Andreas „Andi“ Vidxolzl — (1976-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) avstriyalik sobiq chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sportchi. Faoliyati davomida Andreas Bir nechta Jahon chempionatlari va Olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan.
Faoliyati Widhölzl 1993-yilda changʻida sakrash boʻyicha Jahon kubogidagi faoliyatini boshlagan. 1997-yil va 2000-yillar oraligʻida u Jahon kubogi musobaqalarida oʻn oltita gʻalaba bilan birga ikkita Olimpiya bronza va ikkita jahon chempionati kumush medalini qoʻlga kiritgan. Bu vaqt ichida uning 1999—2000-yilgi Toʻrt tepalik turniridagi gʻalabasi asosiy natijalaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavsumda changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogida ikkinchi boʻlgan. Keyingi besh yil ichida faqat bitta Jahon kubogi musobaqasida gʻalaba qozongan, ammo 2005-yilda Avstriya terma jamoasi bilan ikki marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va bir yildan soʻng qishki Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan. Bu natijalarning barchasi Avstriya terma jamoasi tarkibida erishilgan. 2008-yil mart oyida sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolardan soʻng changʻida sakrash boʻyicha oʻn besh yillik Jahon kubogidagi faoliyatini yakunlagan.
Widhölzl yoshligidan changʻida sakrashga qiziqqan, uning qiziqishi bu sport turini televizorda koʻrish tufayli paydo boʻlgan. Taxminan oʻsha paytda kichik sportchi Tirol changʻi federatsiyasiga qoʻshilgan va changʻida yurishni oʻrgangan. Yetti yoshga toʻlganda, maktabdagi doʻsti uni Fieberbrunner Weitenjägerga qoʻshilishga koʻndiradi. Bir necha yil oʻtgach, Widhölzl oʻzining yosh guruhidagi tuman va viloyat chempionatlarida birinchi muvaffaqiyatini qoʻlga kiritgan.
Jahon chempionati
Turnir jadvali Mavsum Umumiy 1992—1993-yil — 55 — Yoʻq Yoʻq 1994—1995-yil 26 18 — Yoʻq Yoʻq 1995—1996-yil 20 37 16 Yoʻq 21 1996—1997-yil 15 14 13 16 1997—1998-yil 7 7 1998—1999-yil 7 14 21 40 6 1999—2000-yil 5 6 2000—2001-yil 12 16 28 52 Yoʻq 2001—2002-yil 4 5 Yoʻq 21 Yoʻq 2002—2003-yil 12 Yoʻq 41 Yoʻq 2003—2004-yil 29 17 Yoʻq — Yoʻq 2004—2005-yil 8 16 Yoʻq 19 Yoʻq 2005—2006-yil 10 18 Yoʻq 8 Yoʻq 2006—2007-yil 33 22 Yoʻq 34 Yoʻq
Manbalar