Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi shaharcha. 2020-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, shaharchaning 7,176 xonadonida 20,882 kishi istiqomat qiladi va shaharchaning har 1 km² maydoniga 354 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar aholining 30.7% ini tashkil etadi. Shaharcha hududi 58.99 km² hisoblanadi.

Geografiyasi Yachiyo Ibaraki prefekturasining gʻarbiy qismida, deyarli Kanto tekisligining markazida joylashgan. Tokiodan taxminan 60 kilometr va Mito shahridagi prefektura markazidan taxminan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shahardan hududidan Kinugava daryosi oqib oʻtadi.

Qoʻshni munitsiplalitetlar 20px Ibaraki prefekturasi

Yuki Simotsuma Chikusei Bando Koga

Iqlimi Yachiyo nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin boʻlib, qorning kam yogʻishi bilan ajralib turadi. Yachiyoda oʻrtacha yillik harorat 14,9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1394 mm, sentyabr yilning eng nam oyi hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,5 °C atrofida , eng pasti esa yanvarda, 4,5 °C atrofida  boʻladiYachiyo climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraYachiyo population statistics, Yachiyo aholisi soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib kelmoqda.

Tarixi Edo davrida Yachiyo atrofidagi hudud Shimosa provinsiyasining bir qismi boʻlgan. 1875-yilda Hitachi provinsiyasiga koʻchirildi.

1889-yil 1-aprelda Meydzi islohotidan keyin munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Ibaraki prefekturasining Yuki tumanida Nakayuki va Shimoyuki qishloqlari, shuningdek Okada tumanidagi Anjo, Makabe tumanidagi Kavanishi, Toyoda tumanida Nishitoyoda qishloqlari tashkil etildi. Bu besh qishloq birlashib, 1955-yil 1-yanvarda Yachiyo qishlogʻini tashkil etadi. Yachiyo 1972-yil 1-fevralda shaharcha maqomiga koʻtarildi.

Hukumati Yachiyo toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 14 aʼzodan iborat bir palatali shaharcha kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Yachiyo qoʻshni Joso bilan birga Ibaraki prefekturasi assambleyasiga ikki a’zodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ibaraki 7-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Mahalliy iqtisodiyotda qishloq xoʻjaligi ustunlik qiladi. Shaharcha oʻzining Xitoy karamini ishlab chiqarish bilan mashhur.

Taʼlimi Yachiyoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 5 ta davlat boshlangʻich maktabi va 2 ta davlat oʻrta maktabi va Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud.

Transporti

Temir yoʻl

Yachiyoda yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻq.

Magistral yoʻl

20px 125-milliy yoʻnalish

Taniqli yachiyoliklar

Sigeo Nakadzima, bokschi Hiroyuki Takasaki, professional futbolchi

Galereya

220x124px|thumb|right|alt=kttb|Yachiyo munitsipal kutubxonasi 220x124px|thumb|right|alt=qishloq|Yachiyo, qishloq 220x124px|thumb|right|alt=qishloq|Yachiyo qishlogʻi, 1911-yil

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayti