Andraž Šporar (talaffuzi: Andras Shporar; 1994-yil 27-fevralda tugʻilgan) — sloveniyalik professional futbolchi. U Gretsiya Superligasining Panathinaikos klubi va Sloveniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Olimpija Ljubljana 2012-yil iyun oyida Šporar Interblock klubidan Olimpija Ljubljanaga oʻtdi. 2015—2016-yilgi Sloveniya PrvaLiga mavsumida u jamoa sardori etib tayinlandi. Mavsumning birinchi yarmida Šporar PrvaLiganing 18 ta oʻyinida maydonga tushib, 17 ta gol urgan.

FC Basel 2015-yilning 8-dekabrida Basel klubi Šporar bilan 2020-yilning iyuni oxirigacha toʻrt yarim yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Šporar 2016-yilning 14-fevralida Grasshopper klubiga qarshi 4:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan safar oʻyinining 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib Basel safida ligadagi debyutini oʻtkazgan. Šporar 2016-yil 18-fevral kuni Saint-Etiennega qarshi safar oʻyinidan oldin chigal yozdi mashqlari paytida jarohat olgan. Uning yorilgan payi jarrohlik amaliyotini talab qilgan va Šporar mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmagan. 2015—2016-yilgi mavsumda Basel Shveysariya Superligasi chempionligini qoʻlga kiritdi va bu ularning ketma-ket yettinchi marta milliy chempionlikni qoʻlga kiritishi edi.

Arminia Bielefeld (ijara) 2017-yil 25-iyunda Šporar 2017—2018-yilgi mavsum uchun 2. Bundesliga vakili Arminia Bielefeld klubiga ijaraga olingan.

Slovan Bratislava Šporar 2018-yilning yanvarida 600 000 yevro evaziga Slovakiya Superligasi vakili Slovan Bratislavaga qoʻshilgan. U jamoaga 2017—2018-yilgi Slovakiya kubogini yutishda yordam berdi. 2018—2019-yilgi mavsumda Šporar Slovan Bratislava bilan birga Slovakiya chempionligini qoʻlga kiritdi va 29 ta gol urgan holda bir mavsumda eng koʻp gol urish boʻyicha rekord oʻrnatib, Slovakiya ligasining eng yaxshi toʻpurariga aylandi.

Sporting 2020-yilning 23-yanvarida Šporar Sporting CPga besh yillik shartnoma asosida 6 million yevro evaziga oʻtdi va u Slovakiya Superligasi tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Bonuslar bilan umumiy transfer narxi oxir-oqibat 7 million yevrodan oshishi mumkin edi.

Braga (ijara) 2021-yilning 1-fevralida Šporar 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismini oʻtkazish uchun ijara asosida Bragaga qoʻshildi.

Middlesbrough (ijara) 2021-yilning avgustida Šporar Angliyaning Middlesbrough klubiga ijaraga oʻtdi. U klubdagi ilk golini 2021-yilning 15-sentyabrida Nottingham Forestga qarshi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda (2:0) kiritdi.

Panathinaikos 2022-yilning 27-iyulida Šporar Gretsiyaning Superliga jamoasi Panathinaikos bilan 3 million yevrodan ortiq transfer narxi evaziga toʻrt yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati 2016-yilning noyabrida Šporar Malta va Polshaga qarshi oʻyinlar uchun Sloveniya terma jamoasiga birinchi marta chaqiruv oldi. U Maltaga qarshi oʻyinning ikkinchi boʻlimi oxirida Milivoje Novaković oʻrniga maydonga tushib, xalqaro miqyosdagi debyutini amalga oshirdi.

Shaxsiy hayoti Andraž Šporar Olimpijaning sobiq sardori Miha Šporarning oʻgʻli. Oʻtmishda Šporar faoliyatining qaysidir bosqichida uning sevimli klubi boʻlgan Liverpoolga oʻtishni orzu qilganini maʼlum qilgandi. Liverpool futbolchini 2015-yilda kuzatib bordi, ammo yakunda transfer amalga oshmagan.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarInterblock2011—20122. SNL211031———2411Olimpija Ljubljana2012—20131. SNL281120—401035112013—20141. SNL17533—21102392014—20151. SNL321320———34132015—20161. SNL181720———2017Jami95469300612011250Basel2015—2016Shveysariya Superligasi1000—00—102016—2017Shveysariya Superligasi18130—40—251Jami19130004000261Arminia Bielefeld (ijara)2017—20182. Bundesliga9210———102Slovan Bratislava2017—2018Slovakiya Superligasi12343—00—1662018—2019Slovakiya Superligasi302900—65—36342019—2020Slovakiya Superligasi111211—147—2620Jami534454002012007860Sporting CP2019—2020Primeira liga166000021—1872020—2021Primeira liga133302120—204Jami299302141003811Braga (ijara)2020—2021Primeira liga163300020—213Middlesbrough (ijara)2021—2022EFL Chempionati3582000——378Panathinaikos2022—2023Gretsiya Superligasi7300—21—94Faoliyati jami28412629821381520355150

Xalqaro

Hisob va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Sloveniyaning gollari sonini, hisob ustuni har bir Šporarning golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi.

+Andraž Šporar tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2019-yil 21-mart Sammy Ofer stadioni, Hayfa, Isroil 1-0 1-1 UEFA Euro 2020 saralashi 2 2019-yil 6-sentyabr Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya 2-0 2-0 UEFA Euro 2020 saralashi 3 2021-yil 4-iyun Bonifika stadioni, Koper, Sloveniya 1-0 6-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 4 3-0 5 2021-yil 8-oktyabr Milliy stadion, TaʼQali, Malta 2-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 6 2022-yil 24-sentyabr Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya 1-1 2-1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlari Basel

Shveysariya Superligasi: 2015—2016, 2016—2017 Shveysariya kubogi: 2016—2017

Slovan Bratislava

Slovakiya Superligasi: 2018—2019 Slovakiya kubogi: 2017—2018

Sporting CP

Primeira liga: 2020—2021 Taça da Liga: 2020—2021

Braga

Taça de Portugal: 2020—2021

Individual

Sloveniya PrvaLigasining eng yaxshi toʻpurari: 2015—2016 Slovakiya Superligasining eng yaxshi toʻpurari: 2018—2019, 2019—2020 Slovakiya Superligasining eng yaxshi futbolchisi: 2018—2019 Slovakiya Superligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil noyabr/dekabr, 2019-yil may, 2019-yil noyabr/dekabr Slovakiya Superligasida oyning eng yaxshi goli: 2019-yil oktyabr Slovakiya Superligasining mavsum jamoasi: 2018—2019, 2019—2020

Manbalar

Havolalar

Andraž Šporar Shveysariya futbol ligasida Andraž Šporar worldfootball.netda Andraž Šporar NZSda

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sloveniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar