Mark Andrew Arber () (1977-yil 9-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik sobiq professional futbolchi. Mark Arber oʻz faoliyatini 1996-yilda „Tottenham Hotspur“ futbol klubida boshlagan va „Corby Town“ futbol klubini 2014-yilda tark etganidan keyin faoliyatini yakunlagan. Oʻyinni tark etgach, Mark Arber murabbiylikka oʻtgan.
Faoliyati Mark Arber oʻz faoliyatini 1996-yilda „Tottenxem Hotspur“ futbol klubida boshlagan. 1998-yilda Mark Arber klubni tark etgan. Oʻsha yili Mark Arber „Barnet“ futbol klubida ijara shartnomasi asosida mavsumni oʻtkazgan.
„Tottenxem Hotspur“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Mark Arber „Barnet“ futbol klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.Shundan soʻng,Mark Arber 1998—2002-yillar oraligʻida „Peterborough United“ futbol klubiga qoʻshilgan. Mark Arber „Peterborough United“ futbol klubi tarkibida 197ta oʻyinda maydonga tushib, 25ta gol urgan.
2004-yilda Mark Arber „Oldham Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. „Oldham“ klubida Mark Arber bor yoʻgʻi 17 marta maydonga tushib, bitta gol urgan.
„Oldham“ klubidagi faoliyati tugaganidan soʻng, Mark Arber yana „Peterborough United“ futbol klubiga qoʻshilgan va 2005—2007-yillar oraligʻida u 117 ta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol urgan.
Mark Arber 2007-yil iyun oyida yana bir bor „Peterborough“ futbol klubini tark etgan va „Stevenage Borough“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. „Stevenage“ klubida Mark Arber 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.
2008-yil 12-fevralda Mark Arber 2007—2008-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Dagenham & Redbridge“ futbol klubiga qoʻshilgan. Mavsum oxirida Mark Arber doimiy ravishda „Dagenham“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
2012-yilning may oyigacha Mark Arber klub safida 163 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan. Mark Arber klub bilan imzolagan shartnoma muddati tugaganidan keyin „Dagenham“ futbol klubini tark etganEight cut loose by Daggers, Sky Sports. Keyinchalik, Mark Arber 2012-yil iyul oyining oxirida „Dartford“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan„Grosvenor Casinos | Online Casino | UK’s Biggest Casino Brand“ ..
Mark Arber 2012—2013-yilgi mavsum boshida „Dartford“ futbol klubining asosiy tarkibida maydonga tusha boshlagan. Biroq, 2012-yilning 17-noyabrida Mark Arber „Southport“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:2) jagʻini sindirib olgan. Bunga ishonchi komil boʻlmagani uchun Mark Arber oʻynashni davom ettirgan. Keyin Mark Arberning East Grinstead kasalxonasiga yotqizilgani va uning uch-toʻrt haftaga safdan chiqishi tasdiqlangan„Dartford v Southport.“. Mavsum oxirida Mark Arber „Dartford“ klubini tark etgan.
2013-yil iyun oyida Mark Arber „Corby Town“ futbol klubiga futbolchi-murabbiy sifatida qoʻshilgan„Key signing for Steelmen as Arber arrives“ ..
Shaxsiy hayoti Mark Arber sobiq futbolchi Bobby Arberning oʻgʻlidir.
Faoliyat statistikasi Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarTottenham Hotspur1996—1997Premer liga000000—001997—1998000000—00Jami000000—00Barnet1998—1999Uchinchi diviziya3520000103621999—20004561020415272000—20014572020305272001—2002Premer konferensiya38720—514582002—200312100—00121Jami17523504013219725Peterborough United2002—2003Uchinchi diviziya252———2522003—2004Ikkinchi diviziya443301020503Jami695301020755Oldham Athletic2004—2005Birinchi liga141—2010171Peterborough United2004—2005Birinchi liga21021——2312005—2006Ikkinchi liga4622010305222006—2007341402020421Jami10138130501174Dagenham & Redbridge2006—2007Premer konferensiya60———60Stevenage Borough2007—2008Premer konferensiya27530—20325Dagenham & Redbridge (ijara)2007—2008Ikkinchi liga161———161Dagenham & Redbridge2008—2009Ikkinchi liga4233010004632009—20104141010404742010—2011Birinchi liga4422010104822011—2012Ikkinchi liga332001010352Jami1761260406019212Dartford2012—2013Premer konferensiya38020—40440Corby Town2013—2014Premer diviziya2000—1030Jami6084927114034268352
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:1977-yilda tugʻilganlar