Mixail Sergeyevich Kolyada (ruscha: Михаи́л Серге́евич Коляда́; 1995-yil 18-fevral, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. 2018-yilgi jamoaviy Olimpiya oʻyinlarining kumush medal sovrindori. Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2018), Yevropa chempionatining ikki karra bronza medali sohibi (2017, 2018), Gran-pri finalining bronza medali sovrindori (2017), Rossiyaning uch karra chempioni (2017, 2018, 2021) va uch karra vitse-chempioni (2016, 2019, 2022), jamoaviy jahon chempionati gʻolibi (2021), oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempioni (2013). Mixail Kolyada Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
2022-yil 23-yanvarda Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 20-oʻrinni egallagan.
Faoliyati Rossiyalik figurali uchuvchi Mixail Bratislavada yangi Olimpiya mavsumini boshlab Ondrej Nepela xotirasiga bagʻishlangan turnirni oltin medal bilan yakunladi. Oktyabr oyining boshida u Finlyandia Trophy Espoo musobaqasida qatnashib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Uch hafta oʻtgach, Mixail Gran-pri seriyasiga kirdi va erkin dasturda oldingi yutugʻini yaxshilab, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ikki hafta oʻtgach, konkida uchuvchi Pekindagi Gran-pri seriyasining Xitoy bosqichida qatnashdi va u yerdagi qiyin kurashdan soʻng gʻolib boʻldi. Shu bilan birga, Mixail qisqa dastur boʻyicha oldingi natijasini yaxshilashga muvaffaq boʻldi. Bu natija unga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Nagoyadagi finalda sportchi yaxshi chiqish qilib, uchinchi oʻrinni egalladi. Mixail umumiy natijadagi avvalgi yutugʻlarini yaxshilashga muvaffaq boʻldi. left|thumb| 2018-yilgi Jahon chempionatida (chapdan oʻngga): Shoma Uno, Natan Chen, Mixail Kolyada Dekabr oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Mixail ishonchli va muvaffaqiyatli chiqish qilib, ikkinchi marta chempion boʻldi. Moskvada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Mixail Kolyada bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2021-yili Mixail Rossiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va bu ishtiroki unga uchinchi marta Rossiya chempioni unvonini olishga imkon berdi. Gʻalaba sportchiga 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etdi.
Stokgolmdagi jahon chempionatidagi chiqishlarda kutilgandek yaxshi natija boʻlmadi va Mixail beshinchi oʻrinni egalladi.
Mixail 2022-yil Yanvar oyida Yevropa chempionatida ishtirok etishi kerak edi, ammo jarohati tufayli musobaqani tark etdi va uning oʻrniga ushbu musobaqada Andrey Mozalyov ishtirok etdi.
Natijalari MusobaqaXalqaro yakkaQishki Olimpiya oʻyinlari8Jahon chempionatlari48365Yevropa chempionati5335Gran-pri finali3Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy5Gran-pri bosqichlari: Cup of China1Gran-pri bosqichlari Helsinki4Gran-pri bosqichlari: Skate CanadaGran-pri bosqichlari: Italiya2Memorial Nepala211Finlandia Trophy4412Challenge Cup1Tallink Hotels Cup1Ice Star1Team Challenge Cup2XalqaroRossiya chempionati7211212Rossiya Kubogi Finali1 4Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich1Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich1Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich221Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich9 1 2Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich1 1 J-oʻsmirlar darajasi
Manbalar
Turkum:Sankt-Peterburgda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:18-fevralda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar