Festus Agu (1975-yil 13-martda tugʻilgan) — nigeriyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Ilk faoliyati Agu Enugu shahrida tugʻilgan va oʻz mamlakatidagi klublarda: Nitel Vasco Dagama FC Enugu, African Continental Bank FC Lagos, Bendel United, Enugu Rangers va Bendel Insurance FC da oʻynagan. Ilk faoliyat yillarida Agu mamlakatdagi eng istiqbolli futbolchi hisoblanar edi.
Ispaniya Agu 1995-yilda Ispaniyaga yoʻl oldi va La Liganing „SD Compostela“ jamoasiga qoʻshildi. Klub rahbari José María Caneda uni „…Ronaldo va Bent Christensenning oʻyin uslubi aralashmasi“ deb taʼriflagan. Faoliyati davomida vatandoshi Christopher Ohen bilan oʻrindosh boʻldi. Mavsumda atigi sakkiz marta oʻynadi, lekin gol ura olmadi.
Germaniya Agu Germaniyadagi faoliyatini NOFV-Oberligada FSV Optik Rathenow bilan boshladi. Oʻzining yagona mavsumida 14 ta gol urdi.
2000-yilda Agu Regionalliga Südda 1. FC Shweinfurt 05 jamoasiga qoʻshildi va debyut mavsumida 11 ta gol urdi, klub ikkinchi darajaga koʻtarildi.
2002-yilning yozida Agu ikkinchi divizionga qaytib, SV Vaker Burghausen bilan shartnoma imzoladi. Biroq, oʻzining oldingi gollari rekordini takrorlay olmadi va oxir-oqibat mavsum oxirida erkin agent boʻld. Keyinchalik Nord mintaqaviy ligasida „St.Pauli“ klubi bilan oʻynadi, klubdagi birinchi mavsumida oltita gol urdi, keyingi yili esa faqat ikkita gol qayd etdi.
Isteʼfo 30 yoshida Agu bir qator jarohatlar tufayli nafaqaga chiqdi va huquq sohasida yangi faoliyat boshlash uchun Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtdi. Agu hozir Angliya va Uelsda malakali va amaliyotchi advokat.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar