Farid Xabibulin (1967-yil 8-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Farid Sovet davrida ikki mavsum ustalar musobaqasida qatnashib, quyi ligada „Sohibkor“ (Xalqobod) va „Chirchiq“ jamoalarida toʻp surgan. 1991-yilda „Chirchiq“ tarkibida ikkinchi quyi ligada 23 ta gol urgan.
1992-yildan Oʻzbekiston chempionatida qatnasha boshlagan. SSSR parchalanganidan keyingi ilk mavsumni „Kosonsaychi“ klubi tarkibida oʻtkazgan. 1993-yilda u „Navbahor“ga (Namangan) koʻchib oʻtgan va jamoa bilan bir necha bor chempionatning bronza medali sovrindori, shuningdek, bir marta Oʻzbekiston kubogi sohibi va finalchisi boʻlgan. 1996-yilda Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va uning tarkibida olti yil oʻynab, 170 ta oʻyin oʻtkazgan va 76 ta gol urgan. „Doʻstlik“ klubi tarkibida ikki karra chempion va mamlakat kubogi sohibi boʻlgan. „Navbahor“ va „Doʻstlik“ jamoalarida oʻynab, 6 mavsumning har birida 10 tadan ortiq gol urgan. Eng yaxshi natijasini 1997 va 2000-yilgi mavsumda koʻrsatgan va 17 ta gol boʻlgan.
2002-yilda „Qizilqum“ (Zarafshon) jamoasida oʻynab, Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Keyinchalik oliy liganing „Metallurg“ (Bekobod), „Andijon“, „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax), „Samarqand-Dinamo“ jamoalarida toʻp surgan. Faoliyati yakunida birinchi ligada „Kimyogar“ (Chirchiq), „Shayhontohur“, „SHoʻrchi-Lochin“ jamoalarida ham toʻp surgan. Xabibulin 40 yoshida faoliyatini yakunlagan.
Oʻzbekiston oliy ligasida jami 130 ta gol urgan (boshqa maʼlumotlarga koʻra – 131).
Farid 1996-yilning 11-sentyabr kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan. Umuman olganda, 1996—1997-yillarda u terma jamoada ikkita oʻyin oʻtkazgan, ikkalasida ham zaxiradan maydonga tushgan.
Farid faxriylar musobaqalarida ishtirok etadi.
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempioni : 1999, 2000 Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 1993, 1994, 1995, 2002 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1995, 2000 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1993-yil Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 145 gol
Shaxsiy hayoti Bir oʻgʻil, bir qizi bor.
Manbalar
Havolalar
Farid Xabibulin Footballfactsru saytida
Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:8-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Shoʻrchi-Lochin futbolchilari Turkum:Shayxontohur klubi futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar