Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yilning 1-fevral holatiga koʻra, shaharchada 2828 ta xonadonda 7894 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa 1 km2 ga 51 kishidan toʻgʻri keladiŌe Town official statistics . Shaharning umumiy maydoni 153,92 kvadrat kilometr (59 mi²) ga teng.
Geografiyasi Ōe togʻli markaziy Yamagatada joylashgan. Yaponiyadagi koʻplab kichik shaharlar singari, Ōe ham kichik qishloqlar toʻplami hisoblanadi. Sharqdan gʻarbga qarab balandlik koʻtarilib boradi va aholi soni ham mos ravishda kamayadi. Eng sharqiy qishloq Aterazava boʻlib, shahar aholisining 4/5 qismini oʻz ichiga oladi. Shahar Yamagata havzasining markaziy qismining gʻarbiy chetidan to Asahi togʻlarigacha choʻzilgan. Bundan tashqari, u sharq bilan chegaradosh Sagae shahri va Nakayama shaharchasida bir nechta anklavlarga (yopiq joylar) ega. Maʼmuriy jihatdan shahar hududi sharqdan Sazava, Xongo va Shichiken tumanlariga boʻlingan. Mogami daryosi shaharning sharqiy chegarasidan oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Yamagata prefekturasi Sagae Asahi Nishikava Nakayama Yamanobe
Iqlimi Ōe nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi kuzatilgan. Ōe shahrida oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraŌe population statistics, Ōe aholisi soni 1950-yildagi eng yuqori choʻqqiga nisbatan yarmidan koʻproqqa kamaygan. Endi u bir asr avvalgi koʻrsatkichlariga qaraganda ancha kam aholiga ega.
Tarixi Hozirgi Ōe hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Kamakura davrida u Ōe sulolasi tomonidan nazorat qilingan. Ilk Edo davrida u Tsuruoka domeniga qoʻshilib ketgan qisqa muddatli Aterazava domenining (12 000 koku) qal’asi va markazi boʻlgan. Meidzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasi Nishimurayama tumani tarkibiga kiritildi. Aterizava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Ōe shahri 1959-yil 20-avgustda Aterazava shahri va Urushikava qishlogʻining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti Oe iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan.
Taʼlim tizimi Ōe shahrida ikkita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.
Transporti
Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Aterazava liniyasi
Aterazava
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 287 Milliy yoʻnalish 458
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Bayramlar
Ōe qoʻgʻirchoqlar festivali (mart) Mogami daryosida eshkak eshuvchilarning qoʻshiq tanlovi (iyun)
Maskanlar
Tateyama bogʻi (Tateyama qal’asi xarobasi) Yanagava kurort zonasi
Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Ōe, Yamagata