691162011-hozirga qadar2Janice Cayman481312007-hozirga qadar3Tine De Caigny38802014-hozirga qadar4Aline Zeler291112009-20195Femke Maes25851996-20096Kristel Verelst18461998-20097Myriam Vanslembrouck16211992-19968Christine Saelens13411993-20039Cecile Carnol12371996-2003Ella Van Kerkhoven222013-hozirga qadar10Marina Verdonck10531976-1990Davina Philtjens1152008-hozirga qadarDavinia Vanmechelen502016-hozirga qadar
Xalqaro musobaqalarda Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasi Yil Bosqich Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 1 0 5 1 12 1995-yil 6 2 1 3 15 13 1999-yil 8 0 1 7 6 23 2003-yil 6 5 0 1 13 9 2007-yil 8 0 0 8 8 25 2011-yil 8 3 1 4 18 13 2015-yil 10 6 1 3 34 11 2019-yil 8 4 2 1 11 82023-yil Saralanmoqda Jami - - - - - - - - 60 21 6 32 106 114
UEFA ayollar chempionati UEFA ayollar chempionatida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasiSaralash oʻyinlarida Belgiya ayollar terma jamoasining natijasiYilBosqichNatijaOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar 1984Saralashdan oʻta olmadi6132712 19876105617 1989824274 19916105112 1993412118 199562131513 1997Kiritilmadi 2001 20058107539 20098314715 201310622188 2017Guruh bosqichi103102338521275 2022Chorak final84112348701375JamiChorak final2/1372146778301533131138
Algarve kubogi Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2016-yilda Portugaliyada boʻlib oʻtgan Algarve kubogida ishtirok etishga taklif qilindi va sakkiz jamoa ichida beshinchi oʻrinni egalladi. Turnirda jamoalar ikki guruhga boʻlingan, guruh bosqichidan soʻng har ikki guruhdan teng oʻrin egallagan jamoalar oʻrtasida oʻrinlarni aniqlash bahslari oʻtkazildi. Belgiya A guruhida uchinchi oʻrinni egalladi va Rossiya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda (B guruhida uchinchi oʻrinni egallagn jamoa) 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Kipr kubogi