Frankie Artus () (1988-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Frankie Artus „Swindon Supermarine“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Frankie Artus faoliyati davomida „Bristol City“, „Exeter City“, „Brentford“, „Kettering Town“, „Chesterfield“, „Cheltenham Town“, „Grimsby Town“, „Hereford United“ va „Bath City“ futbol klublarida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati
Bristol City Frankie Artus oʻz faoliyatini yetti yoshidan „Bristol City“ futbol klubining akademiyasida maktab oʻquvchisi sifatida boshlagan. Frankie Artus „Bristol City“ futbol klubi bilan 2006-yilda ilk professional shartnomasini imzolagan, lekin u yerda boʻlgan toʻrt yil davomida asosiy jamoa oʻyinlarida qatnashmagan. 2007-yil 3-avgustda Frankie Artusning Milliy konferensiya vakil jamoasi „Exeter City“ futbol klubi tarkibiga bir oyga ijara asosida oʻtishi eʼlon qilingan. Keyingi mavsumda Frankie Artus „Brentford“ futbol klubi tarkibiga bir oylik ijara asosida qoʻshilgan.
2009-yilning yanvarida Frankie Artus mart oyining boshigacha „Kettering Town“ futbol klubiga ijaraga berilgan. Shundan soʻng Frankie Artus yana „Cheltenham Town“ futbol klubiga ijaraga berilgan. Frankie Artus 2009-yilning 24-martida „Cheltenham“ futbol klubi safidagi ilk debyut oʻyinini „Oldham Athletic“ futbol klubiga qarshi (1:1 hisob) oʻtkazgan.
Frankie Artus 2009-yilning avgustida bir oylik ijara asosida „Cheltenham“ futbol klubi safiga qayta qoʻshilgan. Toʻrtta oʻyindan soʻng Frankie Artus jarohati tufayli „Bristol City“ futbol klubi safiga qaytgan.
2010-yil yanvar oyida Frankie Artus bir oylik ijara shartnomasi asosida „Chesterfield“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.
Cheltenham Town Keyinchalik Frankie Artus 2010-yilning iyul oyida Ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.
2011-yilning 9-mayida Frankie Artus shartnoma muddati tugaganidan keyin „Cheltenham“ futbol klubi tarkibidan ketishini eʼlon qildi.
Grimsby Town 2011-yil 5-iyulda Frankie Artus „Grimsby Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Frankie Artus klub safida 2012-yil 28-yanvar kuni „Telford United“ futbol klubiga qarshi (2:0) oʻyinda 2-golni kiritdi.
Frankie Artus 2011—2012-yilgi mavsum tugaganidan soʻng klub bilan imzolangan shartnomani 1 yilga uzaytirdi va 2013-yil 2-mayda Frankie Artus klubni tark etdi.
Hereford United 2013-yil iyul oyida Frankie Artus „Hereford United“ futbol klubi tarkibiga kirish uchun sinovdan oʻtdi va Frankie Artus 2013-yilning 31-iyulida „Hereford United“ futobol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Bath City 2014-yil iyun oyida Frankie Artus „Bath City“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi. Klubdagi yetti mavsumdan soʻng Frankie Artus 2021-yilning iyun oyida jamoani tark etdi .
Swindon Supermarine 2021-yil 25-iyun kuni Frankie Artus „Swindon Supermarine“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti Frankie Artus bolaligidanoq „Bristol City“ futbol klubining fanati boʻlgan. Shuning uchun Frankie Artus olti yoshidan boshlab klubning yoshlar akademiyasidagi oʻyinlarida qatnasha boshlagan„Frankieʼs first team dream“. Bristol City Football Club. 8 November 2006. Archived from the original on 28 August 2012. Retrieved 28 August 2012..
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaAngliya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarExeter City (ijara)2007—2008Premer konferensiya10000—00100Brentford (ijara)2008—2009Angliya Ikkinchi ligasi1000001020Kettering Town (ijara)2008—2009Premer konferensiya5000—1060Cheltenham Town (ijara)2008—2009Angliya Birinchi ligasi9300000093Cheltenham Town (ijara)2009—2010Angliya Ikkinchi ligasi7000001080Chesterfield (ijara)2009—2010Angliya Ikkinchi ligasi3000000030Cheltenham Town2010—2011Angliya Ikkinchi ligasi293001000303Grimsby Town2011—2012Premer konferensiya29120—303412012—201322210—10242Jami513300040583Hereford United2013—2014Premer konferensiya34120—10371Bath City2014—2015Shimoliy konferensiya29210—923942015—2016Angliya milliy konferensiyasi34432—113872016—201732141—303922017—201818020—00200Jami11371030013313613Umumiy167171531021329923
Manbalar
Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar