Lumor Agbenyenu (1996-yil 15-avgustda tugʻilgan), — ganalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Malaga CF“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyat davri Lumor Agbenyenu vatani Ganada oʻsgan, yoshligida Wassaman Utd maktablarida oʻynagan. Gana yoshlari terma jamoasida maydonlarga tushgan. 2014-yilning iyul oyida Lumor Yevropa futboliga borish imkoniyatiga ega boʻldi, „Porto“ klubiga ijaraga berildi va bir mavsum oʻsmirlar jamoasida oʻynadi.
Portimonense oʻtish va 1860 Munichga ijara Keyingi mavsumda „Porto“ning oʻsmirlar jamoalarida ajoyib taassurot qoldirdi. Soʻng yana Portimonensega ijaraga berildi. 2017-yilning yanvarida 2. Bundesliganing 1860 Munich jamoasiga ijaraga berildi, u yerda muntazam oʻynadi, biroq mavsum oxirida Gananing asosiy terma jamoasidagi debyutidan soʻng Portimonensega qaytdi.
Sport CP 2018-yil yanvar oyida, Lumor PSV Eindhoven tomonidan muzokaralar olib borilayotganida, Sporting CP ganalik futbolchi sotib oldi.
Göztepe va Mallorkaga ijara 2019-yilning 31-iyulida, „Göztepe“da olti oylik ijara muddatidan soʻng Lumor vaqtinchalik shartnoma asosida La Liga vakili „Mallorca“ga qoʻshildi. 2020-yil iyul oyida oʻzining „Sporting“ klubiga qaytishdan oldin muntazam maydonga tushdi.
Aris 2021-yil 30-iyulda Lumor ikki yillik shartnoma asosida Arisga qoʻshildi.
Malaga 2022-yil 19-oktyabrda Lumor sinov muddatidan soʻng Segunda Divizionida „Malaga“ bilan bir yillik shartnoma imzolab, Ispaniyaga qaytdi.
Xalqaro faoliyati Agbenyenu Gana terma jamoasidagi debyutini 2017-yil 11-iyun kuni Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida Efiopiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Natija 5:0 hisobida Efiopiya foydasiga hal boʻldi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarPortimonense (ijara)2015—2016Liga Portugal 21903040——260Portimonense2015—2016130————1302016—20172110000——2112017—2018Primeira Liga1701030——210Jami5111030——5511860 Munich (ijara)2016—20172. Bundesliga18210———192Sporting CP2017—2018Primeira Liga7000———702018—201910001000—20Jami80001000—90Göztepe (ijara)2018—2019Süper Lig9000———90Mallorca (ijara)2019—2020La Liga23110———241Aris2021—2022Superleague Greece10020———120Jami faoliyati1384808000001544
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Gana 2017 6 0 2018 3 0 2019 4 0 Jami 13 0
Yutuqlari Sporting
Taça da Liga: 2018—2019 Taça de Portugaliya: 2018—2019
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari