link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d6/Yonezawa_City_hall_0295.JPG/220px-Yonezawa_City_hall_0295.JPG|right|thumb| Yonezava shahar hokimiyati Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharda 33,278 ta xonadonda 81,707 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi 1 km2ga 150 kishidan toʻgʻri keladiYonezawa City official statistics . Shaharning umumiy maydoni 548,51 kvadrat kilometr (212 mi²). Yonezava oʻzining mahalliy mahsulotlari (olma, Yonezava mol goʻshti va sazan) va bir vaqtlar Uesugi urugʻi, jumladan Daimyo Uesugi Yozan yashaydigan qal’a shahri boʻlgani bilan mashhur.
Geografiyasi Yonezava Yamagata prefekturasining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shaharning janubiy va sharqiy qismlari katta togʻlar bilan oʻralgan hamda daryo havzalariga ega boʻlib, u Yonezava havzasini tashkil qiladi. Shaharning janubiy qismi bir nechta daryolar va sharqdan gʻarbga yoʻnaltirilgan oʻzgaruvchan togʻlar va vodiylardan iborat murakkab relef shakliga ega. Shahar boʻylab Mogami daryosi oqib oʻtadi. Shaharning bir qismi Bandai-Asahi milliy bogʻi chegaralarida joylashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Yamagata prefekturasi Takahata, Yamagata Kavanishi, Yamagata Iide, Yamagata Fukusima prefekturasi Fukusima (shahar) Kitakata, Fukusima Inavashiro, Fukusima Kitasiobara, Fukusima
Iqlimi Yonezava nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Yonezavada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan kuzatiladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraYonezawa population statistics, Yonezava aholisi uzoq vaqt barqarorlik davridan soʻng yaqinda kamaydi.
Tarixi Hozirgi Yonezava hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan va Sengoku davrida Date urugʻi tomonidan nazorat qilingan. Mashhur sarkarda Date Masamune Yonezavada tugʻilgan. Edo davrida, hudud Uesugi sulolasi tomonidan boshqariladigan Tokugava syogunati qoʻl ostida Yonezava domeniga aylantirilgan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Minamiokitama tumaniga qoʻshib olindi.
Yamagata shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilish vaqtida tashkil etilgan.
Hukumat Yonezava toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 24 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi bilan mer-kengashi boshqaruv shakliga ega. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Dietining quyi palatasining Yamagata 3-okrugi tarkibiga kiradi.
Yonezava merlarining roʻyxati
Ismibr />(Yaponcha kanji nomi)Vakolat muddati Ryuzo Otaki {大滝龍蔵} 5-iyul 1889-yil 30-iyul 1899-yil Shinjyuro Otaki {大滝新十郎} 9-sentyabr 1899-yil 18-iyul 1902-yil Komataro Hirata {平田駒太郎} 22-iyul 1902-yil 3-fevral 1905-yil Chusei Nimura {二村忠誠} 3-fevral 1905-yil 20-yanvar 1912-yil Kansuke Sakai {酒井寛助} 22 July 1902-yil 3-fevral 1905-yil Chuzo Fukazawa {深沢忠蔵} 16-aprel 1914-yil5-mart 1925 15-aprel 1918-yil4-mart 1929-yil Shutaro Usami {宇佐美駿太郎} 13-may 1918-yil 25-iyun 1920-yil Hidezo Nagai {永井秀蔵} 24-noyabr 1920-yil 21-noyabr 1924-yil Matazo Tosaka {登坂又蔵} 16-mart 1929-yil 4-mart 1944-yil Tatsugoro Usami{宇佐美辰五郎} 2-may 1944-yil 16-noyabr 1946-yil
Ismi(Yaponcha Kanji nomi)Vakolat muddati Takeo Okamura {岡村武雄} 22-iyul 1902-yil 3-fevral 1905-yil Kokichi Takahashi {高橋広吉} 5-avgyst 1948-yil 3-dekabr 1955-yil Keitaro Yoshiike {吉池慶太郎} 27-yanvar 1956-yil 20-dekabr 1975-yil Toshihide Cho {長俊英} 22-dekabr 1975-yil 21-dekabr 1983-yil Sachio Takahashi {高橋幸翁} 22-dekabr 1983-yil 21-dekabr 2003-yil Sanjyuro Abe {安部三十郎} 22-dekabr 2003-yil 21-dekabr 2015-yil Masaru Nakagawa {中川勝} 22-dekabr 2015-yil Hozir
Iqtisodiyoti Yamagata iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik, yengil sanoat va turizmga asoslangan.
Taʼlim tizimi
Kollejlar va universitetlar
Yamagata universiteti Yonezawa kampusi Yonezava o'smir qizlar kolleji
Boshlangʻich va oʻrta taʼlim Yonezavada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 18 ta davlat boshlangʻich maktabi va sakkizta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, ikkita xususiy oʻrta maktabi bunyod etilgan.
Transporti
Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen
Yonezava
20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
Itaya — Tōge — Ōsava — Sekine — Yonezava — Oitama
20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yonesaka liniyasi
Yonezava — Minami-Yonezawa — Nishi-Yonezava — Narushima
Magistral yoʻllar
Tōhoku-Chūō tezkor yoʻli- Yonezava IC Milliy yoʻnalish 13 Milliy yoʻnalish 121 Milliy yoʻnalish 287 Milliy yoʻnalish 399
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Yonezava shahar Uesugi muzeyi Yonezava qal’asi Tateyama qal’asi Yonezava Onsen Buyuk Namegava sharsharasi Shirabu Onsen (Yonezava janubidagi Otaru daryosi daralarida)
Xalqaro munosabatlar
Qardosh shaharlar Muso koʻli
Yaponiya
Takanabe, Miyazaki, 1981-yildan Joetsu, Niigata, 1981-yildan Okinava, 1994-yildan Tokai, Aichi, 1999-yildan
Butun dunyoda
Taubaté, Braziliya 1974-yil 28-yanvardan buyon Moses Lake, AQSH 1981-yil 1-maydan
Yonezavaning taniqli odamlari
Junzaburo Ban, aktyor Ito Chuta, arxitektor Takehiko Endo, siyosatchi Yamashita Gentaro, admiral, Yaponiya Imperator dengiz floti Masami Kobayashi, admiral, Yaponiya Imperator dengiz floti Hiroshi Masumura, manga rassomi Mutsuo Minagava, Nippon professional beysbol oʻyinchisi Chuichi Nagumo, admiral, Yaponiya Imperator dengiz floti Ikeda Shigeaki, siyosatchi Hirata Tosuke, Meiji davri davlat arbobi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt Yonezawa diqqatga sazovor joylari veb-sayti
Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharlar Turkum:Yonezava, Yamagata